N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Ko‘p kamerali oshqozon. 
Qoramollarning oshqozoni 4 ta kamera: katta 
qorin, to‘r qorin, qatqorin va shirdondan iborat.
Qizilo‘ngach yaqinida katta qorin, undan keyin bilinar-bilinmas chegara 
orqali to‘r qorin, so‘ngra esa qatqorin va shirdon joylashadi. 
Katta hayvonlarda kameralarning hajmi doimiy bo‘ladi. Qoramollarda eng 
katta kamera – katta qorin, keyin qatqorin va undan keyin shirdon bo‘lib, to‘rqorin 
va shirdonning hajmi ko‘pincha bir xildir. Eng kichik kamera – bu to‘rqorin. Har 
bir kameraning devori shilliq muskulli va zardob pardalardan tashkil topgan. 
Qatta qorin 
– rumen
oshqozonning boshlang‘ich kamerasi bo‘lib, qorin 
bo‘shlig‘ining chap yarmini egallaydi, pastki cheti esa hatto o‘ng tomonga ham 


o‘tadi. Unda chap va o‘ng yuzalari, yuqorigi va pastki cheti, oldingi va orqa uchlari 
farqlanadi. Chap yoki parietal yuzasi – 
facies parietalis
qorin devoriga qaragan; 
o‘ng yoki visseral yuzasi – 
facies visceralis
esa ichki organlarga tegib turadi; 
yuqorigi cheti (burchagi) – 
margo dorsalis
yuqoriga va chapga qaragan; pastki 
cheti – 
margo ventralis
pastga va o‘ng tomonga yo‘nalgan; oldingi uchi – 
extremitas cranialis
diafragmaga tegib turadi; orqa uchi – 
extremitas caudalis
orqaga qaragan bo‘ladi. Katta qorin uzunchoq o‘ng va chap ariqcha – 
sulcus 
longitudinalis dexter et sinister
orqali yuqorigi va pastki katta qorin yarim xaltalari 
– 
saccus ruminis dorsalis et ventralis
ga bo‘linadi. Bu yarim xaltalar old va orqa 
tomondan bir-biridan chuqur jiyak bilan chegaralanadi va tashqi tomonda katta 
qorin oldingi hamda keyingi ariqchasini – 
sulcus ruminis cranialis et caudalis

katta qorin ichkarisida esa oldingi va keyingi tasmalar 
– pila ruminis cranialis et 
caudalis
ni hosil qiladi. 
Katta qorinning orqa uchida kaudo-dorsal va kaudo-ventral ko‘r xaltalar – 
saccus caecus caudodorsalis et caudoventralis
bo‘ladi. Bu xaltalarning chegarasi 
bo‘lib tashqaridan – kaudo-dorsal hamda kaudo-ventral toj ariqchalar – 
sulcus 
caronarius caudodorsalis et caudoventralis, 
katta qorin ichkarisida kaudo-dorsal 
va kaudo-ventral tasmalar – 
pila caudodorsalis et caudoventralis
hisoblanadi. 
Katta qorinning qizilo‘ngach kelib birlashadigan oldingi uchi katta qorin 
dahlizi – 
atrium ruminis
deb yuritiladi. U yuqorigi yarim xaltadan tashqi tomonda 
kranio-dorsal toj ariqcha – 
sulcus caronaris craniodorsalis,
ichkaridan esa – 
tegishli tasma – 
pila craniodorsalis
orqali ajralib turadi. 
Katta qorinning shilliq pardasi – bezsiz, ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan 
qoplangan. Unda har xil shakl va kattalikdagi ko‘plab so‘rg‘ichlar – 
papillae 
bo‘lib, bu so‘rg‘ichlar katta qorinning ichki yuzasiga g‘adir-budirlik beradi. 
So‘rg‘ichlar faqat tasmalarda bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ular silliq va ochiq 
ranglidir. 
Muskulli pardasi – uzunchoq, aylana va qiyshiq qavatlarni hosil qiluvchi 
silliq muskul to‘qimalaridan tuzilgan bo‘lib, u yo‘g‘on va juda kuchli qisqaradi. 
Zardob pardasi katta qorinning butun yuzasini qoplaydi va o‘ng hamda chap 
uzunchoq ariqcha sohasida u katta charviga – 
omentum major
ga o‘tadi. Katta 
qorin tig‘iz biriktiruvchi to‘qimasi yordamida diafragmaning chap oyoqchasiga 
hamda bel muskullariga birikib turadi. 
To‘r qorin – 
reticulum
uncha katta bo‘lmagan yumaloq xalta bo‘lib, u katta 
qorin dahlizining davomi hisoblanadi va undan qatqorin pastki tomondan katta 
qorin-to‘rqorin tasmasi 
– pila ruminoreticularis
orqali ajralib turadi. 
To‘r qorin katta qorin bilan keng teshik orqali, qatqorin bilan esa 
yoriqchasimon teshik orqali birlashadi. Bundan tashqari u qizilo‘ngach bilan 
qizilo‘ngach ariqchasi – 
sulcus oesophageus
orqali ham bog‘langan bo‘ladi. 


Qizilo‘ngach ariqchasining lablari – 
labia sulci oesophagei
ariqchaning qirg‘oqlari 
bo‘lib xizmat qiladi, lablar oralig‘ida ariqcha tubi – 
fundus sulci
mavjud. 
Qizilo‘ngach ariqchasi shilimshiq pardaning spiralsimon egik burmalari 
ko‘rinishda qizilo‘ngachdan qatqoringa boradi. Qizilo‘ngach ariqchasi lablari 
uzunchoq, silliq muskul tutamlaridan tuzilgan bo‘lib, ularning qisqarishi natijasida 
lablar bir-biriga tegadi va u naychaga aylanadi; bunday holatda suyuq oziqa 
qizilo‘ngachdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaqoringa tushishi mumkin. 
Qizilo‘ngach ariqchasini tubida silliq muskul tutamlari ko‘ndalangiga 
joylashgan bo‘lib, ularning qisqarishi natijasida lablar ochiladi va dag‘al oziqa 
katta qorin va to‘r qoringa tushadi. 
To‘r qorinning devori shilliq hamda zardob pardalardan tashkil topgan. 
Shilliq parda ari uyasiga o‘xshash bir-biri bilan birlashuvchi to‘rt, besh yoki olti 
oyoqli katakchalar – 
cellulae reticulares
dan iborat varaqchasimon burmalar hosil 
qiladi. Ushbu katakchalarning tubida yanada mayda ikkinchi qatorli kanalchalarni 
chegaralab turuvchi shilliq pardaning bir oz pastroq katakchalari joylashadi. Shilliq 
pardaning hamma joyida mayda shoxlashgan so‘rg‘ichlar tarqalgan. Qoramollarda 
katta qorin va qizilo‘ngach ariqchasi yaqinidagi katakchalar kamayib boradi, keyin 
esa umuman yo‘qoladi. 
To‘r qorinning muskul va zardob pardalari katta qorindagidek tuzilishga ega. 
To‘r qorin devorining ventral tomonida, qalqonsimon tog‘ay sohasida joylashib
uni qalqonsimon o‘simtani orqasida paypaslab ko‘rish mumkin. 
Qatqorin – 
omasum
bir tomondan bevosita to‘r qorinning davomi 
hisoblansa, boshqa tomondan shirdonga o‘tadi va yumaloq shaklga ega. 
Qatqorinning shilliq pardasida bargchalar – 
lamellae
deb yuritiluvchi nafis 
varaqsimon burmalar bo‘ladi. Ular hatto katta-kichikligiga qarab, katta bargchalar 
– 
lamellae mojores,
o‘rtacha bargchalar 
– lamellae mediae,
kichik bargchalar – 
lamellae minores
va eng mayda bargchalar – 
lamellae minimae
ga bo‘linadi. 
Bargchalarning yon tomonlarida so‘rg‘ichlar joylashadi. 
Qatqorinning tubi – 
basis (fundus) omasi
ichki tomondan to‘r qorindan 
shirdonga boruvchi kalta jiyaklar ko‘rinishiga ega. Jiyaklar yon tomonlardan 
baland so‘rg‘ichli valiklar bilan chegaralanib turadi. Shirdonga ochilgan teshik – 
ostium omasoabomasicum
oldida qatqorinning tubida silliq muskul to‘qimadan 
sfenkter hosil bo‘lgan. Qatqorin bilan shirdon oralig‘ida, teshikning yon 
tomonlarida qatqorin pardasi – 
vellum omasi
joylashadi. Qatqorin tubidagi jiyaklar 
va bargchalarning bo‘sh burchaklari orasida qatqorin kanali – 
canalis omasi
bo‘ladi. Qatqorin o‘ng qovurg‘alari ostida, 8 – 9-nchi qovurg‘alarning pastki 
yarmida joylashadi. 
Shirdon – 
abomasum
asosiy oshqozon hisoblanib, noksimon shaklga ega. 
Shirdon o‘ng qovurg‘alar ostida va qalqonsimon tog‘ay sohasida joylashadi. Uning 


pilorik qismi orqaga qaragan bo‘ladi. Shirdonning qisqargan qismi pilorus – 
pylorus
bevosita o‘n ikki barmoq ichakka o‘tadi. Unda pastki qavariq katta hamda 
yuqorigi botiq kichik egri joyi farqlanadi. Shirdonning devori shilliq muskulli va 
seroz pardalardan tuzilgan. 
Shilliq pardasi – bir qavatli silindrsimon epiteliydan tarkib topgan bo‘lib, 
unda kardial, fundal hamda pilorik oshqozon bezlari bo‘ladi. Bu parda silliq, nafis, 
yumshoq, spiral shakldagi 12 – 16 ta burmalar – 
plicae spirales 
ni
 
hosil qiladi. 
Muskul pardasi – tashqi uzunchoq va ichki aylana qavatdan iborat. 
Shirdonning kichik egri joyining oxiridan pilorusni ichiga pilorusning o‘ziga xos 
sfinkteri vazifasini o‘tovchi yarim aylana ko‘ndalang valik chiqadi. Jigarning 
visseral yuzasidan kichik charvi ajralib, u shirdonni va o‘n ikki barmoq ichakni 
o‘raydi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish