Til ildizi va til-hiqildoq usti tog‘ayi o‘rtasida til-hiqildoq usti tog‘ayi
burmasi –
plica glossoepiglottidis
va til osti-hiqildoq usti tog‘ayi muskuli –
m.hypoepigloticus
joylashadi.
Tilning asosini til muskuli –
m. lingualis
tashkil qiladi.
U uzunchoq,
ko‘ndalang va perpendikulyar muskul tutamlaridan iborat, til to‘sqichining
markaziy qismida unchalik yaxshi rivojlanmagan til tog‘ayi –
lyssa
bo‘ladi.
Tilning harakati til muskullari hamda til osti muskullari bilan amalga
oshiriladi. Til muskullariga 3 ta: tilning yon muskuli, tilning asosiy muskuli va
iyak osti til muskullari kiradi.
Tilning yon muskuli –
m.styloglossus
stilogloidning
yon yuzasidan
boshlanib, tilning yon yuzasi orqali to uning uchigacha cho‘ziladi, qisqarganda
tilni orqaga tortadi.
Tilning asosiy muskuli –
m.basicoglossus
til osti suyagining tanasi, katta va
kichik shoxi, proksimal hamda o‘rta bo‘g‘inlardan boshlanib, tilning uchigacha
boradi. Qisqarganda tilni orqaga tortadi.
Iyak osti-til muskuli –
m.genioglossus
pastki jag‘ning iyak burchagidan
boshlanib, til tanasi va uchida tugaydi. Qisqarganda tilni oldinga harakatlantiradi.
Til osti suyagi muskullariga qo‘yidagilar kiradi:
Jag‘aro muskul –
m.transversus mandibulae
til ostida jag‘aro bo‘shliqda
yotadi va 2 qism hosil qiladi: kirish (oral) –
m. myloglossus
hamda aboral (chiqish)
–
m.mylohyoideus.
Har ikkalasi ham pastki jag‘ning muskuli qo‘shilgan joyi
yo‘lidan boshlanib, ko‘ndalang yo‘nalish bo‘ylab boradi, tilni qattiq tanglayga
qisadi.
Iyak osti-til osti muskul –
m.geniohyoideus
urchuqsimon iyak osti
burchagidan boshlanib, til osti suyagining tanasida tugaydi. Qisqargan vaqtda tilni
oldinga tortadi.
Bo‘yinturuq-til osti muskuli –
m.jugulohyoideus
bo‘yinturuq o‘simtasidan
boshlanadi va stilogioidda tugaydi. Til osti suyagini hamda tilni orqaga tortadi.
Til osti muskuli –
m.stylohyoideus
stilogioiddan boshlanib,
til osti
suyagining katta shoxigacha boradi.
Til osti ko‘ndalang muskuli –
m.hyoideus transversus
til osti suyagidan
ko‘ndalangiga, kichik shoxchalar o‘rtalig‘ida joylashib, til ildizini yumshoq
tanglayga tomon ko‘taradi.
Til osti suyagi shoxchasi muskuli –
m.keratohyoideus
til
osti suyagining
katta va kichik shoxlariga hamda proksimal bo‘g‘iniga birlashgan. Katta shoxni
oldinga tortadi.
Til osti-qalqonsimon tog‘ay muskuli –
m.hyothyreoideus
til osti suyagining
katta shoxidan qalqonsimon tog‘ayning yon yuzasigacha boradi. Qalqonsimon
tog‘ayni til osti suyagi tomon tortadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Otda – til uzun, ingichka va
harakatchan, til ildizi oxirgi oziq tishlar orqasidagi chuqurchada joylashgan, tilning
ustki yuzasida 2 ta katta g‘ovsimon so‘rg‘ich, til ildizi yonlarida 2
ta bargsimon
so‘rg‘ichlar yotadi, orqa tomonida 2 ta tanglay bodomchasi bo‘ladi, til tanasi
ildizidan 2 marta uzun. Cho‘chqada – tili nisbatan qisqa, uchi uzun, tilning ipsimon
so‘rg‘ichlari yumshoq va nafis bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: