N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Siydik chiqarish kanali
– 
urethra
siydik pufagining bo‘ynidan boshlanadi, 
orqaga tortiladi va urg‘ochi hayvonlarda qin va siydik-jinsiy dahliz chegarasida 
divertikula hosil qilib qinning ventral devoriga, erkak hayvonlarda jinsiy a’zoning 
boshchasiga ochiladi. Siydik chiqarish kanalining devori shilliq, muskul va 
biriktiruvchi to‘qimali pardalardan tashkil topgan. 
NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQ VA SAVOLLAR 
- siydik ayirish organlarini o‘rganib, ularning rasmini chizing, lo‘g‘at tuzing. 
- siydik ayirish tizimiga qaysi organlar kiradi? 
- buyrakning tuzilishi va topografiyasini ayting. 
- siydik yo‘li va siydik pufagini tuzilishi hamda topografiyasini ayting. 
- siydik chiqarish kanalining tuzilishi va topografiyasini ayting. 
- qishloq xo‘jalik hayvonlarini buyragining tuzilishidagi tafovutlarni ayting. 
Tuxumdon, tuxum yo‘lining tuzilishi 
Darsning maqsadi:
har xil hayvonlarning (sigir, qo‘y, echki, cho‘chqa, it va 
baytal) urg‘ochilik jinsiy organlarini (tuxumdon, tuxum yo‘lini) anatomik tuzilishi 
va topografiyasini o‘rganish.
Ko‘rgazmali materiallar:
rasm, sxema, biya, sigir, qo‘y, echki, cho‘chqa 
va itlarni urg‘ochilik jinsiy organlarini ho‘l preparati.
 
Urg‘ochi hayvonlar ko‘payish organlariga tuxumdon, tuxum yo‘li, 
bachadon, qin, siydik-jinsiy dahliz, jinsiy lablar va klitor kiradi. 


Tuxumdon
– 
ovarium
juft jinsiy organ bo‘lib, unda tuxum hujayralari hosil 
bo‘ladi va jinsiy gormonlar ishlab chiqariladi. Tuxumdonda maxsus chiqarish yo‘li 
bo‘lmaydi. Jinsiy hujayralar tuxumdonda etilgan follikulalarni yorilishi natijasida 
davriy ravishda ajralib turadi. 
Sigirda tuxumdon oval-uzunchoq shaklda, nisbatan kichik o‘lchamli, bel 
sohasida buyrakni orqasida joylashadi. U tashqi tomondan murtak epiteliy bilan 
qoplangan. Tuxumdon kesib ko‘rilganda, unda follikulyar va qon tomirli zonalari 
farqlanadi. Follikulyar zona – 
zona follicularis
birmuncha yuzada yotadi va juda 
ko‘p follikulalar saqlab, ularda tuxum hujayralari rivojlanadi. Qon tomirli zona – 
zona vasculosa
biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan bo‘lib, tuxumdonga 
kiruvchi ko‘p sonli arteriyalardan iborat.
Tuxumdonda ikkita yuzasi – lateral va medial – 
facies lateralis et medialis,
ikkita cheti – erkin va tutqich – 
margo liber et mesovaricus
va ikkita uchi – kranial 
va kaudal – 
extremitas cranialis et caudalis
farqlanadi. Tuxumdonning ikkala cheti 
biroz qavargan, uning erkin cheti ventral tomonga, tutqich cheti esa dorsal 
tomonga yo‘nalgan va tuxumdon tutqichi – 
mesovarium
ni birikish joyi 
hisoblanadi. Tuxumdonning kranial uchiga tuxum yo‘lining voronkasi, kaudal 
uchiga esa tuxumdonning maxsus payi – 
ligamentum ovarii proprium
birikadi. 
Tuxumdonning maxsus payi tuxumdonni bachadon shoxi bilan birlashtiradi. 
Ushbu pay bilan tuxum yo‘li tutqichi – 
mesosalpinx
o‘rtasida tuxumdon bursasi – 
bursa ovarii
hosil bo‘ladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Biyada – katta (5 – 8 sm), 
loviyasimon shaklda; yosh hayvonlarda u katta yoshdagilarga nisbatan katta 
bo‘ladi. Tuxumdonning erkin cheti botiq, unda ovulyasion chuqurcha – 
fossa 
ovulations
mavjud. Tutqich cheti qavariq, juda uzun. Ovulyasion chuqurchadan 
tashqari, tuxumdonning hamma joyi zardob parda bilan qoplangan; ovulyasion 
chuqurcha murtak epiteliy bilan qoplangan. Tuxumdonning maxsus payi yaqqol 
ko‘rinadi. Tuxum yo‘li tutqichi egri-bugri tuxum yo‘li va tuxumdonning maxsus 
payi bilan birga tuxumdon bursasini hosil qiladi.
Cho‘chqada – tuxumdon nisbatan katta (uzunligi 5 sm gacha), yumaloq, 
biroz uzunchoq shaklda, g‘adir-budir, tuxumdon tutqichiga va tuxumdonning 
maxsus payiga birikkan. U tuxumdon bursasiga yashiringan bo‘ladi.
Itda – tuxumdon uzunchoq (2 sm) va yon tomonlardan siqilgan ellips 
shaklda. Uning yuzasida etilgan follikulalarni ko‘rish mumkin. Tuxumdon tutqichi 
va tuxumdon payi yaxshi rivojlangan.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish