Tomirlar kalavasi buyrakning SHumlyansk – Boumen kapsulasi –
capsula
glomeruli
ning kosachasimon chuqurchasida joylashib, ular birgalikda
buyrak
tanachalari –
sorpusculis renis
ni hosil qiladi. Buyrak tanachalaridan egri-bugri
siydik ajratish kanalchalari
– tubuli renales contorti
boshlanib, ular siydik ajratish
zonasining asosini tashkil qiladi. Egri-bugri kanalchalar to‘g‘ri kanalchalar –
tubuli
recti
ga o‘tadi. To‘g‘ri kanalchalar siydik chiqaruvchi zonaga nursimon ko‘rinish
berib yo‘naladi. Bu erda ular buyrak so‘rg‘ichlari
yuzasiga ochiladigan
yig‘ishtiruvchi kanalchalar bilan qo‘shilishadi. Barcha so‘rg‘ichlar buyrak
chuqurchasiga qaragan va uchida siydik yo‘lining tarmoqlangan naychalari bo‘lgan
buyrak kosachasi –
calices renales
ga osilib turadi. Siydik yo‘li naychalari buyrak
chuqurchasining qarshisida ikkita yirik oxirgi yo‘llarga birlashadi. Ular bir-biri
bilan qo‘shilishadi va siydik yo‘li –
ureter
ni hosil qiladi.
O‘ng buyrak bel sohasida 12-nchi qovurg‘adan to 2 – 3-nchi bel
umurtqasigacha bo‘lgan joyda joylashadi. Dorsal tomondan u belning katta
muskuli va diafragmaning o‘ng
oyoqchasiga tegib turadi;
uning oldingi uchi
jigarning buyrak chuqurchasida joylashadi. Ventral tomondan u oshqozon osti
bezi, shuningdek, ko‘richak va chambar ichaklar bilan chegaralangan.
Chap buyrak o‘zining xususiy tutqichida osilgan va 2 – 5-nchi bel
umurtqalari to‘g‘risida o‘ng va chap tomonlarda joylashadi. Katta qorinning uzoq
muddatli bosimi natijasida buyrakning lateral yuzasida, uning oldingi uchi
yaqinida katta qorin chuqurchasi mavjud.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Otda – usti tekis bir so‘rg‘ichli;
odatda chap buyrak uzunchoq, loviyasimon, o‘ng buyrak esa yuraksimon shaklga
ega; buyrak chuqurchasi medial chetida joylashadi va ventral tomondan yaxshi
ko‘rinadi;
fibroz varaq, yog‘ kapsulasi, siydik ajratuvchi, siydik chiqaruvchi va
chegaralovchi zonalar qoramolniki singari tuzilishga ega; buyrak piramidalarining
soni 40 – 64
taga etadi; o‘ng buyrak o‘ng qovurg‘alar ostiga, 16-nchi qovurg‘a
to‘g‘risigacha surilgan va jigarga tegib turadi; orqa tomondan u ko‘r ichakning
boshiga tekkan holda 2-nchi bel umumrtqasiga boradi. Chap buyrak 1 – 3-nchi bel
umurtqalari qarshisida joylashadi; u o‘zining oldingi
uchi bilan oshqozon osti
bezining chap bo‘lagiga, orqa uchi bilan och ichak va kichik chambar ichak
ilgagiga tegib turadi; lateral tomondan u taloq asosi bilan, kraniomedial tomondan
esa chap buyrak usti bezi bilan chegaralanadi. Har ikkala buyrak dorsal yuzasi
bilan bel muskullari va diafragma oyoqchalariga tegib turadi,
ventral tomondan
yog‘ kapsulasi va qorin pardasi bilan yopilgan. Ikkala buyraklar o‘rtasidan buyrak
usti bezi va bel sisternasi bilan bir qatorda, yirik qon tomirlar: aorta va keyinli
kovak vena o‘tadi.
Cho‘chqada – buyrak usti tekis, ko‘p so‘rg‘ichli, loviyasimon shaklda, fibroz
kapsula bilan qoplangan va deyarli butunlay yog‘ to‘qimasi bilan o‘ralgan.
Bo‘ylama kesimida aniq qo‘shilgan siydik ajratish zonasi va butunlay ajralgan
siydik chiqaruvchi zonalari ko‘rinadi. Buyrak so‘rg‘ichlari 10 – 12 ta bo‘lib, har
bir so‘rg‘ich kosacha bilan o‘ralgan. Buyrak kosachalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyrak
jomi – pelvis renalis ga ochiladi. Buyraklar 1 – 4-nchi bel umurtqalari ostida
joylashadi. O‘ng buyrak jigarga tegmaydi.
Itda – buyrak usti tekis, bir so‘rg‘ichli. Ularning shakli loviyasimon.
Bo‘ylamasiga kesimida siydik ajratish va siydik chiqarish zonalari aniq ajralib
turadi. Siydik ajratish zonasida buyrak piramidalari asosidan ko‘tariluvchi mag‘iz
nurlari yaxshi ko‘ringan. Buyrak bo‘lakchalari 12 tadan 17 tagacha bo‘ladi.
Buyraklar 1 – 3-nchi bel umurtqalari ostida joylashadi. O‘ng buyrak jigarga tegib
turadi va unda chuqurcha hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: