N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Milklar 
– 
gingiva 
tishlar ildizini har tomonlama o‘rab turuvchi shilliq 
pardasining burmasidir. Oxirgi tishlar orqasida milk qanotsimon – pastki jag‘ 
burmasi – 
plica pterygomandibularis
ga o‘tadi. Yuqorigi milkda, ya’ni jag‘ oraliq 
suyagining tanasi sohasida tish plastinkasi – 
lamina dentalis
bo‘ladi. U qalin 
biriktiruvchi to‘qima hamda shox moddaga aylangan epiteliydan iborat. Ot, 
cho‘chqa va itlarda tish plastinkasi bo‘lmaydi. 
Tishlar
– 
dentes
jag‘ning tish chuqurchasida joylashib, juda qattiq organ 
hisoblanadi. Agar tishni uzunasiga kesib qaralsa, tishning markazida tish bo‘shlig‘i 
– 
cavum dentis
ko‘rinib turadi. Bu bo‘shliq tish pulpasi – 
pulpa dentis
bilan to‘lib 
turadi. Tish ildizining pastki uchida pulpaga boruvchi tomirlar va nervlar o‘tishi 
uchun kichik teshikchalar bo‘ladi. Tishning asosiy moddasi dentin – 
dentinum
dan 
iborat. Dentin 70 – 80% mineral moddalar hamda 20 – 30% kollagen moddalardan 
tarkib topgan. Dentin karonka sohasida tashqi tomondan emal qavati bilan 
o‘ralgan. 
Emal – 
emanelum
tishning eng qattiq moddasi hisoblanib, 95 – 98% 
anorganik moddalardan tarkib topgan. Tish ildizi sohasida dentin tish sementi – 
cementum 
bilan qoplangan. U tuzilishi jihatidan suyak to‘qimasiga o‘xshash bo‘lib, 
60 – 70% mineral moddalardan iborat. Tishlarga qon tomirlari va nervlar ko‘z osti 
hamda pastki jag‘ arteriya va nervlaridan keladi. 
Tishlar bajaradigan vazifasi, tuzilishi hamda joylashishiga ko‘ra kurak tish
qoziq va oziq tishlarga bo‘linadi. Oziq tishlar o‘z navbatida yana kichik jag‘ tish 
(premolyar) va katta jag‘ tish (molyar) larga bo‘linadi.
Kurak tishlar – 
dentes incisive
– J; qoziq tishlar – 
dentes canini
– C; kichik 
jag‘ tishlar – 
dentes praemolaris
– R; katta jag‘ tishlar – 
dentes molaris
– M 
harflari bilan belgilanadi. 
Tishlar, asosan, sut tish va doimiy bo‘ladi, ya’ni sut kurak tishlar – 
dentes 
incisive decisui
– Jd, sut qoziq tishlar – 
dentes canini decidui
– Cd va sut kichik 
jag‘ tishlar (premolyar) – 
dentes premolars decidui
– Rd farqlanadi. 
Har bir tishda karonka – 
corona dentes,
bo‘yni – 
collum dentis
va ildizi 
– 
radix dentis
mavjud. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Qoramollar pastki jag‘ining har 
bir tarafida 4 tadan 8 ta kurak tishlari bo‘ladi. 4-nchi jufti esa qoziq tishning 
o‘zgargan ko‘rinishi. YUqorigi jag‘da kurak tishlari bo‘lmaydi. Ularning o‘rnida 
shox plastinka bo‘ladi. Doimiy kurak tishlar ozgina qayrilgan kurak shaklida – 
(dentis incisive permanentes)
bo‘ladi. Tish ildizi unchalik chuqur joylashmagan
karonkaning lab yuzasi qavariq, til yuzasi esa botiq; sut kurak tishlar doimiy kurak 
tishlardan kichik o‘lchamliligi bilan farq qiladi. Qoziq tishlar bo‘lmaydi. Oziq 


tishlar 24 ta bo‘lib, chuqurchali tishlar tipiga mansub. Qoramollar tish formulasi 
qo‘yidagicha ko‘rinishga ega.
Sut tishlar:
Doimiy tishlar: 
Jd , Cd , Rd 20.
Jd , C , R
32.
CHo‘chqalarda 28 ta sut tishlari, shundan 12 tasi kurak, 4 tasi qoziq va 12 
tasi oziq tishlar hisoblanadi. Tish formulasi qo‘yidagicha: 
Sut tishlar:
Doimiy tishlar: 
Id , Cd , Rd 28.
Id , C , R
44. 
Sut kurak tishlari tuzilishi jixatidan doimiy kurak tishlarga o‘xshash, 
faqatgina, o‘lchami kichik bo‘ladi. Sut qoziq tishlari yumaloq, to‘g‘ri ustunga 
o‘xshash, yaxshi rivojlanmagan; og‘iz bo‘shlig‘idan tashqariga chiqmaydi.
Otlarning tish formulasi qo‘yidagicha: 
Sut tishlar:
Doimiy tishlar: 
Id , Cd , Rd 28.
Id , C , R
40. 
Doimiy tishlar ponasimon bo‘lib, uzun karonkali tishlar jumlasiga kiradi. 
Biyalarda ko‘pincha qoziq tishlar bo‘lmaydi. Tishlarning kesuvchi yuzasi yoshiga 
qarab turli xil ko‘rinishni egallaydi: 1) ko‘ndalang – oval – yosh toylarda; 2) 
yumaloq – o‘rta yoshdagilarda; 3) uchburchak – qarilarda; 4) uzunchoq – yumaloq 
– juda qarilarda. 
Itlarning tish formulasi qo‘yidagicha: 
Sut tishlar:
Doimiy tishlar: 
Id , Cd , Rd 32.
Id , C , R
42. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish