N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

So‘lak bezlari 


A-sigir, B-cho‘chqa, V-otning so‘lak bezlari. 1-quloq orti so‘lak bezi, 2-jag‘ osti 
so‘lak bezi, 3-lunj bezi, 4-lab bezlari, 5-jag‘ osti so‘lak bezining yo‘li, 6-til osti 
so‘lak bezining qisqa yo‘li, 7-uzun yo‘lli til osti so‘lak bezi. 
Halqum – pharynx 
og‘iz bo‘shlig‘ini qizilo‘ngach bilan hamda burun 
bo‘shlig‘ini hiqildoq bilan bog‘lovchi (birlashtiruvchi) kovak konussimon, 
muskulli organ. Halqumning 2 ta: nafas olish va ovqat hazm qilish qismlari 
bo‘ladi. Bu ikkala qismlarni tanglay-halqum yoyi – 
arcus palatinopharyngeus
chegaralab turadi. 
Qoramollarning halqumi qisqa va keng bo‘lib, 3 ta: shilliq, muskulli hamda 
biriktiruvchi to‘qimali pardalardan tuzilgan.
Shilliq pardasi – 
tunica mucosa
qalin biriktiruvchi to‘qimadan tarkib topgan 
bo‘lib, halqumning nafas olish qismida hilpillovchi epiteliy bilan, ovqat hazm 
qilish qismida esa ko‘p qavatli qalin epiteliy bilan qoplangan. Shilliq pardaning 
ichkarisida shilliq bezlari – 
glandulae mucosae
va limfa follikulalari 
– folliculi 
lymphatici
joylashadi. Bular o‘zaro birgalashib, toq halqum bodomchasi 
(mindalin) – tonsilla pharyngea ni hosil qiladi.
Halqumning muskul pardasi – 
tunica muscularis
uchta qisuvchi 
muskullardan iborat:
1. Oldingi qisuvchi muskul – 
m. constrictor pharyngis cranialis
tanglay-
halqum va halqum-qanotsimon muskullardan tashkil topgan. 
Tanglay-halqum muskuli – 
m.palatinopharyngeus
tanglay suyagidan 
boshlanib, halqum chokida tugaydi. 
Qanotsimon-halqum muskuli – 
m.pterygopharyngeus
qanotsimon suyakdan 
boshlanadi va halqum chokida tugaydi. Har ikkala muskul ham qizilo‘ngachni 
oldinga tortish uchun xizmat qiladi. 
2. Halqumning o‘rta qisuvchi muskuli – 
m.constrictor pharyngis medius
– 
qo‘yidagi muskullardan tashkil topgan: halqumning shoxcha muskuli 
– 
m.keratopharyngeus
til osti suyagining katta shoxchasidan boshlanib, halqum 
chokida tugaydi; halqumning tog‘ay muskuli – 
m. chondro pharyngeus
til osti 
suyagining o‘rta bo‘g‘inidan boshlanib, halqum chokida tugaydi. Ikkala muskullar 
ham halqumni ko‘ndalangiga qisish uchun xizmat qiladi. 
3. Halqumning keyingi qisuvchi muskullari – 
m.constrictor pharyngis
caudalis
qo‘yidagi 2 ta muskuldan tashkil topgan: qalqonsimon-halqum muskuli – 
m. thyreopharyngeus
qalqonsimon tog‘aydan boshlanib, halqum chokida tugaydi; 
halqasimon tog‘ay-halqum muskuli – 
m.cricopharyngeus
hiqildoqning halqasimon 
tog‘ayidan boshlanib, halqum chokida tugaydi. 
Bundan tashqari halqumning ishiga yordam beruvchi qo‘yidagi muskullar 
bo‘ladi: 


Til osti-halqum muskuli – 
m.stylopharyngeus
til osti suyagining o‘rta 
bo‘g‘inidan boshlanib, halqumning yon devorida tugaydi. Vazifasi: halqumni 
kengaytiradi. 
Halqumning toq muskuli – 
m.pharyngis azygos.
Til osti suyagining 
tanasidan boshlanib, halqumni yuqorigi devori orqali o‘tadi va til osti suyagi 
tanasining ikkinchi tomonida tugaydi. 
Halqumning hamma muskullari ichki halqum fassiyasi – 
fascia pharyngis 
interna
hamda tashqi fassiyasi – 
fascia pharyngis ixterna
bilan qoplangan. Halqum 
tashqi tomondan adventitsiya – 
adventitia pharyngis
bilan o‘ralgan
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda – halqum oldindan orqaga 
tortilgan; eshituv teshigiga olib boradigan yo‘l 4 – 5 sm li yoriq ko‘rinishida 
bo‘ladi, u havo xaltasiga va o‘rta quloqning nog‘orasimon bo‘shlig‘iga boradi; bu 
yo‘lning medial devorida, ko‘z burchagining to‘g‘risida tog‘ay varaqcha va yo‘l 
bodomchalari – 
tonsilla tubariae
mavjud; havo xaltasi – 
deverticulum tibae 
auditivae
eshituv yo‘li shilliq pardasining xaltasimon burma hosil qilishidan 
vujudga kelgan, uning hajmi 300-500 ml; havo xaltasining o‘ng va chap devorlari 
halqumning orqa tomonida bir-biriga tegib turadi; toq bodomchasi, halqumning 
tog‘ay muskuli, halqumning toq muskuli bo‘lmaydi. Cho‘chqada – qizilo‘ngachga 
kiradigan joyning yuqorisida juda kuchli taraqqiy etgan halqum orti cho‘ntakchasi 
– 
recessus retropharyngeus
bo‘ladi; tanglay va tanglay-halqum muskullari 
qo‘shilishgan; halqumning toq muskuli bo‘lmaydi. 



Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish