yuzasi –
facies parietalis
va ichki organlar bilan chegaralanuvchi tomoni esa
visseral yuzasi –
facies visceralis
deyiladi.
Bundan
tashqari, kardia –
ostium cardiacum,
ya’ni qizilo‘ngachni
oshqozonga kirgan joyi, pilorus –
ostium pyloricum
ya’ni oshqozondan 12 barmoq
ichakka chiqadigan teshik va kengaygan qismi yoki oshqozon tubi -
fundus
ventriculi
farq qilinadi.
Oshqozon 3 qismga: chap – kardia bilan chegaralanuvchi – kardial qismi
–
pars cardiaca,
o‘ng –pilorus qismi –
pars pylorica
va kardial hamda pilorik
qismlari oralig‘ida fundal qism –
pars fundalis
ga bo‘linadi.
Kichik botiq joyidan oshqozon ichiga kardial
va pilorik qismlarning
chegarasi hisoblanuvchi chuqur burchak burmasi –
plica angularis
o‘tadi. Otlar
oshqozonining kardial qismi yaxshi taraqqiy etgan va ko‘r xalta
– saccus caeccus
ventriculi
si bo‘ladi. Oshqozonning pilorik qismida 2 ta jiyak bilan pilorik bo‘shliq
–
antrum pyloricum
ajraladi.
Oshqozon devori shilliq, muskul va zardob pardalardan tashkil topgan.
Shilliq parda (ichki qavat) –
tunica mucosa
ko‘r xalta sohasida burmali
burchak –
margo plicatus
hosil qilib, u oshqozonning bezsiz va bezli qismlarini
chegarasi hisoblanadi. Bezsiz qismda shilliq parda oq rangli, mustahkam va dag‘al,
ko‘p qavatli yassi epiteliydan tarkib topgan. Bezli
qismda esa bu parda nafis,
qizg‘ish rangli silindrsimon epiteliy bilan qoplangan, limfa follikulalari mavjud;
shilliq pardaning yuzasi notekis, kichik oshqozon chuqurchalari –
foveolae
gastricae
bo‘lib, ularga oshqozon bezlari ochiladi. Oshqozon bezlari qaysi zonada
joylashuviga qarab: kardial, pilorik va fundal bezlar bo‘lishi mumkin. Bu bezlar
oshqozon shirasini ajratadi.
Muskul pardasi –
tunica muscularis
silliq muskul to‘qimasidan
tuzilgan
bo‘lib, uch qavatdan iborat: uzunchoq qavat –
stratum longitudinale
katta qavariq,
kichik botiq va pilorik xaltada yotadi; aylana qavat –
stratum circulare
pilorik
qismda yaxshi taraqqiy etgan, kardial qismida esa bo‘lmaydi, pilorik xaltaning
burmasida 2 ta sfinkter –
m. sphincter pylori
hosil qiladi; qiyshiq qavat –
stratum
obliguum
faqatgina kardial bo‘limda bo‘lib, tashqi qiyshiq tutamchalar –
fibrae
obliguae externi
va ichki qiyshiq tutamchalar –
fibrae obliguae interni
ga
bo‘linadi. Ular mustahkam kardial sfinkter –
m. sphincter cardiae
ni hosil qiladi.
Zardob parda –
tunica serosa
oshqozon devorining tashqi qavati hisoblanadi.
U bir organdan ikkinchisiga o‘tishda erkin yotuvchi burmalar hosil qilib, ular pay
sifatida xizmat qiladi. Oshqozon sohasida va unga tegib turuvchi organlarda zardob
parda quyidagi paylarni: oshqozon-diafragma payi –
lig. gastrodiaphragmaticum
,
oshqozon-jigar payi –
lig. gastrohepaticum
va oshqozon-o‘n
ikki barmoq ichak
payi –
lig. gastroduodenale
hosil qiladi. Zardob parda burmalaridan hosil bo‘lgan
bu paylar birgalikda kichik charvi –
omentum minus
deb yuritiladi. Zardob parda
varaqlari oshqozonning yon yuzalarini qoplab, katta qavariq joyga keladi. Shu
erdan shilliq pardaning bir qismi taloq darvozasi tomon yo‘naladi va oshqozon-
taloq payi –
lig. gastrolienale
ni, boshqa qismi esa ichaklar tomonga o‘tib, katta
charvi –
omentum majus
ni hosil qiladi.
Otlarning
oshqozoni asosan, chap qovurg‘alar ostida, faqatgina pilorusning
kichik qismi o‘ng qovurg‘alar ostida joylashadi. U 14 – 15-nchi qovurg‘alar
oralig‘ida, pastdan esa 9 – 14-nchi qovurg‘alar to‘g‘risida, elka bo‘g‘imi liniyasida
qorin devoriga tegib turadi.
Cho‘chqalarda – oshqozon bir kamerali, qizilo‘ngach-ichak (aralash) tipida
bo‘lib, uning kardial qismida oshqozon divertikulasi –
diverticulum ventriculi
mavjud; burchak burmasi yaxshi ko‘ringan. Shilliq pardasi oshqozonga kiradigan
joyda bezsiz, ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan.
Bezsiz uchastkaning
chegarasi yaxshi ko‘rinadi. Shilliq pardaning qolgan hamma qismi silindrsimon
bezli epiteliy bilan qoplangan va uchala zona bezlari ham bo‘ladi. Muskul pardasi
uzunchoq, aylana va qiyshiq qavatlarini hosil qiladi. Aylana qavati pilorik va
fundal qismlaridan tarqalgan bo‘lib, katta qavariq tomondan pilorus ichiga olib
boruvchi valik –
trochlea
va kichik botiq tomondan oshqozon ichiga chiquvchi
zamburug‘simon do‘nglik –
torus pyloricus
hosil qiladi; qiyshiq qavati – ichki va
tashqi qiyshiq tutamlari orqali kardial qismga kirish joyida sfinkter hosil qiladi.
Zardob pardasi xuddi otlardagidek tuzilishga ega. Oshqozonning kardial qismi
chap qovurg‘alar ostida, pilorik qismi esa o‘ng qovurg‘alar ostida joylashadi. Katta
qavariq joyi oshqozon to‘lgan paytda qorin
devorining ventral yuzasiga
qalqonsimon tog‘ay tomon tegib turadi. Diafragma tomonida u jigarga tegib turadi.
Katta charvisi kuchli rivojlangan va pastdan hamma ichaklarni qoplaydi.
Itlarda – oshqozon hajmdor, bir kamerali, ichak tipida, bezli. SHilliq pardasi
silindrsimon epiteliy bilan qoplangan, kardial, fundal va pilorik bezlari mavjud.
Burchak burmalari yaxshi ko‘ringan. Tashqi qiyshiq tutamchalar aylana qavatni,
ichki qiyshiq tutamchalari esa oshqozonga kirish joyini qoplaydi. Zardob
pardalarning tuzilishi va oshqozonni joylashuvi cho‘chqalarniki singaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: