Qashqadaryo viloyatida 2016 yilda davlat ko´chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara xaqining yagona eng kam miqdorini belgilash to´g´risida Viloyat hokimining qarori
8 apreldagi 102-sonli Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to´g´risidagi Qarori (O´zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to´plami, 2009 y., 15-son, 186-modda) ijrosini ta´minlash yuzasidan O´zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo´mitasi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklarining 2015 yil 23 dekabrdagi 406/01-14, BYu/08-03-32/218 va 107 -sonli qo´shma xatlariga asosan viloyatda yagona ijara haqi stavkalarini joriy etish maqsadida O´zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to´g´risidagi Qonunining 6-moddasiga asosan,
Q A R O R Q I L A M A N:
1. Viloyat hududida 2016 yilda eng kam ijara haqi stavkalari
1-ilovaga, hududiy zonalar bo´yicha koeffisientlar 2-ilovaga, ijara xaqi stavkalariga qo´llaniladigan koeffisientlar va ijara haqlarini hisoblash tartibi 3-ilovaga, uzoq qishloq va tog´li hududlarda davlat ko´chmas mulkidan foydalanish tartibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shahar va tuman hokimliklari viloyat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi (I.Jo´raev) bilan hamkorlikda har chorakda bo´sh turgan va faoliyat ko´rsatmayotgan bino-inshootlarni aniqlash yuzasidan xatlovlar o´tkazish, ro´yxatini yuritish hamda tasdiqlangan ijara haqi stavkalari bo´yicha ijaraga berilishini ta´minlasinlar.
3. Viloyat moliya boshqarmasi (N.Qulmatov), viloyat nazorat-taftish boshqarmasi (O´.Oripov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (X.Xolboev) va viloyat g´aznachilik boshqarmasi (A.Shukurov) ushbu qarorga muvofiq davlat
mulkchiligidagi korxona va tashkilotlarda nazorat tartibida utkaziladigan tekshirishlar jarayonida ijaraga berilgan davlat mulklarining ijara markazi orkali rasmiylashtirilganligi va ijara haqlari to´liq to´langanligini vakolat doirasida nazoratga olsinlar.
4. Viloyat xalq ta´limi boshqarmasi (L.Xolov), viloyat sog´liqni saqlash bosh boshqarmasi (T.Rasulov), viloyat o´rta-maxsus, kasb-hunar ta´limi boshqarmasi (Q.Normaxmedov), viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi (S.Sayimov) va tegishli davlat mulkini balansda saqlovchi boshqa tashkilotlar va muassasalar rahbarlari har chorak yakuni bilan o´z tizimlaridagi foydalanilmayotgan davlat mulki bo´lgan bo´sh turgan bino-inshootlar (xonalar), asosiy vositalar to´g´risidagi ma´lumotlarni shahar va tumanlar kesimida viloyat Davlat mulkini ijaraga berish markazi davlat unitar korxonasiga taqdim etib borilishini ta´minlasin.
5. Viloyat hokimining 2014 yil 30 dekabrdagi X-382/12-sonli qarori 2015 yil 31 dekabrdan o´z kuchini yo´qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o´rinbosari G´.Djavliev zimmasiga yuklansin.
7. Mazkur qaror 2016 yil 1 yanvardan e´tiboran kuchga kiradi.
Viloyat xokimi Z.Ruziev
Qarshi shahri,
2015 yil 28 dekabr
Do'stlaringiz bilan baham: |