N. Mahmudov va boshqalar. Ona tili



Download 0,73 Mb.
bet7/22
Sana29.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#592069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
11-sinf ona tili Mashqlar yechimi

Yechim:
Mashq shartiga asosan ma’nodosh va paronim soʻzlarni notoʻgʻri qoʻllash bilan nutq aniqligiga putur yetkazgan so‘zlarni aniqlashimiz lozim. 1-gapda mujda (xushxabar, quvonchi xabar) so‘zi noo‘rin qo‘llangan bo‘lib, uning o‘rnida jumla ma’nosiga mos bo‘lgan xabar so‘zini ishlatish lozim. Ikkinchi gapda esa kechirmalari so‘zi o‘rnida kechinmalari so‘zini; 3-gapda yoqilg‘i (issiqlik energiyasi olish uchun yoqiladigan ashyo – ko‘mir o‘tin) so‘zi o‘rnida yonilg‘i (yonadigan suyuq modda – benzin, neft) so‘zini; 4-gapda oʻtqazib qoʻyay birikmasi o‘rnida o‘tkazib qo‘yay, 5-gapda esa qobiq (po‘st, ustki qatlam) so‘zi o‘rnida qovoq (ko‘z kosasini qoplovchi, ochilib-yopilib turadigan teri – mumtoz varianti qoboq) so‘zini ishlatish darkor.


35-mashq. Ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning yangi ma’no nozikliklarini kasb etishiga diqqat qiling. Ularni ma’nodoshlari bilan taqqoslab, uslubiy va mazmuniy farqlarini tushuntiring.

Tun chekindi.


Deraza oynasiga kumushrang yogʻdu yopirildi.
Keyin ufq qizarib, asta quyosh bosh koʻtardi. Quyosh nurlari xira va kuchsiz edi, ammo u tez koʻtarildi. Har yer-har yerda uni uvada pardalardek kulrang bulutlar toʻsdi, lekin quyosh yurishini toʻxtatmadi va birdan koʻzni qamashtiradigan darajada oppoq boʻlib porlab, bepayon osmonni yoritdi, soʻng yurishini sekinlatib kasalxona tepasiga kelganida bor shu’lasini derazasi ochiq xonaga tushirdi, shu’la shu lahza karavotda yotgan xushbichim va goʻzal ayol yuzida jilva qildi, qovoqlarini qizartirmoqchi boʻldi, lekin tosh qotgan qovoqlar qilt etmadi, shu’la oʻziga qadrdon qorachiqlarda akslanmoqni istadi, ammo ularni topa olmadi, u faqat ayolning barmoqlarida paydo boʻlib qolgan uzukning olmos koʻzchalaridagina aks eta oldi.
Bu kun quyosh qanchalar porloq va nurafshon boʻlmasin, unga hech kim muhabbat izhor qilmadi, muloyim nurlarini simirmadi…
Baribir, quyoshning bu yerdan uzoqlashgisi kelmadi, u saxiylik bilan nurlarini moʻl-koʻl toʻkdi, jimgina yotgan ayol vujudi koʻzni qamashtirib, yarqirayotgan oppoq nurlarga omuxta boʻlib ketdi… (Zulfiya Qurolboy qizi)
Yechim:
Mazkur mashq shartiga asosan matndagi ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning yangi ma’no nozikliklarini kasb etishini hamda ularni ma’nodoshlari bilan o‘zaro taqqoslab, uslubiy va mazmuniy farqlarini tushunib olishimiz lozim.
Ma’lumki, badiiy nutqda so‘z va u ifodalagan predmet o‘rtasidagi mutanosiblik har doim mos bo‘lavermaydi. Jumladan, mazkur matndagi ajratib ko‘rsatilgan chekindi, yopirildi, yurishini so‘zlari ham o‘zi birikib kelgan so‘z ma’nosiga yangi ifoda qo‘shishga xizmat qilmoqda. Jumladan, chekindi so‘zi o‘zi ma’nodosh bo‘lgan ortga tisarilmoq, orqaga ketishga majbur bo‘lmoq birikmalariga nisbatan obrazli, badiiy nutqqa oid ekanligi hamda tun so‘ziga jonlantirish ifodasini qo‘shishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, matndagi yopirildi so‘zi ham o‘zi ma’nodosh bo‘lgan ko‘plashib, gala bo‘lib kelib bosmoq; yoyilib tarqalmoq birikmalariga nisbatan yog‘du so‘ziga obrazli ifoda hamda shaxslantirish ma’nosini yuklayotganligi bilan farqlanadi. Quyoshning yurishi birikmasida esa yurish so‘zi o‘zi birikib kelgan so‘z ma’nosiga tantanavorlik, jonlantirish, obrazlilik kabi ma’nolarni yuklamoqda. Ta’kidlash kerakki, so‘zlarning bunday ko‘chma ma’nolarda kelib, o‘zi birikib kelgan so‘z ma’nosiga yangi ma’no nozikliklarini qo‘shishi asosan badiiy matnlar va tasvirlardagina uchrab turadi.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish