Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Otda – to‘g‘ri ichakning
ampulasimon kengaygan joyi bo‘ladi; shilliq pardasi faqatgina ichakning oldingi
qismida mavjud, 4-5-nchi dumg‘aza umurtqalari to‘g‘risida esa ichak tashqi
tomondan qalin biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan. To‘g‘ri ichak va dum
muskuli yaxshi taraqqiylashgan.
Cho‘chqada – to‘g‘ri ichak orqa
chiqaruv teshigida tugaydi; odatda u yog‘
to‘qimasi bilan o‘ralgan; to‘g‘ri ichak ampulasi bo‘ladi; peyerov toshmalari kuchli
rivojlangan; limfa tugunlari ko‘p.
Itda – to‘g‘ri ichak ampulasimon kengaygan joy hosil qiladi. Orqa chiqaruv
teshigidan yonroqda uncha katta bo‘lmagan bezli xaltachalar – paraanal sinus
bo‘lib, ular orqa chiqaruv teshigini ko‘tarib turuvchi muskul va uning sfinkteri
o‘rtasida joylashadi. Paraanal bez ishlab chiqargan sekret itga o‘ziga xos hid berib
turadi. Orqa chiqaruv teshigi –
anus
to‘g‘ri ichakning orqa uchidan hosil bo‘ladi.
Uning shilliq pardasi ko‘p qavatli yassiy epiteliydan tarkib topgan. Muskulli
pardasi sfinkter hosil qiladi. U chuqurroqda silliq muskul to‘qimasidan tuzilgan
bo‘lib, orqa chiqaruv teshigining ichki sfinkteri –
spincter ani internus
ni, yuzada
esa ko‘ndalang targ‘il muskul to‘qimasidan tuzilgan bo‘lib,
orqa chiqaruv
teshigining tashqi sfinkteri –
spincter ani externus
ni hosil qiladi. Orqa chiqaruv
teshigi tashqi tomondan teri bilan qoplangan. U birinchi dum umurtqasiga va tosga
to‘g‘ri ichak va dum muskuli, orqa chiqaruv teshigini ko‘tarib turuvchi muskul,
shuningdek, uni osiltirib turuvchi pay yordamida birikadi.
To‘g‘ri ichak va dum muskuli –
m. rectococcedeus
to‘g‘ri
ichak va orqa
chiqaruv teshigining pastki hamda yon devorlari bo‘ylab birinchi dum umurtqasiga
boradi. Bu muskul hayvon axlat ajratadigan paytda orqa chiqaruv teshigini orqaga
tortadi. Orqa chiqaruv teshigini ko‘taruvchi muskul –
m. levator ani
quymich o‘qi
hamda tos payidan boshlanib, orqa chiqaruv teshigining devorida tugaydi. Ta’siri:
hayvon axlat ajratgandan so‘ng, orqa chiqaruv teshigini oldinga tortadi.
Orqa chiqaruv teshigini osiltirib turuvchi payi –
ligamentum suspensorium
ani
bir uchi 2-nchi dum umurtqasiga birikadi, ikkinchi uchi esa orqa chiqaruv
teshigini o‘rab oladi. Ta’siri: orqa chiqaruv teshigini ushlab turishda qatnashadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Otda – orqa chiqaruv teshigining
terisi yog‘ va ter bezlariga boy; teri anal va anarektal hoshiya yaxshi ko‘rinib
turadi; shilliq osti qalin biriktiruvchi to‘qimasi,
osiltirib turuvchi payi, ichki va
tashqi sfinkteri yaxshi taraqqiy etgan.
Cho‘chqada – orqa chiqaruv teshigi xuddi qoramol va qo‘yniki singari
tuzilishga ega.