orqa qismida o‘zaro bir-biri bilan shoxlararo pay –
ligamentae intercornuale uteri
orqali birlashadi. Bachadon shoxi kranial yo‘nalishda sekin-asta tuxum yo‘liga,
kaudal yo‘nalishda esa bachadon tanasiga o‘tadi.
Bachadon tanasi –
corpus uteri
tashqi tomondan uzunligi 10 – 15 sm ga
etadi, ammo ichki tomondan taxminan 10 sm oraliqda bo‘ylama to‘siq
bilan teng
ikkiga bo‘linadi. SHu bilan bog‘liq holda bachadon tanasining ikkiga bo‘linmagan
qismi sigirda 5 – 6 sm dan oshmaydi.
Bachadon bo‘yni –
cervix uteri
nisbatan uzun (7 – 10 sm), devori qalin, u
o‘zining unchalik katta bo‘lmagan qismi bilan tiqinsimon qin bo‘shlig‘iga kiradi va
bachadonning qin bo‘lagi –
partio vaginalis uteri
ni hosil qiladi. Bachadon
bo‘ynida ikkita teshik bilan bo‘yin kanali –
canalis cervicalis uteri
mavjud.
Bachadonning tashqi teshigi –
ostium uteri externum
qinga, ichki teshigi –
ostium
uteri internum
esa bachadon bo‘shlig‘i –
cavum uteri
ga ochiladi.
Ko‘p tuqqan sigirning bachadoni ko‘proq qorinning o‘ng tomonida yotadi. U
ko‘plab muskul tolalari va tomirlar saqlovchi tutqich –
mesometrium
ga
osilgan
bo‘ladi.
Bachadon devori uchta: ichki – shilliq, o‘rta – muskul va tashqi – zardob
pardalardan tuzilgan.
Bachadonning shilliq pardasi –
endometrium
silindrsimon epiteliydan iborat.
Unda ko‘p sonli bachadon bezlari –
glandulae uteri
mavjud. Bachadon bezlaridan
ishlab chiqarilgan suyuqlik (sekret) dastlabki kunlarda homila uchun oziqa
(embriotrof) hisoblanadi.
Sigir va boshqa kavsh qaytaruvchilar bachadonining tanasi va shoxlarining
shilliq pardasida to‘rt qator bachadon karunkulalari –
caruncula uteri
chiqadi. Ular
homiladorlik davrida kuchli o‘sadi. Tug‘ishdan keyin karunkulalar teskari
rivojlanadi. Bachadon bo‘yni shilliq pardasi bir necha qator bo‘ylama va
ko‘ndalang burmalar hosil qiladi. Bachadonning tashqi
teshigi shilliq pardaning
sirkulyar burmasi bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Muskul pardasi –
myometrium
silliq muskul tolalari tutamining ichki
sirkulyar (aylana) va tashqi bo‘ylama qavatlaridan tashkil topgan. Bachadon bo‘yni
sohasida sirkulyar tutamlar sfinkter hosil qiladi. Bachadon bo‘ynida shilliq
pardaning burmasi va sfinkter bo‘lishi homiladorlik davrida bo‘yin kanalini zich
yopilib turishini ta’minlaydi. Homiladorlikning oxirida bachadonning muskul
pardasi kuchli o‘sib, u tug‘ruq vaqtida homilani tashqariga itarilishini ta’minlab
beradi.
Zardob parda –
perimetrium
bachadonni tashqi tomonidan o‘rab turadi;
bachadonning yon yuzasidan zardob parda keng bachadon
payiga yoki bachadon
tutqichi –
mesometrium uteri
ga o‘tadi. Tutqich bachadonni qorin bo‘shlig‘ida
ushlab turadi; unda arteriya, vena, nervlar joylashadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Biyada – bachadon ikki shoxli,
tanasi, ikkita shoxi va qalin devorli, silindrik bo‘yni mavjud; bachadon shoxi
oldinga yo‘nalgan va o‘tmas yumaloq uchi bilan tugaydi;
har bir shoxi qavariq
cheti bilan kovak yoy shakliga ega; bachadonning yumaloq payi yaxshi ko‘ringan.
Cho‘chqada – bachadon ikki shoxli; bachadon shoxlari juda uzun (200 sm
gacha) va tor, ko‘p miqdorda ilmoq hosil qiladi, butunlay qorin bo‘shlig‘ida yotadi,
bachadon tutqichiga osilgan; bachadon tanasi 5 sm gacha bo‘lib, shoxi va bo‘yni
oralig‘ida yotadi; u bachadon bo‘ynidan taxminan 3 marta qisqa; 15 – 18 sm
uzunlikdagi bachadon bo‘yni bachadonning qisilgan qismi hisoblanib,
sezilarsiz
qinga o‘tadi; bachadon bo‘ynining shilliq pardasida ko‘p sonli (14 – 20) burmalar
bo‘ladi; bachadon bo‘ynining kanali to‘lqinsimon, berk.
Itda – bachadon ikki shoxli, uzunligi, ingichka va to‘g‘ri shoxlari bilan
ajralib turadi; bachadon tanasi shoxlari uzunligining 1/4 - 1/6 qismini tashkil qilib,
ingichka devori va oldingi qismida unchalik katta bo‘lmagan o‘rta to‘sig‘i bo‘ladi;
bachadon bo‘yni qalin devorli, qisqa, qinga o‘tadi; shoxlarining uchida tutqichning
ventral yuzasidan ichki chot halqasiga yo‘naluvchi ingichka yumaloq bachadon
payi chiqadi.
Qin
–
vagina
muskul nayi ko‘rinishidagi toq organ bo‘lib,
sigirda uzunligi
22 – 28 sm. Qin devori shilliq parda, muskul qavat va zardob parda yoki
biriktiruvchi to‘qimali adventitsiyadan tuzilgan. Shilliq pardasi ko‘p qavatli yassi
epiteliy to‘qimasidan tashkil topgan va chuqur bo‘ylama burmalarga yig‘ilgan
bo‘ladi. Muskul qavati silliq muskul tolalarining ichki aylana va tashqi bo‘ylama
tutamlaridan iborat. Faqatgina qinning oldingi qismi zardob parda bilan,
qolgan
hamma qismi biriktiruvchi to‘qimali adventitsiya bilan qoplangan.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Biyada – qin birmuncha uzun,
uning oldingi qismi bachadon bo‘ynining qin ulushiga o‘tadi, qinning shilliq
pardasi ko‘proq bo‘ylama burmalarga yig‘ilgan; qinning pastki devorida siydik
chiqarish kanalining teshigi joylashgan.
Cho‘chqada – qin nisbatan tor, uzunligi 10 – 12 sm, qalin muskul devoriga
ega; siydik-jinsiy sinusi jinsiy lablar bilan birgalikda qindan kalta (7 – 8 sm)
bo‘ladi.
Itda – qin ancha uzun, u siydik-jinsiy dahlizga
nisbatan ikki barobar uzun;
qinning shilliq pardasi bo‘ylama burmalarga yig‘ilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: