N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Qattiq tanglay
– 
palatinum durum
jag‘ oraliq, yuqorigi jag‘ va tanglay 
suyaklaridan iborat bo‘lib, pastki tomondan bu suyaklar mustahkam shilliq parda 
bilan o‘ralgan. Qattiq tanglayda tanglay choki – 
raphe palatine
mavjud. U qattiq 
tanglayning sagittal yo‘li bo‘ylab o‘tadi, uning esa ko‘ndalangiga tanglay g‘ovlari 
(valik) – 
rugae palatinae
joylashadi. U qoramollarda 15-20 ta, oldingi g‘ovlar 
baland, chetlari o‘tkirlashgan; orqa g‘ovlari esa pastroq va biroz silliq, halqumga 
yaqin joyda ular yo‘qolib ketadi. Birinchi g‘ovlarning oldirog‘ida tish 
plastinkasining orqasida uncha katta bo‘lmagan jag‘ oraliq so‘rg‘ichi 
– papilla 
incisive
joylashadi. U o‘ng va chap tomonida 2 ta teshik hosil qilib, burun – 
tanglay kanali – 
ductus nasopalatinus
ochiladi. 
Yumshoq tanglay
yoki tanglay pardasi – 
palatinum molle
qattiq tanglaydan 
orqaga tushuvchi shilliq parda burmasidan iborat. Yumshoq tanglayning orqa 
ochiq cheti tanglay yoyi – 
arcus palatines
deyiladi. Tanglay yoyi bilan til ildizi 
o‘rtasida qisqa yoriqcha – 
isthmus faucium
bo‘ladi. Yumshoq tanglayning yon 


chetlari tanglay hamda qanotsimon suyaklarga birlashadi va til ildizining ustiga 
o‘tib, tanglay – til yoyi – 
arcus glossopalatinus 
ni hosil qiladi. Tanglay yoyi 
qizilo‘ngach tomonga o‘tib halqum devorida tanglay – halqum yoyi – 
arcus 
palatopharyngeus
ni hosil qiladi. 
Yumshoq tanglayning muskuli, asosiy tanglay muskuli, tanglay pardasini 
ko‘taruvchi va taranglovchi muskullardan tashkil etadi. 
Tanglay muskuli 
– m.palatines
tanglay suyagining xoana chetidan boshlanib 
tanglay yoyining chetigacha boradi. Bu muskul tanglay pardasini qisqartiradi. 
Tanglay pardasini ko‘taruvchi muskul – 
m.levator veli palatines
quloq 
suyagining muskul o‘simtasidan boshlanib, eshituv nayining oldigacha cho‘ziladi 
va tanglay pardasining o‘rtasida tugaydi. Muskul qisqargan paytda tanglay 
pardasini ko‘taradi. 
Tanglay pardasini taranglovchi muskul – 
m.tensor veli palatine
quloq 
suyagining muskul o‘simtasidan boshlanib, qanotsimon suyakning ilgagi orqali 
o‘tadi va tanglay pardasining o‘rtasigacha keladi. Muskul qisqargan vaqtda tanglay 
pardasini taranglaydi. 
Tanglay pardasining og‘iz yuzasi ko‘p qavatli qalin epiteliydan tashkil 
topgan shilliq parda bilan o‘ralgan va unda juda ko‘p shilliq bezlari – 
glandulae 
palatinae
mavjud. 
Tanglay pardasining halqum yuzasi ham hilpillovchi epiteliydan tashkil 
topgan, shilliq parda bilan o‘ralgan va unda shilliq bezlarining ko‘p sonli 
teshikchalari bo‘ladi. YUmshoq tanglayning shilliq pardasida limfa follikulalari – 
folliculi lymphatic
yoki toq tanglay bodomchasi – 
tonsilla veli palatine impor,
til 
yoyi va til ildizi o‘rtasida, o‘ng va chap tomonda tanglay bodomchasi – 
tonsillae 
palatinae
joylashadi. Og‘iz bo‘shlig‘ining tubi – 
fundus cavi oris
tilning yon 
yuzalari hamda bir tomondan kurak tishlar milki, boshqa tomondan til uchi va 
pastki jag‘ning oraliq qismi o‘rtasida joylashadi. Og‘iz bo‘shlig‘i tubida bir 
qancha katta so‘rg‘ichlar ko‘zga tashlanadi. So‘rg‘ichlar oralig‘ida til osti so‘lak 
bezining kichik teshikchalari ochiladi. Til uchi ustida qattiq til osti yoki och o‘sma 
– 
caruneula sublingualis
chiqib turadi. Unda jag‘ osti va til osti so‘lak bezlarining 
yo‘llari ochiladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda – qattiq tanglayida 16 – 18 
juft g‘ovlar bo‘ladi, o‘ng va chap g‘ovlar birgalikda bitta umumiy yoyni hosil 
qiladi, jag‘ oraliq so‘rg‘ichida burun tanglay kanali teshigi bo‘lmaydi, shilliq osti 
qavati vena qon tomirlariga boy. Cho‘chqada – qattiq tanglay choki egri – bugri; 
20 – 25 ta silliq tanglay g‘ovlari bo‘ladi; 1-nchi va 2-nchi g‘ovlar o‘rtasida 
uchburchak jag‘ oraliq so‘rg‘ichi va unda burun tanglay kanalining teshiklari 
bo‘ladi. Och o‘sma bo‘lmaydi. Itda – qattiq tanglay aboral tomonda kuchli 
kengaygan; shilliq pardasi pigmentlashgan va 9 – 10 juft silliq yoysimon g‘ovlari 


bo‘ladi; yumshoq tanglay til ildizigacha keladi. Og‘iz bo‘shlig‘i tubida ozgina til 
osti o‘smalari mavjud.
Til 
– 
lingua
qalin, harakatchan mushakli organ bo‘lib, oziqani olish, uning 
ta’mini aniqlash, og‘iz bo‘shlig‘ida aralashtirish, oziqa massasini halqumga 
yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. Tilda asosan ildizi, tanasi va uchi farqlanadi.
Tilning ildizi – 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish