Stansiya ishining texnologik jarayoni (TJ) vagonlar va vagon tarkiblarini tayyorlash, tarkiblarni tarqatish va tuzish, manyovr va mahalliy ishlarni qisqa muddatlarda ilmiy asosda ilg‘or tajribalar qollab va texnik vositalardan unumli foydalangan holda bajarishni ko‘zda tutadi. Texnologik jarayonni tuzishda har xil jarayonlarning uzluksiz, muntazam va parallel bajarilishini, har bir bajariladigan jarayon uchun vaqt sarfmi tejash va mehnat unumdorligini ta’minlashni nazarda tutish kerak.
Stansiyaning texnologik jarayonlarini tuzishda temir yo‘l boshqarmasi tomonidan tayyorlab tavsiya etilgan namunaviy texnologiyalarni qo‘llash yoki ish hajmi juda ko‘p bo‘lgan yirik stansiyalar bu kabi texnologiyalarni uchun maxsus tayyorlashi mumkin.
Stansiya ishini tashkil qilishga asosiy talablar harakat xavfsizligini so‘zsiz ta’minlash va mehnat muhofazasi qoidalariga qa’tiy rioya qilish bo’ lib, buning uchun stansiyaning texnik-boshqaruv dalolatnomasi (TBD) tuziladi. Stansiyada texnik vositalardan foydalanish, poyezdlarni qabul qilish, jo’natish, o‘tkazib yuborish va manyovr ishlarini xavfsiz bajarishni tashkil qilish tartib-qoidalari stansiyaning texnik-boshqaruv dalolat-nomasida ko‘rsatiladi. TBD TFQ, temir yo‘llarda signallashtirish hamda poyezdlar harakati va manyovr ishlarini tashkil qilish haqidagi yo’riqnomalar asosida tuziladi. TBD stansiya haqida umumiy ma’lumotlar, tutashadigan peregonlar, korxona tarmoq yo‘llarining tutashishi, stansiya y’llarining vazifasi, strelka va signallar, poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish, manyovr ishlarini bajarish tartiblari haqida ma’lumotlarga ega bo'ladi. ТВA tomonidan belgilangan tartib-qoidalar stansiyaning barcha xizmatchilari uchun majburiydir. Ushbu hujjatning ko‘chirmalari stansiya xizmatchilarining tegishli ish joylari va xonalarida (stansiya navbatchisi, manyovr dispetcheri, saralash tepaligi navbatchisi, markazlashtirish postlari, strelkachilar postlari va shu kabilar ko‘rinarli qilib osib qo’yiladi.
Poezdlarning o‘zaro o‘zib o‘tishini tashkil qilish birinchi kelayotgan poyezdni qabul qilish-jo‘natish yo’liga olib to‘xtatish va shu yo‘nalishda kelayotgan ikkinchi tezkor poezdni to‘xtatmay o‘tkazib yuborishdan iborat. Agar o‘zib o‘tuvch yo‘lovchi poyezd bolib, uni to‘xtatish va yo’lovchilar o‘tkazish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda qulaylik va xavfsizlik maqsadlarida birinchi poyezdni yo‘lovchi binosining qarama-qarshi tomonidagi yo‘lga olib to‘xtatish lozim.
Razyezdlarda kesishuv va quvib o’tishdan tashqari ayrim yo‘lovchi va shaharatrof poyezdlariga yo‘lovchilarning chiqib-tushishi, ayrim hollarda kam miqdorda yuk ishlarini bajarish mumkin. O‘zbekistondagi Razyezdlarning aksariyat qismi aholi gavjum va qishloq xo‘jaligi rivojlangan hududlardan o‘tgani sababli ko‘pchilik razyezdlarda kam miqdorda bo‘lsa ham yo‘lovchi va yuk ishlari bajariladi.
Razyezdlarning chizmalari qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining o‘zaro joylashuviga qarab bo‘ylama, yarim bo’ylama va ko‘ndalang turlarga bo’linadi.
Qabul qilish-jo‘natish yo’llari o‘zaro ketma-ket joylashgan bо‘уlаmа turdagi razyezdlar peregonlar uzunligini bir oz qisqartirishi va razyezd orqali uzaytirilgan va qo‘shma poezdlarni o‘tkazish imkonini berib, yo‘lning poyezd o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Ushbu afzalliklar va bosqichli rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olib, bo‘уlama turdagi razyezdlar yaqin kelajakda ikkinchi bosh yo‘l yoki ikki yo‘lli qo’shimchalar qurilishi hamda uzaytirilgan va qo‘shma poyezdlar o’tkazilishi mo’ljallangan liniyalarda asosiy chizma sifatida tavsiya etiladi.
Faqat yo‘lovchi poyezdlarini qabul qilish va jo‘natish uchun mo‘ljallangan yo‘llarning foydali uzunligi yo‘lovchi poezdlari uzunligiga; saralash yo‘llari uchun – shakllantirilayotgan yuk tarkiblari uzunligiga; saralash va uchastka stansiyalaridagi chiqish yo‘llari uchun yuk poyezdlarining to‘liq uzunligiga muvofiq ravishda loyihalashtiriladi.
Magistral temir yo‘l stansiyalarining yo‘llari foydali uzunligi standart uzunlikda qilib loyihalashtiriladi – 1250, 1050 va 850 m.
Chegaraviy ustunlar yo‘llar oralig‘ining o‘rtasida, kesishayotgan yo‘llar o‘qlari orasidagi masofa 4100 mm ni tashkil etadigan joyda o‘rnatiladi.
Stansiyadagi har bir yo‘l va strelkali o‘tkazgich, shuningdek peregondagi har bir asosiy yo‘l o‘z raqamiga ega bo‘lishi shart. Asosiy yo‘llar rim raqamlari bilan toq yo‘nalish bo‘yicha – toq raqamlar bilan va juft yo‘nalish bo‘yicha – juft raqamlar bilan raqamlanadi. Stansiya sxemalarida asosiy yo‘llarning raqamlari rim raqamlari bilan ko‘rsatiladi (11-rasm).
Poezdlar shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga tomon yo‘llangan poyezdlar toq harakat yo‘nalishi deb, teskari yo‘llangan poyezdlar esa – juft yo‘nalish deb ataladi.
Bir xil operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan yo‘llar park deb nomlanadigan alohida guruhlarga birlashtiriladi. Maqsadiga ko‘ra poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish parklari, saralash parklari farqlanadi.
Har bir yo‘l parkiga o‘zining harfli belgisi taqdim etiladi. Alohida parklar bo‘yicha strelkalarni raqamlashda har bir parkka strelkalarning o‘z yuzta raqami beriladi. Strelkalar juft poyezdlar kelish tomonidan – juft raqam bilan, toq poyezdlar kelish tomonidan – toq raqamlar bilan raqamlanadi. Stansiya joylashgan bo‘ylama profilli uchastka stansiya maydoni deb nomlanadi.
11-rasm. Oraliq stansiyasida yo‘llar va strelkali o‘tkazgichlarning raqamlanishi.
12-rasm. Bir yo‘lli va ikki yo‘lli uchastkalarda stansiya chegarasi.
Stansiya temir yo‘llarning mijozlar bilan bevosita bog‘lab turadigan asosiy ishlab chiqarish-xo‘jalik korxonasi hisoblanadi. Yotqiziladigan yangi temir yo‘llarning 40% dan ortiqroq qismi stansiyalarga to‘g‘ri keladi.
Bir yo‘lli uchastkalarda kirish svetoforlari stansiya chegarasi vazifasini bajaradi. Ikki yo‘lli uchastkalarda stansiyalar asosiy yo‘llardan har biri alohida bir tomondan kirish svetofori, ikkinchi tomondan – so‘nggi chiqish strelkali o‘tkazgichidan kamida 50 m masofada o‘rnatilgan «Stansiya chegarasi» signal belgisi bilan cheklanadi. Ikki tomonlama avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo‘lli yo‘llarda har bir alohida asosiy yo‘lning stansiya chegarasi bo‘lib kirish strelkasidan tarkib uzunligining yarmiga teng masofada o‘rnatiladigan kirish svetoforlari xizmat qiladi (12-rasm).
Stansiya maydonining uzunligi yetarli bo‘lmasa bo‘ylama turdagi razyezd imkoniyatlari va qulayliklariga yaqin bo‘lgan yarim bo‘ylama turdagi (12.3-rasm, II chizma) razyezdlarni qurish tavsiya etiladi. Yarim bo‘уlama turdagi razyezdlarda yo‘lovchi poyezdlari, shu jumladan to‘xtab o‘tadigan yo‘lovchi va shaharatrof poyezdlarini ham bosh yo‘l orqali o’tkazish ko‘zda tutiladi. Shuning uchun bosh yo‘l bo‘ylab muomaladagi yo’lovchi poyezdlari sig‘adigan uzunlikda yo‘lovchi platformasi va stansiya binosi quriladi. Qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining biri yo‘lovchi inshootlariga parallel va ikkinchisi (qarama-qarshi tomon uchun) yo‘lovchi poyezdlarining chiqish signalidan keyin ketma-ket quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |