Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

6.3.
 
Marketing strategiyalarini bozordagi real sharoit bilan 
taqqoslash tahlili 
 
Talab bilan bog‘liq tashqi marketing strategiyasida bozordagi vaziyat 
talab tavsifini yoki kompaniyaning ular bilan mos holda o‘zgar- tirishga 
yo‘naltirilgan strategiyalar qabul qilishini talab etadi. 
Agar bozorda salbiy talab mavjud bo‘lsa (bozor firma taklifini rad 
etadi), konversion marketing strategiyasi talab etiladi. Strategiyalarning 
maqsadi – tovarlarni olib kirish va sotish, ushbu kompaniyaning tovari salbiy 
qabul qilinganda uni ijobiyga aylantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdan 
iborat. 
Tovar qiymatga ega emas, deb qabul qilinsa yoki bozor yangilik- ning 
paydo bo‘lishiga umuman tayyor bo‘lmasa, stimullovchi 
(rag‘bat- 
lantiruvchi) marketing talab qilinadi. 
Potensial talab vaziyatida, ya’ni marketing tadqiqotlari jarayonidabu 
vaziyat aniqlansa, bozorda hali paydo bo‘lmagan yana bir tovar uchun 
talabni shakllantirish kerak. Kompaniya rivojlanayotgan marketing 
strategiyasini tanlaydi va talabni shakllantirish va uni potensialdan realga 
aylantirish uchun marketingning mos keluvchi kompleksini ishlab chiqadi. 
Bunday strategiya, masalan, mobil aloqaga talabni shakllantirish uchun 
foydalanilgan. 
Agar talabning tushib ketayotgani kuzatilsa, talabning tushish sababiga 
bog‘liq bo‘lgan remarketing strategiyasidan foydalaniladi. Shu bois, amaliy 
harakat diapazoni tovar, narx, savdo yoki kommunikatsion siyosatga, yangi 
bozorlarni o‘zlashtirish yo‘li bilan tovarning hayot sikli uzaytirilgunga qadar 
harakatlarga o‘zgartirishlar kiritish bilan variatsiya- lanishi (variantlarga 
ajratilishi) mumkin. 
O‘zgaruvchan (doimiy bo‘lmagan, mavsumiy) talab sinxromar- keting 
strategiyasi vositasi bilan tenglashtiriladi. Sinxromarketingning vazifasi – 
talabning holatini ishlab chiqarish imkoniyatlari va mahsulot chiqarish 
ritmiga (xizmatlar taklifi) mos holga keltirish. Masalan, muzqaymoqni 
qahvaxonalarga tarqatish yil davomida unga talab bo‘lishini ta’minlaydi. 
Ayrim xizmatlarga talabni tenglashtirishda iste’molchilarning qulay 
tanlangan motivatsiya usullari katta rol o‘ynashi mumkin. Agar talab 
xaridorning odatlari va an’analari bilan bog‘liq bo‘lsa, uning xarakterini 
o‘zgartirish ancha qiyin. 
Agar talab taklifdan birmuncha yuqori bo‘lsa (haddan ortiq talab), ya’ni 
u kompaniya ishlab chiqarish imkoniyatlariga ko‘ra qondirila olmaydi yoki 


123 
tovarning 
bir 
xilligini 
saqlab 
qolish 
xohlanganda 
savdo- 
ning 
rag‘batlantirilishini to‘xtatilishini, narx oshmasligi, reklamalarning qayta 
ko‘rib chiqilishini ko‘zda tutuvchi demarketing strategiyasi talab qilinadi. 
Agar talabning holati kompaniyani to‘liq qondirsa, o‘zi uchun optimal 
darajada bo‘ladi, bunda saqlab turuvchi marketing kerak bo‘ladi. Bu 
strategiya talabning ushbu darajasini mikro va makromuhit o‘zgarishlariga 
javoban ham saqlab turuvchi choralarni o‘z vaqtida qo‘llashni ko‘zda 
tutuvchi strategiyadir (talablarning o‘zgarishida, yangi raqobatchilar paydo 
bo‘lishida). 
Qarshi (teskari) harakat qiluvchi marketing strategiyasi irratsional 
(butun son bilan ham, kasr son bilan ham hisoblab bo‘lmaydigan)talabning 
pasayishiga yoki unga qarshi harakatlanishiga yo‘naltirilgan(masalan, 
sigaretga, spirtli ichimliklarga talab). Bu holatda firmaning 
kommunikatsion faoliyati sog‘lik uchun zararli yoki jamiyat uchun 
muvaffaqiyatli (oilalar) tovarlarni ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Shuning-dek, 
mahsulotni inson organizmiga salbiy ta’sir etishini pasaytirishmaqsadida 
ishlab chiqarishni modernizatsiyasi ham o‘tkazilishi mumkin.Shunday qilib, 
firmaning tovar va bozor o‘rtasidagi balansini saqlab qolish 
zarurati 
aniq marketing maqsadlarini ilgari suradi va mos keluvchi marketing 
strategiyalarini talab qiladi. 
Marketing strategiyalari, aytib o‘tilganidek, ma’lum omillar ta’sirida 
shakllanadi. Eng avvalo, marketing strategiyasini tanlash rahbarlarning 
tashkilotning ichki muhiti haqida ham, tashqi muhiti haqida ham chuqur 
tasavvurga ega bo‘lishini talab qiladi. Bunda ichki muhit tashkilotning kuchli 
va kuchsiz tomonlarini ochish uchun, tashqi muhitni esa tashkilot o‘z 
marketing maqsadlari va strategiyalarini aniqlashda hisobga olishi kerak 
bo‘lgan imkoniyatlar va xavflarni oldini olish uchun o‘rganiladi. 


124 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish