N. Mahmudov va boshqalar. Ona tili


Yechim: She’rda qo‘llangan metaforalar



Download 0,73 Mb.
bet22/22
Sana29.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#592069
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
11-sinf ona tili Mashqlar yechimi

Yechim:
She’rda qo‘llangan metaforalar:

  • Gullar oʻyga tolar emishlar;

  • Gullar Quyosh botgan tarafga qarab qolar emishlar;

  • barchasi (gullar) sal iymanib, nozlanib;

  • barchasi (gullar) Quyoshni kutar emish, sharq tomonga yuzlanib;

  • Faqatgina atirgul, sogʻinch dogʻlab koʻksini;

  • Quyoshi ketgan yoʻldan olmas emish koʻzini;

  • toʻlib shabnam ― koʻz yoshga;

  • Hayrat-u araz bilan qayrilarmish quyoshga


2-topshiriq. 92-bet. Koʻchimlarning turini aniqlang.
Kech kirib, qosh qoraya boshladi. Daraxt shoxlarini shirtillatib uzguday yoqqan yomgʻirning tinganiga ancha boʻldi-yu, osmon pardasi ochilmadi. Qoramtir bulutlar quyuqlashib, tobora pastlamoqda, azim daryodek Sharqqa tomon oqib bormoqda. Havodagi gard-gʻuborni yuvib, tanga rohat baxsh etgan asad yomgʻirining yoqimli shabadasi uzoqqa bormadi. Havo dim boʻla boshladi. Boyadan beri koʻrpachaga koʻkragini berib, yostiqni quchoqlab yotgan Mahkam aka dimiqib ketdi. (Rahmat Fayziy)
Yechim:_Matnda_qo‘llangan_o‘xshatishlar_:__shoxlarini_shirtillatib_uzguday'>Yechim:
Matnda qo‘llangan o‘xshatishlar:

  • shoxlarini shirtillatib uzguday yoqqan yomgʻir;

  • bulutlar azim daryodek;

Matnda qo‘llangan metaforalar:

  • qosh qoraya boshladi;

  • osmon pardasi ochilmadi;

  • bulutlar quyuqlashib;

  • bulutlar … Sharqqa tomon oqib bormoqda;

  • yoqimli shabadasi uzoqqa bormadi;

  • koʻrpachaga koʻkragini berib, yostiqni quchoqlab yotgan Mahkam aka



20-mashq.
Maqsud Shayxzodaning quyidagi she’ridagi gʻayrioddiy birikmalarni aniqlang.
Tovushlarning kichik, ulugʻi,
Tovushlarning hidi boʻyi bor.
Tovushlarning sovuq, iligʻi,
Tovushlarning rangi-roʻyi bor.
Tovushlarning shirin-achchigʻi,
Bordir hatto yumshoq, qattigʻi.
Shoir rassom boʻlsaydi agar,
Chizar edi shundan lavhalar.
Yechim:
She’rda qo‘llangan g‘ayrioddiy birikmalar (o‘xshatishlar) quyidagilardan iborat:
Tovushlarning kichik, ulugʻi, hidi boʻyi, sovuq, iligʻi, rangi-roʻyi, shirin-achchigʻi, yumshoq, qattigʻi bor


22-mashq. Berilgan misollarda adabiy til me’yorlariga nomuvofiq qoʻllangan, ammo badiiy vazifa bajargan birliklarni izohlang.

1. Gulsara tim qora tuflisini doʻqillatib xonamga kirdi. ― E, qaldirgʻochmi u? Yaxshi odamlarning uyiga in qoʻyadi deyishadi... Kampliment emas, Quvvatjon... Singlimmi uyida den rojdeniyada edik. Uning eri shishkalardan. Sudya. (Sh.Xolmirzayev)


2. Hademay bir-ikkita sovligʻim qoʻzilaydi. Ogʻiz ichgali bemalol tashrif buyurishlaring mumkin. (Sh.Xolmirzayev)
3. Akalari izidan Samarqandga borsa, «Koʻnglim shuni xohladi, borib aytinglar otamga», ― deb ularni qaytarib yuborgan ekan. (Erkin A’zam)
4. Yoʻq, qorin janoblari toʻqlar, ertalab baliq yegan edik, faqat koʻk choy boʻlsa kifoya, ― dedi u kulib. (N.Aminov)
Yechim:
Mashq shartiga asosan berilgan misollardagi adabiy til me’yorlariga nomuvofiq qoʻllangan, ammo badiiy vazifa bajargan birliklarni topish va izohlash lozim.
1-gapda qo‘llangan kampliment (birovga yoqish uchun atayin yaxshi gapirish, xushmuamalalik qilish), den rojdeniyada (tug‘ilgan kun), shishkalardan (boy, boyligi ko‘p odam; yuqori mansabdagi amaldor) kabi so‘zlar varvar so‘zlar bo‘lib, og‘zaki so‘zlasuv uslubiga xos. Bu jumlada mazkur so‘zlar badiiy nutq talabi bilan personajning tabiati ifodalashga xizmat qilgan.
2-gapda sovligʻim (urg‘ochi qo‘y) qoʻzilaydi, ogʻiz (yangi sog‘ilgan sut) kabi so‘zlar dialektal birliklar qahramonning hududiy mansubligi (qishloq odami) ga ishora sifatida badiiy nutq talabi bilan ishlatilgan.
3-gapda ham og‘zaki nutq uslubiga xos izidan bormoq, ko‘ngli xohlamoq kabi iboralar qo‘llangan.
4-gapda esa og‘zaki nutq uslubiga xos, kinoyaviy, yumoristik ma’noni ifodalovchi qorin janoblari toʻqlar, ertalab baliq yegan edik (go‘yoki qorin bilan birga ma’nosida) birikmalar qo‘llangan.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish