N. Mahmudov va boshqalar. Ona tili



Download 0,73 Mb.
bet8/22
Sana29.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#592069
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
11-sinf ona tili Mashqlar yechimi

37-mashq. Parchadagi badiiy tasvirga xizmat qilgan ma’nolarni aniqlang.
Savollarga Nurmomo oʻzlari javob beradilar:
― Oʻqrayib, boʻzrayib, gʻoʻdayib, gerdayib, kekkayib… Oʻh-hoʻ, tilimiz qanchalik boy! Bitta tushunchada qancha ifoda! Ha, chiroqlarim, bu soʻzlar ila atalishdan uzoqroq yuring, takabbur boʻlmang! Takabburlik ― johillikdir!
Birov ila uchrashganingizda oʻng qoʻlingizni koʻksingizga qoʻyib: «Assalomu alaykum!» deng. Sizdan oldin salom bersalar, «Vaalaykum assalom!» deya javob qaytaring. Chin insonlik yoʻlidan toymang! Buni oʻshal siz koʻrib kelgan toʻtiqush ham yaxshi bilur, shunga amal qilur. Shul boiskim, toʻtiqush inson singari burro til, nozik dil paydo qildi. Ha, biz-u sizni oshiq-u shaydo qildi. Shul sababkim, ul dildan sayraydur, uyimiz toʻrida turgan qutlugʻ taxtiravonda yayraydur. Qoʻshaloq tugʻilgan bu ikki egizak soʻzda ― «Assalomu alaykum» birla «Vaalaykum assalom»da yetti olamning kaliti, mehri-yu sehri bor. Aytsangiz, tilsimlar ochilaverar. (Y.Muqimov)
Yechim:
Ushbu mashqda badiiy tasvirga xizmat qilgan so‘zlar sifatida chiroqlarim, insonlik yoʻli, nozik dil, egizak soʻz, yetti olamning kaliti, mehri-yu sehri kabi birliklarni keltirish mumkin. Mazkur birliklar (so‘z va so‘z birikmalari) ko‘chma ma’nolarda qo‘llanib, o‘zi birikib kelgan so‘z ma’nosini to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’noda emas, balki obrazli ma’noda ifodalashga xizmat qilmoqda va badiiy mantiq bilan tasavvur hosil qilinadigan badiiy tasvir yaratmoqda.


1-topshiriq. Matnni o‘qing. Fikr mantiqidagi buzilish haqida fikrlashing.
Ulugʻ Alisher Navoiy oʻzining «Majolis un-nafois» asarida shunday bir voqeani hikoya qiladi. Bahorning yomgʻirli kunlaridan birida u «Xuroson mulkida turkiy va forsiyda malik ul-kalom» Lutfiy bilan uchrashib qoladi. Mavlono Lutfiy Amir Xusrav Dehlaviyning bir she’ridagi goʻzal ma’no va oʻxshatish haqida juda ham maqtov bilan gapirib beradi, ya’ni: «Mahbuba yomgʻirli kunda yoʻlda tiygʻanib yiqilib ketay dedi. U shu qadar goʻzal va nozikki, yogʻayotgan yomgʻir rishtasini ushlab, uning madadi bilan oʻzini oʻnglab oladi». Bu ta’rif Navoiyga behad ma’qul tushadi. Saroydagi oliy adabiy majlislarning birida Navoiy bu oʻxshatish haqida shoh Husayn Boyqaro huzurida gapirib, shohning ham hayratlanishini kutadi. Ammo Boyqaro «Yuqoridan pastga tushayotgan yogʻin rishtasi yiqilayotgan kishi uchun madad boʻla olmaydi deb, e’tiroz bildiradi. Navoiy Boyqaroning oʻtkir va nozik mantigʻi va she’rfahmlikdagi zakovatiga qoyil qoladi. Shoh va shoir Husayn Boyqaro mazkur holatda fikr mantiqiyligidagi buzilishni ilgʻagan.
Yechim:
Ma’lumki, nutqda til vositalarining mantiq va to'g‘ri tafakkur qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyligini yuzaga keltiradi. Yuqoridagi matn parchasida keltirilgan “U shu qadar goʻzal va nozikki, yogʻayotgan yomgʻir rishtasini ushlab, uning madadi bilan oʻzini oʻnglab oladi” degan fikrda mantiqiy sifatning buzilish holati mavjud. Mazkur mantiqiy buzilish izohi sifatida matndagi “Yuqoridan pastga tushayotgan yogʻin rishtasi yiqilayotgan kishi uchun madad boʻla olmaydi” degan jumlalarni keltirish mumkin.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish