Temir yo‘l transporti asoslari
fanidan ABMS, ATMS, KQMS, TIMS, IFMS, EMMS, ETMS, TVLMS, TVVMS maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishidagi 1-bosqich bakalavriat talabalari uchun amaliy mashg`ulotlarni bajarishga doir uslubiy ko`rsatmalar
Toshkent-2018
UDK 656.225
Uslubiy ko`rsatma 5310200-Elektr energetikasi (temir yo‘l transporti), 5310600-Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (lokomotivlar), 5310600-Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (vagonlar), 5310700-Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi (temir yo‘l transporti), 5311000-Texnologik jarayonlaar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti), 5330200-Informatika va axborot texnologiyalari (temir yo‘l transporti), 5340200-Bino va inshootlarni qurilishi (temir yo‘llar), 5340400-Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (temir yo‘l transportida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari), 5340600-Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (temir yo‘llar) yo`nalishlaridagi bakalavriat maxsus sirtqi ta’lim 1-bosqich talabalarining “Temir yo‘l transporti asoslari” fanidan amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish ushun mo‘ljallangan.
Uslubiy ko`rsatmada temir yo‘l transpotida qo‘llanadigan gabaritlarning turlari, strelkali o‘tkazgichlar, temir yo‘l transportida ajratish punktlari, poyezdlar harakat grafigini tuzish va ularni chizish tartibi hamda ketma-ketligi yoritilgan.
Mаtn ____ betdаn, ____ta rаsmdаn vа ___ tа bibliogrаfik nomlаrdаn iborаt.
Institut Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar: J.R. Qobulov– t.f.n., dots.;
K.A. Jo‘raboyev – t.f.n., dots.
Taqrizchilar: N.S. Sarvirova – i.f.n., dots. (TAYLQ va EI);
N.N. Ibragimov – t.f.d., prof.
© Toshkent temir yo`l muhandislari instituti, 2018 y.
Muharrir F.I.Sh.
Nashrga ruxsat etildi Hajmi b.t.
Qog‘oz bichimi 60x84/16 Adadi nusxa Buyurtma №
_________________________________________________________
ToshTYMI bosmaxonasi Toshkent sh., Odilxo‘jayev, 1
Kirish
Temir yo‘l transporti – ko‘p tarmoqli xo‘jalikdir. Uni o‘ziga xos, uzundan-uzoq konveyerga o‘xshatish mumkin. Uning uzluksiz ishlashi har bir qismining ishlab turishiga bog‘liq. Temir yo‘l transportini yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalardan biri – ushbu soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash alohida o‘rin tutadi. Tashish jarayonining samaradorligini oshirish uchun har bir talaba temir yo‘l transportining yondosh tarmoqlari hamda tashish ishlarini ta’minlashda ularning roli haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi talab etiladi. Maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga “Temir yo‘l transpoti asoslari” fanining o‘qitilishi ham aynan ana shu maqsadga qaratilgan.
Taqdim etilayotgan uslubiy ko‘rsatmada amaliy ishlar o‘tkazish maqsadi va ularning mazmuni, ularning bajarilish tartibi misollar yordamida hamda zarur ma’lumot materiallari bayon etiladi.
“Temir yo‘l transpoti asoslari” kursi bo‘yicha talabalar tomonidan quyidagi mavzuda to‘rtta hisob-grafika ishlari bajarilishi ko‘zda tutiladi: temir yo‘llarda gabaritlar, strelkali o‘tkazgichlar, ajratish punktlari, poyezdlar harakati grafigini tuzish.
Ilk mashg‘ulotlardan birida o‘qituvchi talabalarga zarur boshlang‘ich ma’lumotlar ro‘yxati keltirilgan vazifa topshiradi. Ishni bajarishga kirishishdan avval talaba vazifaning boshlang‘ich ma’lumotlari va uni ishlab chiqish ketma-ketligi bilan tanishishi, taqdim etilayotgan uslubiy ko‘rsatmalar hamda tavsiya etilayotgan adabiyotlar bilan tanishib chiqishi lozim.
Hisob-grafika ishi alohida A3 o‘lchamli chizma qog‘ozi varag‘ida bajarilgan chizma ko‘rinishida taqdim etilishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |