N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

 Kekirdak xalqalari
A-qoramol B-mayda kavsh qaytaruvchilarV-cho‘chqalar G-otlar kekirdagi 1-
seroz parda 2-tog‘ay xalqalar 3-siyrak biriktiruvchi to‘qima 4-muskul qavat 5-
shilimshiq parda. 
O‘pka – pulmones 
juft organ bo‘lib, nafas olish organlarining asosiysi 
hisoblanadi va unda nafas havosi bilan qon o‘rtasida gazlar almashinuvi jarayoni 
amalga oshadi. O‘ng va chap o‘pkalar – 
rulmo dexter et sinister 
uzatuvchi 
yo‘llardan hamda gaz almashinuvi organlaridan tashkil topgan. O‘pkaning 
uzatuvchi yo‘llariga bronxlar va ularning tarmoqlari, gaz almashinuvi organlariga 
esa alveola yo‘llari, alveolyar xaltachalar va alveolalar kiradi. Ikkala o‘pka ham 
yurak bilan birgalikda ko‘krak qafasida joylashadi. Ular konus shaklida seroz 
parda – plevra bilan o‘ralgan. Konusning asosi orqa tomondan diafragmaning 
qavariq yuzasiga qaragan. Har bir o‘pkaning botiq – diafragmal yuzasi – 
facies
diaphragmatica;
qavariq – qovurg‘a yuzasi – 
facies costalis
va oraliq yuzasi – 
facies mediastinalis
bo‘ladi. Oraliq yuzasida chuqurlashgan o‘pka darvozasi – 
hilus pulmonis
bo‘lib, u orqali o‘pkaga asosiy bronx, o‘pka arteriyasi, nervlar va 
o‘pka venalari kiradi. Bronx qon tomirlar hamda nervlar bilan birgalikda o‘pka 
ildizi – 
radix pulmonis
ni hosil qiladi. Bundan tashqari, o‘pkaning yuqorigi o‘tmas 
cheti – 
margo abtusus
va pastki o‘tkir cheti – 
margo asutus
farqlanadi. Chap 
o‘pkaning o‘tkir chetida yurak kesigi – 
incisura cardia
bo‘ladi. Chap o‘pka 
kesiklar yordamida oldingi – uchki bo‘lak – 
lobus apicalis
ga, o‘rta – yurak bo‘lagi 
– 
lobus cordiacus
ga va orqa diafragmal bo‘lagi – 
lobus diaphragmaticus 
ga 
bo‘linadi. O‘ng o‘pka xuddi shunday kesiklar orqali uchki oldingi bo‘lak 
– lobus 
apicalis cranialis
ga, uchki orqa bo‘lak – 
lobus apicalis caudalis 
ga, yurak bo‘lagi 
– 
lobus cardiacus
ga, diafragmal bo‘lak – 
lobus diaphragmaticus
ga va 
qo‘shimcha bo‘lak – 
lobus accessories
ga bo‘linadi. Qo‘shimcha bo‘lak ichki 


tomonda yotadi va o‘ng o‘pkadan orqa kovak vena orqali ajralib turadi. Asosiy 
(bosh) bronx – 
branchus principalis
dan har qaysi o‘pkada yirik bronxlar – 
bronchus majores,
yirik bronxdan o‘rtacha bronxlar – 
bronchus medii,
ulardan 
mayda bronxlar – 
bronchus minoris
ajraladi. Mayda bronxlardan o‘z navbatida 
o‘pka bo‘lakchalari – 
lobuli
ga kiruvchi bronxiolalar tarmoqlashib ketadi. Asosiy 
bronxning tobora mayda bronxlarga bo‘linib, shoxchalanib ketishi natijasida 
o‘pkani ichkarisida bronxial daraxt – 
arbor bronchialis
hosil bo‘ladi. O‘pka 
bo‘lagining bronxlari har bir bo‘lakda nafas olish bronxiolalari – 
bronchioli 
respiratorii
ga ajralib, ular alveolyar yo‘llar – 
ductuli alveolares
hosil qilib 
tugaydi. Alveolyar yo‘llarning devori alveolyar xaltachalar (o‘pka pufakchalari) – 
saccus alveolares et alveoli pulmonis
ni hosil qiladi. Har qaysi o‘pkada bronxlar 
bilan parallel ravishda o‘pka arteriyasi tarmoqlanadi va oxiri borib, kapillyar 
to‘rlari hosil qiladi. Kapillyar to‘rlardan o‘pka venalari boshlanadi. Bronxlarning 
devori tog‘ayli halqalardan hamda plastinkalardan tarkib topgan, ularning 
ichkarisi esa tebranuvchi epiteliy va bezlar saqlovchi shilliq parda bilan o‘ralgan. 
Alveolyar yo‘llar alveolyar xaltachalar va alveolyar elastik to‘qimadan 
iborat hamda hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. O‘ng o‘pka chapdagisiga 
nisbatan kattaroq bo‘ladi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda – o‘pkani bo‘laklarga 
bo‘linishi yaxshi bilinmaydi; o‘tkir chetida yurak kesigi bo‘ladi: u har qaysi 
o‘pkani uchki va yurak –diafragmal bo‘laklarga ajratib turadi. O‘ng o‘pkada 
qo‘shimcha bo‘lak mavjud. 
Cho‘chqada – o‘ng o‘pkasidagi uchki bo‘lagi oldingi va keyingi uchki 
bo‘laklarga bo‘linmaydi, u keng kesik orqali yurak bo‘lagidan chegaralanib turadi. 
Qo‘shimcha bo‘lagi yaxshi ko‘ringan; chap o‘pkada uchki yurak va diafragmal 
bo‘laklar mavjud. 
Itda – o‘pka bo‘laklari chuqur bo‘laklararo chuqur kesik orqali ajralib 
turadi; chap o‘pka uchki, yurak va diafragmal bo‘laklarga bo‘linadi; o‘ng o‘pkada 
qo‘shimcha bo‘lagi mavjud. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish