187
YOSH AVLODDA SOG’LOM DUNYOQARASHNING SHAKLLANISHIDA
MILLIY QADRIYATLAR, OILA VA MAHALLANING O’RNI, UNING HUQUQIY
ASOSLARI
Begmanova Gulsara
NavDPI “Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi o‘qituvchisi
O’zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish
eng muhim maqsad va vazifalardan biri bo’lib, u O’zbekiston Respublikasida xalqaro e’tirof
etilgan normalar asosida hamda milliy an’analar va xalq urf – odatlarini inobatga olgan holda
og’ishmay va izchil amalga oshirilmoqda. Bunday ulkan va salohiyatli ishni amalga
oshirishda davlatimiz barcha imkoniyatlarga va salmoqli o’ringa ega. Bu esa bugungi
glabollashuv davrida yosh avlodni yanada mustaqil fikrlashga, o’z e’tiqodiga sodiq bo’lishiga
asos bo’la oladi.
Mustaqillik sharofati bilan o’zbek xalqining milliy qadriyatlari qayta tiklandi. Milliy
qadriyatlarning tiklanishi tashabbuskori va homiysi I.A.Karimov: “Xalqning ma’naviyati va
madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o’ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni
yangilash va taraqqiy ettirish yo’lidan muvaffaqiyatli ravishda olg’a siljitishda hal qiluvchi,
ta’bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”
155
, degan edi.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida milliy
qadriyatlarimizni tiklash, ma’naviy merosni
o’rganish yo’lida samarali ishlar amalga oshirildi. Ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar
mobaynida yaratilgan bebaho milliy qadriyatlar va ma’naviy merosni tiklash bugungi kunda
davlat siyosatiga ko’tarilgan muhim vazifalardandir. Buni qonunlarimiz ham o’z himoyasiga
olgan
O’zbek xalqi siyosiy hurlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirining, tarixining, shu bilan birga,
milliy va ma’naviy qadriyatlarining haqiqiy egasiga aylandi. Bularning hammasining qonuniy
himoyalanishi esa xalqimizning asriy orzusidir.
Baxtimiz Qomusi hisoblangan O’zbekiston Konstitutsiyasida xalqimizning etnik, madaniy,
milliy, ijtimoiy himoyalanishi – bularning barchasi milliy va ma’naviy qadriyatlarimizning
huquqiy himoyasidir. Konstitutsiyaning “Shaxsiy huquq va erkinliklar” bo’limi 31 –
moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har
bir inson xohlagan diniga
e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni
singdirishga yo’l qo’yilmaydi”
156
, - deb yozib qo’yilgan. Ko’rinib turibdiki, xalqning ming
yillar davomida kutgan diniy e’tiqod erkinligi qonun himoyasidadir.
Yana muhim masalalardan biri, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizning
asosiy
bo’g’inlaridan hisoblangan oila haqida fikr yuritadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 63 – moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va
davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng
huquqligiga asoslanadi”, 65 – moddasida “Farzandlar ota – onalarning nasl – nasabidan va
fuqarolik holatidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan
himoya qilinadi”
157
, - deb belgilangan. Haqiqatda ham oila jamiyatda asosiy o’ringa ega
bo’lib, hayotning davomiyligini, abadiyligini ta’min etadigan, muqaddas urf – odatlarimizni,
milliy
qadriyatlarimizni saqlaydigan, uni kelajak avlodlarga yetkazib beradigan tarbiya
o’chog’idir. Oila barcha islohotlar, o’zgarishlar, tanazzul va taraqqiyotlarning ibtidosi va
intihosi hisoblanadi. Oilada kattalarga hurmat,
kichikka izzat, qarindosh – urug’lar orasida
155
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T., “O’zbekiston”. 1998. 300 – bet.
156
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., “O’zbekiston”. 2003. 8 – bet.
157
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., “O’zbekiston”. 2003. 12 – bet.
188
o’zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g’amxo’rlik qilish millatimizning milliy bebaho
qadriyatlaridan hosoblanadi.
Fikrimizcha, milliy qadriyatlarimizning bir bo’lagi bo’lmish oilani mustahkamlashda
oilaga nisbatan e’tiborni tubdan o’zgartirish, uni avvalo ijtimoiy jihatdan himoyalash,
e’zozlash, qo’llab – quvvatlash bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar
muhim va dolzarb ekanligini anglashimiz va yosh avlodning oilaparvar bo’lishiga erishmoq
lozim. Mamlakatimizda oila qadriyatlarining himoyachisi bo’lgan Prezidentimiz tashabbusi
bilan o’tib borayotgan va tarixga muhrlanayotgan har bir yilning
turli nomlarda nomlanishi
va davlat dasturlarining qabul qilinishi va ularni ijro etilishi oilaga, farzandlarga, ota – onaga,
mahalla ahliga, xullas kelajakka nisbatan e’tiborning yuksakligidan dalolat beradi. Shu bilan
birga oila – mahalla – maktab hamkorligini yo’lga qo’yish orqali Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev rahnamoligida “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida
har bir mahallaga taniqli ziyolilarning biriktirilishi ham bugungi yoshlar ma’naviy
dunyoqarashining mukammal shakllanishida alohida ahamiyatga ega bo’lgan jarayon bo’lib
hisoblanadi va Prezidentimiz mamlakatimizda oila – ta’lim – mahalla tamoyilini
mustahkamlab qo’yganligini asoslaydi.
Bundan tashqari Konstitutsiyada ota – onalarning farzand tarbiyasi, onalik va bolalikning
davlat tomonidan himoyalanishi, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota –
onalari haqida g’amxo’rlik qilishlari to’g’risida ham ma’lum moddalar o’z
aksini topganki,
bular ham o’zbek xalqining milliy, ma’naviy qadriyatlarining asosiy bo’g’inlaridan
hisoblanadi.
Xullas, hozirgi demokratik jamiyatda qonun ustuvor ekan, unda xalqimizning milliy
qadriyatlari yoshlarni ma’naviy va axloqiy, ma’rifiy tarbiyalanishida
zamon bilan
uyg’unlashgan holda olib borilmog’i lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan
aytganda: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo’lsa, uning joni va ruhi
ma’naviyatdir. Biz yangi O’zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita
mustahkam ustunga siyanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga
asoslangan kuchli
iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan
kuchli ma’naviyat”
158
, - deb ta’kidlab ma’naviy tarbiya yo’nalishidagi dolzarb vazifalarni
belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: