N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Siydik pufagi
– 
vesica urinaria
noksimon shaklga ega bo‘lib, to‘lgan 
holatda u taxminan musht ulchamida bo‘ladi. U tos bo‘shlig‘ida qov suyagining 
ustida, siydik-jinsiy burma ostida (erkak hayvonlarda) yoki bachadon va qin ostida 
(urg‘ochi hayvonlarda) joylashadi.
Siydik pufagida siqilgan tanasi – 
corpus vesicae,
orqa tomonga yo‘nalgan 
bo‘yinchasi – 
cervix (collum) vesicae,
va yumaloq, qorin bo‘shlig‘iga qaragan tepa 
qismi 
vertex vesicae
farqlanadi. Siydik pufagining devori shilliq, muskul va 
zardob pardalardan tashkil topgan. 
Siydik pufagining shilliq pardasi birmuncha qalin, o‘tuvchi epiteliy bilan 
qoplangan; bo‘shagan pufakda u ko‘pgina burmalarga yig‘ilgan bo‘ladi. Siydik 
pufagining devoriga o‘ng va chap siydik yo‘llarining oxirgi uchi o‘tadigan bo‘yin 
qismi yon tomonining yuqorisida siydik yo‘llarining teshigiga boruvchi kichik 
valikchalar – 
collumnae uretericae
ko‘rinib turadi. Siydik yo‘li teshigi – 
ostium 
(orificium) ureteris
dan siydik pufagining bo‘yniga pufak uchburchagi 
– trigonum 
vesicae
bilan chegaralanuvchi juft kichik siydik yo‘li burmasi – 
plicae uretericae
boradi.
Muskul pardasini uch qavat: tashqi bo‘ylama – 
stratum longitudinale 
externum,
o‘rta halqasimon – 
stratum circulare
va ichki bo‘ylama – 
stratum 
longitudinale internum 
silliq muskul qavatlari hosil qiladi. Pufak bo‘ynida muskul 
tutamlari pufak sfinkteri – 
sphincter vesicae
ni shakllantiradi.


Zardob parda siydik pufagining old tepasi va tanasini qoplaydi. Pufak 
tanasining ventral yuzasi tomonidan u o‘rta pufak-kindik burmasi – 
plica 
vesicoumbilicalis media
ko‘rinishida qov suyagiga, undan esa oldinga kindikka 
tomon yo‘naladi. Bundan tashqari, u pufak tanasining yon yuzasidan tosning yon 
devorigacha boruvchi ikkita yon pufak-kindik burmasi – 
plica vesicoumbilicalis 
lateralis 
ni hosil qiladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Otda – siydik pufagi to‘lig‘icha 
tos bo‘shlig‘ida qov suyagining ustida joylashadi; zardob pardasi siydik pufagining 
unchalik katta bo‘lmagan qismini qoplaydi; paylari yaxshi taraqqiy etgan. 
Cho‘chqada – siydik yo‘li burmasi siydik pufagida ikkita; pufak uchburchagi 
uzunasiga cho‘zilgan; siydik pufagi tosdan qov sohasiga birmuncha chiqqan; o‘rta 
va yon paylari yaxshi ko‘ringan. 
Itda – siydik pufagi devori qalin, qov sohasiga ko‘proq chiqqan, barcha 
qismi zardob parda bilan qoplangan; paylari yaxshi rivojlangan. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish