Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi


YANGI O’ZBEKISTONDA AYOLLARNING MA’NAVIY O’RNI



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

YANGI O’ZBEKISTONDA AYOLLARNING MA’NAVIY O’RNI 
 
Hakimova Latofat
Ijtimoiy-gumanitar fanlar magistranti

 
Bugun O’zbekiston ayollari har bir jabhada o’z o’rniga ega bo’lib borayotganini
barchamiz bevosita amalda ko’rib, chuqur his etmoqdamiz. Yurtimizda xotin-
qizlarning jamiyatdagi o’rni va mavqeyini mustahkamlash borasida davlat
ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda.
 
“Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma’naviy darajasini avvalo shu yurt
ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi. Bugungi quvonchli ayyomda dunyoda
“Fidoyi” degan so’zga eng munosib bo’lgan ona siymosi oldida ta’zim qilamiz.
Hayotimiz quvonchi, xonadonlarimiz ko’rki bo’lmish aziz ayollarimiz sha’niga eng
go’zal tilaklarimizni izhor etamiz. Ayol siymosi Yaratganning tengsiz mo’jizasi
bo’lib kelgan va hamisha shunday bo’lib qoladi,”- deydi hurmatli Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev.
 
Millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda shubhasiz
oilaning, oilada esa ayolning o’rni va ta’siri beqiyos.
Keyingi yillarda bu muhim masalaning amaliy ijrosiga qaratilgan 24 ta hujjat,
jumladan 2 ta qonun, Prezidentning 6 ta Farmon va Qarori, Vazirlar 
Mahkamasining 16 ta qarori qabul qilingani opa-singillarimizga bo’lgan yuksak
e’tibor va g’amxo’rlik ifodasidir.
150
Bugun O’zbekiston ayollari har bir jabhada o’z o’rniga ega bo’lib borayotganini
barchamiz bavosita amalda ko’rib turimiz. O’tgan yili yurtimiz tarixida birinchi
marta milliy parlamentda ayollar soni bugungi ko’rsatkichga ko’tarilgani ham
buning yorqin tasdig’idir. Gap shundaki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga
saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.
Senatda esa bu ko’rsatkich qariyib 25 foizga yetdi. 
Zero jamiyatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va
149
Qarang. Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi 
nutqi. 2017 yil 31 avgust. 
150
Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda.
T. 2021


181 
taraqqiyoti davlatimiz rahbari ayollarning jamiyatdagi o’rni va roliga yuqori baho
berib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning
bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari bo’lishlari hamda sog’lom
va mustahkam oila qurishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, onalar va
bolalar sog’lig’ini muhofaza qilish davlatimiz, jamiyatimizning doimiy e’tiboridagi
ustuvor vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda. 
Ma’lumki, Xotin-qizlar bandligi ta’minlash bugungi kundagi eng muhim
masaladir. Yechimini kutayotgan muammolarning aksariyati shu masala bilan bog’liq.
Mamlakatimizda 1 millionga yaqin ishsiz ayol bo’lib, bunga doimiy ish o’rniga ega
bo’lmagan, mavsumiy ishlarda band ayollar qo’shilsa, ularning soni 2-2,5 millionga
yetadi. Og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yolg’iz onalarni uy-joy bilan
ta’minlash masalalari ham bugungi kundagi og’riqli muammolardan biridir. Ammo
ko’plab xotin-qizlar mana shu masalalar bilan qayerga murojaat etishni bilishmaydi.
2020-yilda yuzaga kelgan pandemiya sharoitida Respublikamiz bo’ylab
6 milliondan ortiq xotin-qizlarning muammolari puxta o’rganildi. Shular asosida
“Ayollar daftari” shakllantirildi va bu jarayonda xotin-qizlarni qiynayotgan ko’plab
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar mahalliy hokimiyatlarning diqqat markazidan joy
egalladi. Bu jarayonga mahallalarda yangi tashkil etilgan “Ayollar maslahat 
kengashlari” ham yaqindan ko’mak bermoqda. 
Ayniqsa ayollarimiz salomatligi alohida e’tibor talab qiladigan masala
hisoblanadi va ayollarning reproduktiv salomatligini saqlash davlatning bosh
vazifalaridan biridir. Nimagaki, ayol sog’lom bo’lsa, millat sog’lom bo’ladi.
Qayd etib o’tilsinki, “Sog’lom ona-sog’lom bola” onalar va bolalar sog’lig’ini
muhofaza qilish Milliy modelini, “Sog’lom bola yili” Davlat dasturini amalga
oshirish doirasida respublikada aholining reproduktiv salomatligini yanada
mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tibbiy yordam
ko’rsatayotgan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini
kuchaytirishga, zamonaviy tashxis usullarini joriy etish, ayollar, bolalar va o’smirlar
kasalliklarining oldini olish va davolashga yo’naltirilgan keng ko’lamli ishlar amalga
oshirilyabdi. 
Mustaqil O’zbekistonning birinchi ta’sis etilgan ordeni ham ayollarning manfaati
bilan bog’liq bo’lib, “Sog’lom avlod uchun” ordenidir 
Tarixdan ma’lumki diyorimizda ayollarga hurmat-e’tibor alohida bo’lgan.
Sohibqiron Amir Temur kelin tanlash masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Yoki
bo’lmasa Amir Temur nabiralari tarbiyasi bilan Bibixonim shug’ullanishlarini amr
etgan. Demak yosh kelajak tarbiyasida ayol kishining o’rni katta hisoblanadi. Yo
bo’lmasam Nodira, Uvaysiy, Anbar Otinlarni misol qilishimiz mumkin. Bu har bir
ayol o’zidan minglab shogirdlar chiqargan, ularning tarbiyasi, kelgusi hayotiga
alohida e’tibor bergan.
Yurtimizda ham ayollarni qo’llab quvvatlash uchun ko’plab ishlar amalga
oshirilmoqda. Ularni bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishlari uchun kasb-hunarga jalb
etish maqsadida bir nechta qarorlar qabul qilindi.
Prezidentning “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va
tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’rida” gi qaroriga
ko’ra, yoshlar va xotin – qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitishni
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning bir nechta tadbirlari amalga oshirildi.
Yurtimizda ayollar va qizlar ta’limiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan,
hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga qao’shimcha davlat garnti asosidagi


182 
qabul ko’rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun
tavsiyanoma berish va ularni o’qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to’g’risidagi
nizom tasdiqlandi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qo’lab-quvvatlash tizimini
yangi bosqichga ko’tarish va ayollarning jamiyatdagi o’rnini yanada yuksaltirish va
mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy
zo’ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora 
– tadbirlar yuzasidan videoselekter yig’ilishi o’tkazildi.
Ushbu yi’g’ilishda bakalavriat, magistiratura va doktaranturadagi ayol qizlarimiz
uchun alohida kvotalar hamda magistiratura bosqichidagi ayollarimiz kantraktlari davlat
tomonidan to’lab berilishi e’tirof etildi. Ayollarimizga e’tiborning yorqin nishoni
sifatida yana shuni aytish mumkinki, bundan buyon faol va tashabbuskor xotin-
qizlarimiz “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan taqdirlanadigan bo’ldi. Ayollarga
shuncha e’tibor qaratayotgan yurtning kelajagi hisoblanmish yoshlarning ham albatta
ma’naviyati, salohiyati tarbiyasi buyuk bo’ladi. 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish