Nashrga ruxsat etaman”



Download 7,06 Mb.
bet18/20
Sana31.07.2021
Hajmi7,06 Mb.
#134488
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5188172012253612561

4-HISOB-GRAFIKA ISHI
Poyezdlar harakati grafigini ishlab chiqish
Poyezdlar harakati grafigi temir yo‘l transportining yo‘lovchilar va yuk tashish bo‘yicha davlat rejasini bajarish bo‘yicha barcha xizmat va bo‘linmalari ishini belgilab beradi. Grafik ishlab chiqish kompleks ko‘rinishga ega. Grafik tuzishdan tashqari, talaba tegishli adabiyotlarni o‘rganish asosida tushuntirish xatida uchastka stansiyasi ishi, poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, harakatdagi tarkiblardan foydalanish masalalarini qisqacha yoritib o‘tadi. Ishni bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar vazifada keltirilib, unda quyidagilar beriladi: bir yo‘lli uchastka sxemasi va stansiya tavsifi; alohida punktlar orasidagi masofa; yo‘lovchi poyezdlariga oid ma’lumotlar; poyezdlar harakatlanishidagi signalizatsiya va aloqa vositalari, stansiya intervallari; poezdlar bir km yo‘lni o‘tishiga ketgan vaqt sarfi va h.k.
Talab etiladi:

1. Bir yo‘lli A-E uchastkasi uchun 0 dan soat 8 gacha bo‘lgan vaqt uchun 6 soatli davrga poyezdlar harakati grafigini tuzing.

2. Yuk poyezdlarining texnik va uchastka tezligini hisoblab toping.

3. Uchastkaning poyezd o‘tkazish imkoniyatini aniqlang.

4. A stansiyasidagi lokomotivlar aylanishi tartibini belgilang. Ishni bajarish tartibi.
Ishlarni quyidagi tartibda bajarish tavsiya qilinadi:

1. Vazifa mohiyati va boshlang‘ich ma’lumotlar bilan tanishish, temir yo‘llarning umumiy kursi (TYUK - OKJD) darsligi bo‘yicha “Poyezdlar harakati grafigi” va “Temir yo‘llarning poyezd o‘tkazish imkoniyati” bo‘limlarini o‘qib, raz’ezdlar, oraliq stansiyalarining tuzilishi va ishlashi, poyezdlar harakatining signalizatsiya va aloqa vositalari, ularni qabul qilish va jo‘natish tartibini o‘rganish. Ayniqsa, stansiya intervallari turlari va nima uchun mo‘ljallangani, poyezd yurish yo‘llarini mo‘ljallash usullari va uchastkalar o‘tkazish imkoniyatining harakat grafigi turiga bog‘liqligini o‘rganish. Ko‘rgazmalilik uchun uslubiy ko‘rsatmalarda poyezdlar harakati grafigini ishlab chiqishning bir necha misollari keltiriladi.

2. Grafik masshtab 8 soatlik setkasini chizib, unga ko‘ra vertikal o‘q bo‘ylab masofa, gorizontal o‘q bo‘yicha esa – vaqt joylashtiriladi. Masofalarning tavsiya etiladigan masshtabi 2 mm – 1 km, vaqt masshtabi – 5 mm – 10 daq. Grafik setkasida gorizontal chiziqlar stansiya va razyezdlar setkasiga muvofiq keladi. Vertikal yo‘nalishda grafik setkasi qalin chiziqlar bilan soat davrlariga (bizning misolimizda 0 dan 6 s gacha) ajratilib, ular o‘z navbatida vertikal bo‘yicha o‘n daqiqali intervallarga bo‘lingan. Har bir soatning yarmiga to‘g‘ri keladigan chiziqlar punktir chiziq bilan belgilanadi.

3. Vazifaning 1 va 4-jadvallari ma’lumotlari bo‘yicha yuk va yo‘lovchi poyezdlarining peregonlar bo‘ylab o‘tish vaqti hisoblab topilsin (bir daqiqaga qadar yaxlitlash bilan). Bu ma’lumotlar grafik setkasining chap tomonida vertikal ustunlarda qayd etilib, ularda, bundan tashqari, stansiya nomlari, peregonlar uzunligi, poyezdlar harakatidagi signalizatsiya va aloqa vositalari ko‘rsatiladi.

4. Grafikda yo‘lovchi poyezdlarining berilgan juftligi joylansin. Poyezdning grafikdagi harakati shartli ravishda to‘g‘ri qiya chiziq tarzida tasvirlanib, bu chiziq poyezd yurish yo‘li yoki grafik yo‘li deb nomlanadi. Qulay bo‘lishi uchun toq poyezdlar yurish chiziqlarini harakat grafigida yuqoridan pastga, juftlarini esa – pastdan yuqoriga qarata belgilash qabul qilingan. Poezd yurishi qiya yo‘lining stansiya o‘qlarini anglatadigan gorizontal chiziqlar bilan kesishuv nuqtalari poyezdning jo‘nash, o‘tib ketish yoki yetib kelish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Poyezd yurish yo‘li chizig‘ining gorizontal chiziq bilan kesishuv nuqtasi yaqinida muayyan tartibda raqam qo‘yilib, bu raqam poyezdning mazkur alohida punktga yetib kelish, undan jo‘nash yoki u orqali o‘tish vaqtini ko‘rsatadi. Bunda raqamlar poyezd yurish yo‘lining alohida punkt o‘qi bilan kesishuvi orqali hosil bo‘ladigan o‘tmas burchaklarda yozib qo‘yiladi.

Agar harakat grafigida poyezdning jo‘nash, yetib kelish yoki o‘tib ketish vaqti yaxlit o‘n daqiqalik interval bilan mos tushsa, bu holda 0 raqami qo‘yilmaydi, bu momentlar mos tushmagan holda esa o‘zlari tegishli bo‘lgan eng yaqin yaxlit o‘n daqiqadan ortiq daqiqalar yozib olinadi, xolos.

Harakat grafigini tuzishda poyezdlarning sof yurish vaqtiga poyezd to‘xtaganidan so‘ng tezlik olishga va to‘xtash oldidan sekinlashishga sarflaydigan qo‘shimcha vaqtni qo‘shib qo‘yish talab etiladi.

5. Mazkur uchastkaning cheklovchi peregoni belgilansin. Bir yo‘lli juft grafikda, avvaliga peregondan bir yo‘nalishdagi poyezd, stansiya intervali o‘tganidan so‘ng esa – teskari yo‘nalishdagi poyezd o‘tkazib yuboriladi. Parallel grafik qurilishini berilgan uchastkaning cheklovchi peregonidan, ya’ni poyezdlar juftligi eng uzoq vaqt egallab turadigan (grafik davri) peregondan boshlash kerak.

Barcha alohida punktlar uchun stansiya intervallari vazifa shartlargiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi sababli yuk poyezdlari juftligi eng ko‘p vaqt sarflab o‘tadigan peregon cheklovchi peregon bo‘lib hisoblanadi.

6. Cheklovchi peregonda mumkin bo‘lgan maksimal miqdordagi yuk poyezdlari tushirilsin, shu jumladan, bitta yig‘ma poyezd. Avtoblokirovkada qisman paket grafigini yotqizish imkoniyati ko‘zda tutilsin.

7. Yuk poyezdlari yurish chiziq(yo‘l)lari qolgan peregonlarda davom ettirilsin. Buning uchun cheklovchi peregon to‘ldirilganidan so‘ng belgilangan yuk poyezdlari yurish chiziq(yo‘l)lari yuqori va pastga qolgan peregonlarga tomon davom ettiriladi. Bunda juft va toq poyezdlar stansiyalarida to‘xtalishlarning nisbatan bir tekis taqsimlanishini ta’minlash lozim.

8. A aylanma stansiyasida lokomotivlarning aylanish (oboroti) tartibi belgilansin. A stansiyasiga juft poyezdlar bilan yetib kelgan lokomotivlar, aylanish punktidagi tegishli tayyorgarlikdan so‘ng, navbatdagi reys uchun toq raqamli poyezdlarga uzatiladi. Elektrovoz va teplovoz bilan tortuv usulida keyingi reysga tayyorgarlik ko‘rish vaqti – odatda kamida 25 daq. Poyezdlar harakati grafigi va lokomotivlarning belgilangan aylanmasi lokomotiv birgadalarining uzluksiz ishlash davomiyligini belgilaydi.

9. Parallel grafik holatlari, avtoblokirovkada to‘liq paketli grafik uchun uchastkaning o‘tkazish imkoniyati aniqlansin.

10. Yuk poyezdlarining texnik va uchastka tezliklari hamda tezlik koeffitsiyenti aniqlansin. Yuk poyezdlarining (yig‘malardan tashqari) o‘rtacha texnik va uchastka tezliklarini aniqlash uchun harakat grafigi asosida juft va toq yo‘nalishlar uchun alohida quyidagi shakldagi jadval tuzilishi lozim:


A. Toq yo‘nalish uchun

Poyezd №

Vaqt, soat, daq.

Poyezd bosib o‘tgan yo‘l, km

A st. dan jo‘nashi

E st. ga yetib kelishi

yo‘lda

Shu jumladan

Turish vaqti, daq.

harakatda






















Jami













B. Juft yo‘nalish uchun

Poyezd №

Vaqt, soat, daq.

Pyezd bosib o‘tgan yo‘l, km

A st. dan jo‘nashi

E st. ga etib kelishi

yo‘lda

Shu jumladan

Turish vaqti, daq.

harakatda






















Jami













Texnik va uchastka o‘rtacha tezliklar quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi:

, km/ch

, km/s
bu yerda – poyezd-kilometrlar summasi (grafikda ko‘zda tutilgan masofani to‘liq bosib o‘tish);

– yo‘ldagi poyezd-soatlar summasi (oraliq stansiyalaridagi turishlarni hisobga olgan holda);

– harakatdagi poyezd-soatlar summasi (oraliq stansiyalardagi poyezdlar to‘xtab turishini hisobga olmagan holda).

Uchastka tezligi koeffitsiyenti uchastka tezligining texnik tezlikka nisbatidan iborat, ya’ni



, km/s

Tezliklar va β koeffitsiyentini aniqlash hisob-kitoblarini verguldan keyingi ikkinchi belgiga qadar aniqlik bilan amalga oshirish lozim.

Soddalashtirish maqsadida 9 va 10-punktlar bo‘yicha ma’lumotlarni bevosita grafik chizmasida keltirish mumkin.

Parallel bir yo‘lli grafik.



Poyezdlardan birini to‘xtatmay o‘tkazib yuborish.



Noparallel bir yo‘lli grafik.



Har ikkala poyezdni to‘xtatish.



Qisman paketli grafik.


Qisman paketli grafik.




Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish