N. Mahmudov va boshqalar. Ona tili



Download 0,73 Mb.
bet14/22
Sana29.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#592069
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
11-sinf ona tili Mashqlar yechimi

3-gap qurilishi shunday tuzilganki, gap mazmunidan sezilib turgan ma’no ifodalanmay, umuman boshqa qarama-qarshi ma’no kelib chiqqan. Ya’ni gap mazmunidan anglashilgan maqsad ma’nosiga ko‘ra 1) Bu yil boboning kamida 3 vagon qovun-tarvuz jo‘natishga ahd qilgani; 2) shu qat’iy maqsadni amalga oshirish uchun kecha-kunduz polizda hosil unumdorligi umidida mehnat qilayotgani anglashiladi. Lekin jumla orasida kelgan joʻnatmasam, doʻppimni osmonga otaman ifodasi ko‘zlangan maqsad ma’nosini buzib qo‘yib, umuman maqsadga zid ma’noni ifodalamoqda. Ya’ni shu ishni bajarmasam (3 vagon qovun-tarvuz yetishtirmasam), do‘ppimni osmonga otaman (xursand bo‘laman) ma’nosi ifodalanib, natijada kontekstda qat’iy maqsad qilingan, rejalashtirilgan vazifa bajarilmasligidan xursand bo‘lish degan ma’no umumlashib qolmoqda. Shu bois jumlani quyidagi ko‘rinishda o‘zgartisih maqsadga muvofiq:
Bobom bu yil askarlarimizga eng kamida uch vagon qovun-tarvuz joʻnatishga qat’iy ahd qilganlari uchun, hosil unumdorligi umidida polizda kecha-kunduz mehnat qilmoqdalar. (S.Ravshanov)


44-mashq. Gaplardagi grammatik vositalarning notoʻgʻri qoʻllanishiga koʻra yuzaga kelgan mantiqiy nuqsonlarni izohlang
1. Fursatdan foydalanib, institut jamoasi va ekspertlari nomidan, barcha yurtdoshlarimizni Yangi 2018-yil bilan chin dildan qutlaymiz va oldimizda turgan ulkan vazifalarni bajarishda bir tan-u jon boʻlib, bir yoqadan bosh chiqarib, yurtimiz ravnaqi uchun hormay-tolmay ishlashlariga chaqiraman. (Gazetadan)
2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar komissiya bilan hamkorlikda joylarga chiqib, har bir mahkum bilan yakka tartibda suhbatlashish orqali ularning shaxsi oʻrganib chiqildi. (G.Toʻlaganova)
3. Qonunga koʻra, amnistiya aktini qoʻllash uchun ayblov tomonining, shu jumladan, jabrlanuvchining roziligini talab etilmaydi. (G.Toʻlaganova)
4. Bugʻdoyrang choʻtir yuzlarini ajin bosgan, soqollari sutdek oppoq. Lekin oʻzlari sira tinchimaydilar. (S.Ravshanov)
Yechim:
1-gapda kesimlar tarkibida qo‘llangan shaxs-son qo‘shimchalaridagi har xillik gap mazmunida mantiqiy chalkashlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan gapning birinchi qismi kesimi (qutlaymiz) 1 shaxs ko‘plik shaklida hamda ushbu gapning mantiqiy davomi bo‘lgan 2-grammatik asos atrofiga birlashgan qism esa 1-shaxs birlik shakli (chaqiraman) ma’nosini ifodalamoqda. Shu bois ikkinchi kesim shaklini 1-kesim shaklida moslashtirish orqali mantiqiy xatolikni to‘g‘rilash mumkin. Qutlaymiz – chaqiramiz
2-gapda bir nechta grammatik vositalar ishlatilishida xatolik kuzatilgan. Birinchidan, - lar qo‘shimchasi juda ko‘p marta qo‘llangan (organlar, sudlar, jamoat tashkilotlari, vakillaridan, ishchi guruhlar, joylarga, ularning). Ayniqsa, ishchi guruhlar birikmasidagi –lar ortiqcha. Chunki guruh so‘zi jamlovchi ot bo‘lgani sababli –lar qo‘shimchasini qo‘llash ortiqcha. Ikkinchidan, ega va kesim ortiqcha nisbat shakli orqali mantiqan moslasha olmagan. (ishchi guruh o‘rganib chiqildi.) Shu bois xatolikni oldini olish uchun 1) ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi; 2) ishchi guruh ularning shaxsini o‘rganib chiqdi shaklida gap qurilishini o‘zgartirish joiz.
3-gapda tushum kelishigi shakli xato qo‘llangan. Chunki gap kesimi majhul nisbat shaklida bo‘lganida tushum kelishigidagi vositasiz to‘ldiruvchi bilan birikma olmaydi. Ya’ni roziligini talab etilmaydi emas, balki roziligi talab etilmaydi bo‘lishi kerak.
4-gapda lekin bog‘lovchisi ortiqcha. Chunki ikki gap o‘zaro zidlik munosabatida bog‘lanmagan. Ikkinchi gap mazmunan birinchi gapda qiyosiy zidlanmagan.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish