N husanov m. Husanova r. Xo‘jaqulova



Download 1,03 Mb.
bet33/87
Sana21.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#1107
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87
Amloki xos - davlat mulki. Yer va yer osti boyliklari moddiy ko‘chmas mulklar va davlat ahamiyatiga oid ashyolar davlat tasarrufida bo‘lgan.

  • Iqto‘ - davlat xizmatchilarini ta’minlovchi mulk. Muayyan yer maydonlari, moddiy-ma’naviy mulklar va davlat xazinasining muayyan qismi iqto‘ mulki bo‘lgan.

  • Vaqf - muayyan ijtimoiy tabaqa mulki. Madaniy-ma’rifiy binolar, madrasa va masjidlar, ziyoratgoh va qabristonlar vaqf mulki bo‘lgan.

    Shu bilan birga Qoraxoniylar davlatida xususiy mulkchilik cheklanmagan. Shu sababli jamiyatning barcha tabaqasi o‘z mulkiga ega edi. Jamiyatning haddan tashqari tabaqalanib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, bunga davlat mulkidan, chunonchi vaqf mulkidan g‘oyat samarali foydalanish bilan erishilgan.
    XIX asrning oxiri va XX asrda birgalikda o‘zlashtirishning dastlabki tipi davlat mulki yana muhim rol o‘ynay boshladi.
    Albatta u tamomila yangi makroiqtisodiy shaklda bo‘lib, miqyosi va maqsadi jihatidan dastlabki o‘zlashtirishdan tubdan farq qiladi. Davlat mulkining paydo bo‘lishi va rivojlanishi quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi: a) mulkni milliylashtirish (natsionalizatsiya qilish), boshqacha aytganda, xususiy mulkni davlat mulkigi aylantirish; b) davlat mablag‘i hisobidan korxonalar o‘rniga boshqa zarur obyektlarni vujudga keltirish; Boshqa mulk subyektlariga daromadlarning bir qismini soliq undirish orqali davlat budjetiga olish.
    Hozirgi ko‘rinishdagi davlat mulkini vujudga keltirishdagi dastlabki qadam Germaniya konsleri, tarixda «Temir konsler» nomi bilan qolgan Otto fon Bismark nomi bilan bog‘liq. U 1873 yili yo‘l kompaniyalarini inqirozdan saqlab qolish uchun Prussiya temir yo‘llarini davlat mulkiga aylantirdi. Tamaki mahsulotiga davlat monopoliyasini o‘rnatdi. Korxona xususiy mulk egalari Bismark faoliyatini «Tamaki sotsializmi»ga o‘tish deb baholashdi.
    XV-XIX asrlarda g‘arbiy Yevropada yangi sotsial-iqtisodiy tizim: kapitalizmning dastlabki, tarixda «klassik kapitalizm» deb nom olgan bosqichi qaror topdi.
    Bu bosqichda xususiy kapitalistik tadbirkorlik prinsiplari to‘la namoyon bo‘ladi. Bosh iqtisodiy omil yakka xususiy mulk egasi bo‘lib, u korxona egasi sifatida ishlab chiqarishni o‘zi boshqaradi. Shunday xo‘jalik faoliyatini A.Smit va Rikkardo nazariy jihatdan yoritib berishgan. Kapitalizm bosqichiga o‘tilishi bilan buyuk tarixiy jarayon - insoniyatning industrial ishlab chiqarishga o‘tishi boshlandi. Bu texnika va ishlab chiqarishni tashkil etishda katta sifat va miqdor o‘zgarishlariga yo‘l ochdi. «Bug‘ asri»dan «Elektr asri»ga o‘tishi mehnat kooperatsiyasi masshtabining kengayishi, kapitalning to‘planishi va markazlashuvini kuchaytirdi.
    Oqibatda mikroiqtisod tamomila yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi.
    Ko‘plab yirik korxonalar ajralib, ishlab chiqarishda hukmron mavqeni egallashga kirishdi. Bu yirik korxonalar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o‘z mahsulotini realizatsiya qilish uchun hamma imkoniyatlarini ishga solishga kirishdi.
    Yirik sanoat kapitali bilan bank kapitali qo‘shilib moliya kapitali vujudga keldi. Mulkchilikning yangi tipi: birgalikda qo‘shilgan ulushga qarab o‘zlashtiriladigan mulk kelib chiqadi.
    Mulkchilik yangi tipining shakllanishiga ko‘p jihatdan fan-texnika inqilobi natijasida yangi, katta kapital talab qiladigan sohalarning paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi. Bunda birinchidan, alohida kapitalistlarning kapitali yetmasligi, ikkinchidan, raqobatda mag‘lub bo‘lib, bankrot bo‘lishi tufayli mol-mulkdan ajralib qolish xavfi muhim rol o‘ynadi.

    Download 1,03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish