Poyezdlar tuzishni rejalash. Stansiyalarda ortilib, yo‘nalishlar bo‘-yicha jo‘natiladigan vagonlar vagonlar oqimini tashkil etadi. Vagonlar oqimini to‘g’ri tashkil etish vagonlar aylanmasini tezlashtirish, manyovr vositalarini tejamkor ishlatish va foydalanish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Yuklangan va yuklanmagan bo‘sh vagonlar oqimi poyezdlar tuzish rejasi asosida tashkil etiladi. Poyezdlar tuzish rejasi (план формирования) yuk ortuvchi va tushiruvchi nohiyalar orasida vagonlar taqsimlanishi asosida tuziladi. Ushbu vagonlar oqimi haqidagi ma’lumotlar «shaxmatka» deb ataluvchi qatorlar va ustunlar bo‘yicha raqamlanuvchi jadval shaklida toldirilib, jadvalda har bir stansiya orqali o‘tadigan vagonlar ko‘rsatiladi. Quyidagi jadvalda ko‘rsatilganidek, masalan, A stansiyadan В stansiyaga 155 vagon, V stansiyaga esa 820 vagon, В stansiyadan A stansiyaga - 230 vagon keladi.
13.2-rasm. Yo‘nalish chizmasi: A, Д - oxirgi (chekka) stansiyalar;
Б, В, Г - oraliq stansiyalar
Poezd tuzish rejasi vagonlar oqimidan qaysi stansiyaga manzillar bo‘yicha qanday turdagi poнezdlarni har bir uchastka, saralash, yuk yoki boshqa stansiyalar tuzishini belgilaydi. Shunday qilib, poyezd tuzish rejasi yetib borish manzili yoki saralovchi stansiyani hamda har bir stansiyaning ish hajmi va xarakterini belgilaydi. Ushbu rejani tuzishda imkon qadar ko‘proq vagonlarni to‘g‘ri yo‘nalishli marshrutli poezdlarga tirkab ularning yo‘ldagi stansiyalarda qayta ishlanmay katta masofalarga yetib borishini ta’minlashga harakat qilish kerak bo‘ladi. Poyezd tuzishda oxirgi yoki qayta tuzuvchi stansiyalarga yetib boradigan vagonlar tanlab teriladi. Bunday tuzish yuklarni tezroq yetkazishga, harakat tarkiblaridan unumli foydalanishga imkon berib, tashish harajatlarini ham kamaytiradi. Bunday tartibda poyezdlar tuzish marshrutlashtirishning mohiyatini belgilaydi.
Marshrutli poyezdlar yuklarni ommaviy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ortuvchi stansiyada yoki ortish joylarida (jo‘natuvchi marshrutlari) tuzilishi hamda texnik (saralash va uchastka) stansiyalarda, ularga kelgan vagonlardan manzillar bo‘yicha qayta ishlanmay yetib boradiganlarini to‘plab tuzilishi mumkin. Bunday poyezdlar yo‘lda, kamida bir texnik stansiya orqali qayta ishlanmay o‘tishi kerak. Jo‘natuvchining marshruti biror stansiyada faqat bir yagona ortuvchi tomonidan yuklangan va yuk tushiruvchi oxirgi stansiyaga (yoki tushirish joylari bo‘yicha taqsimlovchi stansiyaga) yetib boruvchi vagonlardan tuziladi.
Agar bir ortuvchi tomonidan aniq yo‘nalish bo‘yicha ortilgan vagonlar poyezd tarkibiga yetarli bo’lmasa, u holda ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuklangan bir nechta, yoki bir stansiyada har xil ortuvchilar tomonidan yuklangan vagonlardan poyezd tuzilib, marshrut bo‘ylab yuboriladi. Bunday poezdlar pog‘onali marshrutlar deb ataladi. Pog‘onali marshrutlarni tashkil qilishning o‘ziga xos tashkiliy tomonlari: oyning ma’lum belgilangan kunlari barcha ortuvchilar faqat bir yo‘nalish bo‘yicha vagon yuklashlari lozim. Ushbu ortilgan vagonlar tezkorlik bilan ketma-ket yig‘ib kelinadi va marshrutli poyezd tarkibiga jamlanadi.
Jo‘natuvchi va pog‘onali marshrutlar ajratilgandan keyin qolgan vagonlar oqimidan boshqa turkumdagi poyezdlar tuzish rejalashtiriladi. Bunday poyezdlar turkumi quyidagilardan iborat: o‘tib ketuvchi (сквозной) - bo‘ylab kamida bir texnik (uchastka yoki saralash) stansiya orqali qayta ishlanmay o‘tkaziladigan poezd; uchastka - bir texnik stansiyadan (ikkinchisigacha) keyingisigacha qayta ishlanmay boradigan; terma (sbornbiy) - yondosh uchastkadagi orliq stansiyalarga vagonlarni olib boradigan; olib chiquvchi (vbivoznoy) —Uzelga yaqin yondosh uchastkada joylashgan oraliq stansiyalarga katta guruhli vagon tarkiblarini olib boruvchi; uzatuvchi (peredatochnmy) - temir yo‘l uzeli ichida joylashgan bir stansiyadan boshqasiga vagonlar tarkibini olib boruvchi poezdlar.
Temir yo‘llarda tezyurar yuk poezdlarni tuzish alohida rejalanadi. Ular tezkor etkazilishi kerak bo‘lgan tez buziluvchi yuklar, tirik hayvonlar, qimmatbaho, o‘ta zarur va shu kabi yukli vagonlardan iborat bo‘4adi.
Pggzdlar tuzishni rejalashtirishda bo‘sh vagonlardan, turi bo‘yicha alohida (yopiq va ochiq yuk vagonlar^lsisternalar) yuksiz poezdlar tuzish
Adabiyotlar
G Drysdale Dempsey “Practical Railway Engineer” London. 2005.
A.SH. Shorustamov, R.YA. Abdullayev. Temir yo‘l bekatlari va tugunlari., Temir yo‘l kollejlari uchun darslik. Cho‘lpon.T.-2007.182 bet.
И.Е. Савченко, С.В Земблинов. Железнодорожные станции и узлы. М. «Транспорт», 1980.
М.М Уздин, Ю.И Ефименко, В.И.Ковалев. Железные дороги. Общий курс. Информ.центр «Выбор», 2002.
Инструкция по сигнализации на железных дорогах. Ташкент, 2001.
Инструкция по движению поездов и маневровой работе на железных дорогах. Ташкент, 2001.
Правила технической эксплуатации железных дорог. Ташкент, 2001.
В.Н.Кудрявцев, В.И. Ковале, А.П. Кузнецов. Основы эксплуатационной работы железных дорог. ПрофОбИздат, 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |