N. Mahmudov va boshqalar. Ona tili


Ma’lumki, badiiy adabiyotda muayyan estetik maqsad bilan adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari ham kuzatiladi va ular badiiylik uchun xizmat qiladi



Download 0,73 Mb.
bet2/22
Sana29.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#592069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
11-sinf ona tili Mashqlar yechimi

Yechim:
Ma’lumki, badiiy adabiyotda muayyan estetik maqsad bilan adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari ham kuzatiladi va ular badiiylik uchun xizmat qiladi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan olingan mazkur parchada keltirilgan qorongʻizor yasalmasi aslida so‘z yasalish me’yorlariga muvofiq emas, chunki -zor qo‘shimchasi odatda aniq otlardan o‘rin-joy otlarini yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi. Qorong‘i so‘zi esa odatda belgi bildiruvchi sifat so‘z turkumi sifatida ishlatiladi. Demak, matndagi qorong‘izor so‘zi yasalishida adabiy til me’yorlaridan chekinish holati kuzatilib, muayyan badiiy-estetik maqsad bilan makon va ruhiyat tasvirini obrazli ifodalanishiga xizmat qilgan.


Topshiriq. Berilgan gaplardagi imlo me’yorlariga amal qilinmagan oʻrinlarni aniqlang.
1. Fuqarolar yigʻinlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda jamoatchilik komissiyalarining oʻrni sezilarli boʻlayapti.
2. «Barakalla ota-oʻgʻil, bopladingiz!» Oʻgʻli Hasanboyni bagʻriga mahkam bosib, shunday deyishni diliga tukkan Ma’rufjon Hayitboyevni suhbatga tortamiz. (Gazetadan)
Yechim:
Yuqoridagi topshiriq shartiga asosan har ikkala gapda ham imlo me’yorlariga amal qilinmay yozilgan so‘zlar uchraydi. Birinchi gap kesimi bo‘layapti shaklida yozilgan. Amaldagi darsliklarga asosan (N.Mahmudov va boshqalar. 6-sinf ona tili darsligi. “Tasvir”, 2017-yil. 92-bet) hozirgi zamon qo‘shimchasi -yap og‘zaki nutqda –ayap tarzida talaffuz qilinsa ham, yozma nutqda –yap yozilishi kerak. Shu bois bo‘lyapti shaklida yozilishi maqsadga muvofiq.
Ikkinchi gapda esa tukkan so‘zi asliga muvofiq tuggan shaklida yozilishi zarur.


23-mashq. Gaplardagi bugungi adabiy me’yorlarga zid holda qoʻllangan soʻzlarni aniqlang va ularni muvofiq muqobili bilan almashtiring.
1. Xalq tarixini oʻrganishi lozim boʻlgan ilmgoh, asosan, Xolidiyning xizmatini oʻtash bilan mashgʻul edi. (T.Malik)
2. Nomini tutib baloga qolmaylig-u, poytaxtdagi nufuzli, koʻchadan kelgan har qanday odam ikki dunyoda ham ostonasiga qadam bosolmaydigan bir bilimgohning yil sayin qabul hay’atida bakovullik qiladigan yoʻgʻon domlasi qanaqa davron surishi mumkin ― tasavvur qilib olavering. (Erkin A’zam)
3. Aytishlaricha, bir havaskor muxbir nohiya roʻznomasida maqola yozib olib borgan emish, muharrir koʻrib: «Xoʻsh, nima, Dneproges qurilibdimi, bu haqda butun boshli maqola chiqarsak?!» (A.Muxtor)
4. Boʻsh vaqt bermas jarida ham noshirlikning ishi koʻp. (E.Vohidov)
Yechim:
Mazkur mashq shartiga asosan berilgan gaplardagi bugungi adabiy me’yorlar (1) leksik (so‘z qo‘llash) me’yorlari; 2) talaffuz me’yorlari; 3) so‘z yasalishi me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar; 6) uslubiy me’yorlar) ga zid holda qo‘llangan birliklarni aniqlab, ularning muqobil variantlari bilan almashtirilishi kerak.
Birinchi gapdagi ilmgoh, ikkinchi gapdagi bilimgoh so‘zlari qo‘llanishi jihatidan nisbatan klassik (mumtoz), eskirgan so‘zlar hisoblanadi. Hatto bilimgoh so‘zi hozirgi mukammal lug‘atlarimizdan biri – 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalarini o‘z ichiga olgan 5 jilddan iborat “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da (2006 yil) ham keltirilmagan. Shu bois bu so‘zlarni hozirda amalda bo‘lgan muqobil variantlari – bilim yurti, bilim maskani, ta’lim muassasasi kabi birliklar bilan almashtirish maqsadga muvofiq. Shuningdek, uchinchi gapdagi nohiya, ro‘znoma so‘zlari ham eskirgan qatlamga mansub bo‘lib, birikmani tuman gazetasi shaklida ishlatilsa, hozirgi adabiy tilimizga muvofiq keladi. To‘rtinchi gapdagi jarida so‘zi ham eskirgan so‘z bo‘lib, bugungi kunda uning ekvivalenti sifatida jurnal, to‘plam so‘zlari ishlatiladi. Bundan tashqari, ushbu gapda bu so‘zda -da o‘rin-payt kelishigi qo‘llanishiga zarurat bor. Shuningdek, bu gaplarda obrazli tasvir, muallifning sub’yektiv munosabatini ifodalashga xizmat qilgan birikmalar ham mavjud. Xususan, 2-gapdagi bakovullik qiladigan yoʻgʻon domlasi ifodasida bakovul, yo‘g‘on so‘zari ko‘chma ma’noda muallifning sub’yektiv munosabati – pichingi, kinoyasini ifodalashga xizmat qilgan. Shuningdek, 4-gapdagi boʻsh vaqt bermas ifodasida ham jonlantirish kuzatiladi.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish