mutaxassislik talabalari uchun Logopediya fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari – topshiriq



Download 25,01 Kb.
bet1/5
Sana03.02.2022
Hajmi25,01 Kb.
#427285
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Logopediya MZ 1


2-mutaxassislik talabalari uchun Logopediya fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari


1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.



  1. Rinolaliyani bartaraf etishda operatsiyagacha va operatsiyadan keying davr

Ochiq rinolalivada yaqin vaqtlargacha operatsiya davrigacha bo'ladigan logopedik ta'sir deyarli qo'llanmas, undan foydalanish haqida esa juda ehtiyotkorlik bilan m ulohaza yuritilar edi. Operatsiya davrida anatomik nuqson qisman yoki to'liq bartaraf qilinadi, ammo nutq uchun kerakli samara aksariyat hollarda yuz bermaydi. Uranoplastika operatsiyasining nisbatan kech o'tkazilishi, uning nutq taraqqiyotiga ta’sirining yetarli darajada bo'lmasligi, operal&iyadan so'ng bo‘ladigan logopedik ta’sir muddatining cho‘zilishi va yana bir qator sabablar operatsiyadan keyin boMadigan logopedik ta ’sir m uddatlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi ham da logopedik ishlarmng operatsiyagacha bo'lgan davrda amalga oshiriladigan qulay, samarali usullami izlashga d a ’vat qildi. Rinolaliyadagi nutq nuqsonini nafaqat tanglay yoriqligini mavjudligi bilan, og‘iz bo‘shlig‘ida tilning noto‘g‘ri rinolaliya holati va butun artikulatsion apparat muskullari harakati munosabati buzilishi bilan izohlanishidan kelib chiqadigan bo'lsak, shu narsani taxmin qiiish mumkinki, keyingi ikki nuqson (og‘iz b o ‘shlig‘ida tilning noto‘g ‘ri holati va artikulatsion apparat muskullari orasidagi o 'z a r o munosabatning buzilishi) kompensatsiyasi operatsiyagacha am alga oshirilishi mumkin. Bu esa, o'z navbatida, nutqning yaxshilanishi uchun zamin yaratadi. Shunday qilib, operatsiyagacha bo’lgan davrda ham to‘g‘ri nutqning shakllanishiga asos yaratish mum kin. Operatsiyagacha bo‘lgan davrda logopedik ta’sir tadbirlari psixologik o‘ziga xoslikka ega bo’lgan bemorlarda anatom ik nuqson mavjud bo'lgan sharoitlarda am alga oshiriladi. Shuning uchun ham logopedik ishlarda to ‘g ‘rinolaliya to 'g 'r i nutqni shakllantirish va shaxs rivojlanishining korreksiyasi inobatga olinadi. Rinolalikda to'g'ri nutqni shakllantirish

  1. Tayyorlov d av ri Ushbu davrdagi mashg'ulotlarning asosiy maqsadi artikulatsiyani o ‘zlashtirish bilan parallel ravishda to‘g‘ri nutqiy nafas olishni shakllantirishdan iborat. Ushbu davrni shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin: a) burun va og‘izdan nafas olish hamda chiqarish differensiyasida nutqiy nafas olishni shakllantirish; bj unli tovushlar artikulatsiyasi (ovozni qo'shm asdan turib) va frikativ jarangsiz undosh tovushlar artikulatsiyasini realizatsiya qilishda uzoq muddatli og‘izdan nafas olishni shakllantirish. 1-bosqichda nutqiy nafas olishni shakllantirish ishlari olib boriladi. Tayyorlov davrida ushbu ishlar faqatgina og’izdan uzoq nafas olishni shakllantirish bilan chegaralanadi. Diafragma! nafas olish to ‘g‘ri nutqning shakllanishi uchun m a h su ld o r hisoblanadi. 1-bosqich - ta ’limning dastlabki davrida logoped kaftini bola belining o ‘ng yonboshi tepasiga q o ‘ygan holda fiziologik nafas olishning turini aniqlab olishi lozim. Agar bolaning nafas olishi qovurg‘adan pastda b o ‘lsa, logoped o ‘zining nafas olishini bolaning nafas olish ritmíga moslashtiradi. Buning uchun bolaning kaftini o'zining yonboshiga qo'ygan holda o'qituvchi o ‘zining kafti bilan uning nafas olishini tekshiradi. Bola nafas olayotganida logoped qovurg'alarning harakatini his qilgan holda va unga taqlid qilgan holda qovurg'a ostidan nafas olishga o'tadi. Og‘iz yopiq turgan holda to'g'ri erkin nafas olish yo'lga q o ‘yilishi bilan og‘ízdan va burundan nafas olish differensiyasiga o'tish mumkin. 0 ‘quvchiga shu narsa tushuntirilishi lozim ki, nafas olish, chiqarish va ularning qo'shilishining har xil turlari mavjud: og‘iz yopiq bo'lganda nafas olish va chiqarish burun orqali amalga oshiriladi; og‘iz ochiq bo'lganda esa nafas olish va chiqarishning h ar xil ko‘rinishlari amalga oshiriladi. Bolaga shu narsalar tushuntirilgandan keyin aniq nafas olish mashqlarini bajarish taklifqilinadi. Ulami bajarishdagi izchillik bolaning daftaridagi 1-jadvalda qayd qilinadi.

2-bosqich. Oralpraksisni rivojlantirish. Diafragmal nafas olishni rivojlantirish b o ‘yicha qilinadigan ishlar bilan parallel ravishda unli va undosh tovushlar artikulemasiga oid artikulatsion apparat gimnastikasi o ‘tkaziladi. N utqning aniqligi ko‘p jihatdan unli tovushlarning to ‘g kri talaffuziga bog'liq. Shuning uchun unli tovushlami talaffuz qilish vaqtida artikulatsion organlar holati diqqat bilan kuzatib boriladi. Bu o‘rinda ham asosiy e 'tibor til uchining holatiga qaratiladi. U ni dastlabki davrlarda b arch a unli tovushlar artikulemasini tayyorlashda pastda ushlab turish lozim. Bu usul og‘iz b o ‘shlig‘ining hajmini kattalashtirishga yordam b c rad i, h a m d a h a v o q a tla m in in g o g ‘iz b o ‘s h l i g ’i orq ali o ‘tis h i u c h u n imkoniyatlarni ta ’minlaydi. Muskullar, paylar o'rtasidagi o ‘zaro bog'liqlik sababli unlilar artikulatsiyasida lablar holatining o ‘zgarishi tabiiy y o l bilan har bir alohida tovush uchun tilni t o ‘g ‘ri holatga olib keladi. Gimnastika unli tovushlar artikulatsiyasini o'rganishdan boshlanadi. Bu artikulatsiya xarakteridagi mashqlar l-jadvalga kiritiladi. Tayyorgarlik bosqichidn asosiy vazifa og'izdan nafas olishni shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham barcha artikulatsion mashqlar ovozni jalb qilmasdan am alga oshiriladi. Bola hali o 'zi bajarayotgan mashqlar unli tovushlar artikulemalari hisoblanishini bilmaydi. Bu vaqtda logopedga artikulem alar ukladini aniqlashtirish va yaxshilash imkoniyatini beradi. Shakllanayotgan artikulatsiyalami rinolalik bola sinestetik tarzda eslab qoladi. Bu holatda artikulema va uning rasmi o ‘rtasidagi shartli refleto r munosabatlari o ‘matiladi va u rasmga tayangan holda tovushni shivirlab erkin talaffuz qila boshlaydi. Logopedning tushuntirishi bolani talaffuz organlarining aniq holati bilan, havo qatlam ining og‘iz orqali yo‘naltirilishi bilan shakllantirib boriladi. Artikulemaning shakllanishida mashqlarni ortiqcha zo‘riqishlarsiz bajarishga e ’tiborqaratish hamda yuz va m im ik muskullar sinkneziyasining paydo bo‘Iishiga yo‘l q o ‘ymaslik lozim. Artikulatsion gimnastika tamoyili q o ‘shim cha artikulatsion m a s h q la r (bevosita nutq tovushlari, artikulemani yuzaga keltirmaydigan) dan foydalanishga imkon beradi. Masalan, bolada rinolaliya va dizartriya q o ‘shilganda til yuqoriga ko‘tarilganda u chap tarafga ketadi. Bu tilning o ‘ng tomonidagi paylar chap tarafdagiga nisbatan kuchsizroq ekanligidan darak beradi. Bu o'rinda tilning o ‘ng tarafidagi paylar kuchini rivojlantirish va mustahkamlashga oid tegishli mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Buning uchun bolaga tilni tishlarning chap tomondagi pastki va yuqori qismiga tekkizish, til bilan chap lunjni siypalash taklif qilinadi. Bu esa tilning o 'n g tomonidagi paylarga ko‘proq vazifa yuklaydi. Tilning chap tomonidagi paylar zaifligida ko‘rsatilgan barcha mashqlar tilning chap tom oniga ko‘proq vazifa yuklashni hisobga oigan holda bajariladi. Qaramaqarshilikni bartaraf qiluvchi mashqlar samarali hisoblanadi. Masalan, tilning o ‘ng tom oni nisbatan zaif bo‘lganda boladan tilni chiqarish va chap tarafga yo‘naltirish so‘raladi. Bunga logoped tilning o‘ng tarafi paylariga ko‘proq vazifa yuklash uchun shpatel bilan tilni bosgan holda qarshilik ko‘rsatadi. Artikulatsiya paytida til, lablar va yuz muskullarini, paylarning erkin harakatini yaxshilash uchun bolaga qayerda va qaysi muskulni nisbatan zo‘riqtirish haqida so'zlab berish maqsadga muvoflq. Bola bu jarayonda ishtirok etayotgan organlar harakalini his qilishi, Shuningdek, bu holatni kinestetik tarzda va oynadan foydalangan holda eslab qolishi lozim. Bu holatni bola vana ham aniqroq his qilishi uchun bolaga mexanik tarzda yordam berish mum kin. Masalan, tilni sterillangan doka salfetka bilan ushlagan holda kerakli til ukladi amalga oshiriladi. Artikulatsion praksisni shakllantirishda artikulatsiya organlari paylari o ’rtasidagi o ‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish lozim b o ‘ladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya qilinadi. Masalan, m a’lumki, k o ‘rinishdagi artikulatsiya ukladini shakllantirish uchun tilni og'izning chuqurroq tom oniga harakatlantirish kerak. Buning uchun og'iz burchaklari mexanik usul bilan oldinga harakatlantiriladi. Aksincha, og‘iz burchaklari chekkaga harakat qilinganda til oldinga harakatlantiriladi. K o ‘rsatilgan usullarni ko’rish nazorati yordam ida amalga oshirish lozim (oyna oldida mashq qilish nazarda tutilmoqda). Bu esa o ‘z navbatida bolaga u yoki bu paylar guruhining harakatini va shunga tegishli paylar zo‘riqishini va ularni o'zaro differensiatsiya qilishni his qilishga va anglashga yordani beradi. Shunday qilib, logopedik ishlarning tavsiya qilinayotgan tizimida artikulatsiya oisanlarining maxsus gimnastikasidan foydalaniladi (faqatgina nutq tovushlari uchun zarur bo‘ladigan harakatlar mashq qilinadi); shu bilan bir vaqtda artikulatsion praksisni rivojlantirishga yordam beradigan q o'shim cha mashqlar ham k o ‘zda tutiladi.

  1. Uranoplastikadan keyin logopedik m ashg‘ulotlarga jalb qilinadigan rinolaliklar o ‘z tarkibi b o 'y ich a b ir xil em a s. Bu lo g o p e d b ila n mashg'ulotlardagi operatsiyagacha boMgan tayyorgarlikning sifatiga va operatsiya natijalariga bog'liqdir. Operatsiyalar natijasi har xil bo'lishi m um kin. Uranoplastika yaxshi natija bergan holatlarda yumshoq tanglay to ‘liq shakllanadi, ya’ni u yetarli darajada uzun va harakatchan boladi, ko'tarilganda halqumning orqa devori bilan o ‘zaro tutashadi (Passavan valigi bilan). Aksariyat hollarda esa yumshoq tanglay uranoplastikadan keyin ham qisqaligicha qoladi, halqumning orqa devori bilan uning tutashi yuz bermaydi. Buning oqibatida tanglay-halqum tortmasi yuzaga kelmaydi. Ayrim hollarda esa ■operatsiyadan keyin tanglayda chandiq (tanglayning yetarli o ‘sm agan ’joylari) q o lad i, tak ro riy operatsiya q ilish za ru ra ti y u zaga k e la d i. Mashg‘ulotlarga quyidagi bemorlar qatnashishlari mumkin: a) operatsiyagacha boMgan davrdagi logopedik tayyorgarlikdan o ‘tmaganlar; b) qisman tayyorgarlikdan o ‘tgan va o ‘z nutqini yaxshilagan; d) tavsiya qilingan metodika b o ‘yicha operatsiyagacha b o ‘lgan logopedik tayyorgarlikning to ‘liq kursini o ‘tagan bolalar; Operatsiyagacha bo'Igan davrda bo&hqa metodika bo'yicha logopedik yordam olganlar. Uranoplastikadan keyin logopedik mashg‘ulotlarda ishtirok etish vaqti ham har xildir. Har bir aniq holatda ushbu barcha om illam i hisobga olish uranoplastikadan keyin bo'Iadigan logopedik ishlarning aniq yo‘llarini izlash imkonini beradi. Logopedik ishlarning imkoniyatlari takroriy operatsiyasiz qisman mavjud bo'Igan nuqsonlami bartaraf qilishga va bola nutqini to ‘g‘ri!ashga yordam beradi. Xiruigik tadbirlaresa bola to ‘g ‘ri nutqqa ega bo'lishiga zamin yaratadi. Logoped bolaning anatom ik jihatdan yangi bo‘lgan sharoitlarda nutqdan foydalanishni o ‘rganishga yordam berishi kerak. Barcha bemorlar uchun (operatsiyagacha bo'Igan tayyorgarlikni o 'tg a n va o ‘tmagan) uranoplastikadan keyingi logopedik mashg'ulotlar o'tkazilishi zarur. Bu shu bilan izohlanadiki, tanglayning pay to'qim alari anatomiyasi operatsiyadan keyin o'zgaradi. U esa operatsiyagacha bo'Igan davrda to'liq normallashgan holda ham nutqning sifatiga ta ’sir qilishi mumkin. Agar operatsiyagacha bo'Igan davrdagi mashg'ulotlar tegishli metodika asosida o'tkazilgan bo'lsa, bola operatsiyadan keyin to ‘g‘ri gapirishning to'liq imkoniyatiga ega bo'ladi. Ayrim holatlarda esa bola yangicha sharoitda norma! darajadagi nutqni egallashi uchun 5—6 mashg'ulot ham kifoya qiladi. Buning uchun esa diagfragmal nafas olish va og'izdan nafas chiqarish ustidan doimiy nazorat o'rnatilgan holda barcha unli va undosh tovushlamingartikulatsiyasi takrorlandi, maishiy-kundalik nutqda to'g'ri talaffuz qilish m alakalari m ustahkamlandi. Dastlab nutq tempi sekinlashadi, m untazam ravishda u normallashib boradi va bemorning diqqat-e’tibori nutqning ifodali bo'lishiga yo'naltiriladi. Bola nutqini doimiy ravishda nazorat qilish dastlab logoped tomonidan amalga oshiriladi, keyinchalik esa bu ishni ota-onalar, shuningdek, bolalar bilan maktabda va uyda birga bo'Igan shaxslarbajarishadi. Logoped bolaga vaqti-vaqti bilan maslahat berib boradi. Ushbu borada ota-onalar imkoniyatlarini kuzatib borish va ularni ishga yo'naltirish juda zarurdir. Dastlab ular logoped tomonidan ishlab chiqilgan va bola yodlagan materialni nazorat qilib borishlari lozim. Keyinchalik esa ular bolaning kundalik nutqini nazorat qilishga jalb etiladi. Birmuncha muddat keyinroq esa bola bilan suhbatlashish yoki biror-bir matn gapirib berish uchun maxsus vaqt ajratiladi. Shu tarzda muntazam ravishda ota-onalar bola nutqini sistematik tarzda nazorat qilib borishga o'tishadi. Ushbu nazorat o'qituvchilar tomonidan maktabda ham amalga oshirilishi lozim. Ammo, yuqorida aytib o'tilganidek, operatsiya har doim ham nutqning sifatiga ijobiy ta ’sir qilavermaydi. Agar bola operatsiyagacha logoped bilan shug‘ullangan b o ‘lsa-yu, a m m o nutq ravonligiga e rish ilm ag an b o ‘lsa, sh u n in g d e k , operatsiyadan keyin undagi burun ottenkasi y o ‘qo!magan b o ‘lsa, b a rc h a logopedik ishlami operatsiyagacha b o ‘lgan ishlarsxem asi asosida qaytadan boshlashga to ‘g ‘ri keladi. Bola nutqida b u ru n ottenkasi mavjud b o lg a n d a tayanch sifatida bironta ham tovushdan foydalanmaslik lozim. Ushbu qoidaga am al qilmasiik logopedik t a ’sir qilish faqatgina to v u s h la r artikulatsiyasi sifatiga foyda berishga, a m m o u lam in g ak u stik xarakteristikasi defektli bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin. Uranoplastikadan keyin boladigan logopedik mashg‘ulotlarda eshitish nazoratini rivojlantirish va fonematik tarzda qabul qilishga, idrok qilishga katta e ’tibor qaratiladi. O peratsiyagacha bo‘lgan davrda lo g o p e d bilan tegishli m e to d ik a asosida sh u g ‘ullangan o ‘quvchilar u c h u n savodxonlikni o ‘rgatishga tayyorlash b o ‘yicha maxsus mashg‘u lo tla m i kiritish m um kin. Bu esa uzoq m uddat davomida to ‘g‘ri nutq m alakalarini avtomatlashtirish va kelgusida yozuvda xatolikning oldini olish imkonini beradi. Operatsiyadan keyin bo‘ladigan ishlarda nutqda mimik p ay lam in g ishtirok etishiga, nutq jarayonida ortiqcha zo‘riqishning oldini olishga va sinkneziyalarpaydo bolishining oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Shunday qilib, operatsiyagacha b o ‘lgan davrda tegishli m etodika asosida logoped bilan shug‘ullangan shaxslar operatsiyadan keyin o ‘zlarining n u tq iy malakalarini n isb a ta n k e n g ro q n utq m a te ria lid a takomillashtiradi. Ular muntazam ravishda barcha vaziyatlarda t o ‘g ‘ri talaffuzga o ‘tib borishadi. O peratsiyagacha bo‘lgan davrda boshqa m etodikalar asosida shug‘ullangan yoki um um an logopedik y o rd a m olm agan rinolaliklar logoped tomonidan sinchiklab tekshirilishi lozim. T a ’sir qilish usulini tanlash jarayonida u lam in g imkoniyatlari va n u tq i defektining o ‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi. Operatsiyadan keyingi logopedik m ash g ‘ulotlarga qatnasha boshlagan rinolalikning nutqida burun ottenkasi, yuz va mimik paylarda taranglik, z o ‘riqish b o ‘lmasa, am m o bir qator tovushlar mavjud b o lm a s a , u b ilan dislalik bilan shug‘ullangan singari ishlash m um kin. Bu o ‘rin d a yetishmayotgan tovushlarni yuzaga keltirish usullari nazarda tutiladi. Uranoplastikdan keyin nutqda oz m ikdorda b o ‘lsa-da, burun ottenkasi bor bo‘lgan shaxslar bilan bo'ladigan m ashg‘ulotlarda oldingi va biz b ay o n qilgan metodika asosida ishlarni amalga oshirib borish lozim. Bu tizim nisbatan qisqa vaqt ichida nazallikni bartaraf qilishga y o rd a m beradi va m imik ham da yuz paylari artikulatsiyasidagi noto‘g ‘ri ishtirokini butunlay bartaraf etadi. Dastlabki logopedik yordam ni olayotgan b o la la r bilan b o ‘ladigan m ashg‘ulotlarda b o la la rd a n u tq q a nisbatan esh itish e ’tib o rin i rivojlantirish, talaffuz q ilin a y o tg a n to v u s h la rd a n h o s il qilinayotgan kinestetik va taktil his-tuyg‘ularni mustahkamlash zarur. Bu o ‘rinda nutqning eski steroetipi muntazam ravishda yangisi bilan almashinib boradi. M ashg‘ulot!arda o ‘zlashtiradigan to ‘g‘r¡ nutq malakalarini avtomatlashtirish har bir rinolalik o ‘quvchida har xilda kechadi. Bola nutqi m u lo q o t dav o m id a y o ‘l q o ‘yadigan x atolar shu bilan izohlanishi mum kinki, u logopedik m ashg‘ulotlarda o ‘zlashtirgan ko'nikmalaridan barvaqt foydalana boshlaydi. Bu o ‘rinda o ‘zlashtirilgan ko‘nikmalarning mustahkamligi va ulaming avtomatizatsiyalashuvi buziladi. Logoped ayrim hollarda rinolalik bolalar nutqi ustidan bo‘ladigan nazoratni ota-onalarga vaqtli ishonib topshiradi. Bolalar nutqidagi buzilishni qayd qilgan holda ota-onalar uni t o ‘g ‘rilash y o lin i, usullarini bilishmaydi. Buning natijasida esa nizoli vaziyat yuzaga keladi. Ayrim holatlarda esa bolaning o ‘zi nutqini n o to ‘g ‘ri nazorat qiladi, y a’ni o ‘zining ustidan nazorat qilishi zaruratini his qilmaydi. Ayrim holatlarda esa kuchli chalg‘iydi va o‘zini faqat vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turadi. Logoped va bola o ‘rtasidagi munosabat uzoq muddat davom etadi, hatto logopedik mashg‘ulotlar tugagandan keyin ham. Bu munosabat bir qator sabablar bilan izohlanadi. Rinolaliklarni aksariyat hollarda burni va yuqori labida qolgan nuhsonlarini bartaraf etish uchun operatsiya qilishadi. Odatda, bunday operatsiyalar 18—20 yoshlarda amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda et o ‘tkazib qo‘yish (transplantatsiya) bajariladi. Tranplantatsiyadan keyin yuqori labni faoliyatga kiritish, harakatga keltirish nisbatan uzoq va barqaror muddatni talab qiladi. Bu davrda bem o m in g nutqida burun ottenkasi yuzaga kelishi mumkin. Chunki nutq apparatining yuqori b o ‘limida yana sharoitlar o ‘zgaradi, ya’ni mushaklar, paylar o ‘rtasidagi odatdagi munosabat buziladi. Labda operatsiya o ‘tkazilgandan keyin og‘iz teshigi orqali havo oqim i bemalol o ‘tishini ta ’minlash uchun og‘izni operatsiyadan oldingi davrdagiga nisbatan kattaroq ochish talab qilinadi. Ushbu vaziyatda bajariladigan logopedik maslahatlar juda foydalidir. lila r 3 - 5 suhbatgacha c h o ‘zilish¡ mumkin. A m m o nutq normal darajada kolishi uchun bular juda ham muhimdir. Burunni va burun devorlarini operatsiya qilish ham operatsiyadan keyin m a’lum muddat davom ida nutqni nazorat qilib borishni talab qiladi. Logopedik va psixoterapevtik ta’sir, jinsiy yetilish, bolalar ovozida o ‘zgarish yuz bergan davrda ham talab qilinadi. H alqum da fiziologik o ‘zgarishlar va nafas olishda o ‘zgarishlar yuz berishi munosabati bilan jinsiy yetilish davrida o ‘smirlar nutqida yana burun ottenkasi yuzaga kelishi mumkin. Ushbu ottenka bolaning o ‘zi normal nutq qonuniyatlarini eslagan taqdirdagina tez bartaraf bo‘ladi. A m m o aksariyat bunday hollarda logoped yordami talab qilinadi. Logoped uning qiyinchiliklarini aniqlaydi va nutq tempini, artikulatsiyasini muvofiqlashtiradi, nafas olishni bir maromga keltiradi. Bu vaqtdagi logopcdik ishlarda ko‘rish orqali qabul qilish, eshitish va kinestetik nazoratdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. H ar xil analizatorlardan keng miqyosda foydalanish qisqa vaqt mobaynida y u q o ri natijalarga erishish imkonini beradi. S hunday qilib, uranoplastikadan keyingi logopedik is h la r operatsiyagacha boMadigan ishlarni hisobga olish va operatsiya samaradorligi asosiga ko‘rilishi lozim. L ogopedik ishlarning usullari bolaning psixik statusini hisobga oigan h o ld a , mijoz nutqining o ‘ziga xos boMgan xususiyatlariga bog‘liq ravishda modifikatsiya qilinadi.

  2. Dizartriya nutq kamchiligiga ega bolalar nutqini logopedik tekshirish metodikasi.

Bulbar dizartriya bilan kasallangan bemorlami kompleks nevrologik a fonetik tekshirish, ularning klinik namoyon bollish patogenezini axshiroq tushunishga imkon beradi. Bunday tekshirish miya qismlarining yrim shikastlanishlarida bemoming nutq apparati faoliyatida ro‘y beruvchi ng qiyin funksional sam oregulyator / o ‘z - o kzini b o s h q a ris h / qay ta urilishlarini tushunishiga yordam beradi. Kasallaming neyrofonetik tekshirish ishlari shuni ko‘rsatadiki, alohida uruh muskullarining bo'shashgan falaji tovushlarni talaffuz qilishdagi yrim buzilishlarda namoyon bo‘ladi. S h u n in g uchun b e m o r nutqidagi Dvushlar boyligi va xilma-xilligini yo‘qotadi. Atrofdagilar esa bem or ilaffuz qilayotgan so‘zlaming m a’nosini tushunm ay qoladi.
Dizartriyaning asosiy belgilari bular nutqiy artikulatsiya motorikasi va nutqiy nafas bilan bog‘liq bolgan tovushlar talaffuzi va ovoz n u qson- laridir. Dizartriyada dislaliyadan farqli ravishda ham unli, ham undosii tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Dizartriyada buzilishlarning turlariga ko‘ra barcha nuqsonlar quydagilarga b o ‘linadi: a) antropofonik (tovushni buzib talaffuz qilish); b) fonologik (to v u sh n i yo'qligi, to v u sh n i alm ash tirish , difFerensiallanmagan talaffuz). Fonologik n uqsonlarda tovushlarni akustik va artikulatsion xarakteristikasining noaniqligi kuzatiladi. Shuning uchun ko‘p hollarda yozma nutqda ham kamchiliklar kuzatiladi. Dizartriyaning barcha shakllarida artikulatsiya motorikasi buzilishlar kuzatilib, ular bir qator belgilarga ega. Bu holning artikulatsiya muskulaturasida quyidagi shakllar farqlanadi: artikulatsiya muskullarining spastikligi - til, lab, yuz va bo'yin muskullari tonusining doimiy ravishda ortib borishi. Yaqqol namoyon boMgan muskullar tonusining ortishi natijasida til tarang holda, orqa to m o n tortilgan, til uchini tepaga ko‘tarishga, noaniq holda bo‘ladi. Lab aylana mushaklarining tonusining ortishi natijasida lablarning spastik birikuvi, taranglashuvi kelib chiqadi. Bunda faol harakatlar cheklangan b o ‘ladi. Tilning oldinga harakatlar hajmi cheklanadi yoki um um an yo‘qoladi. Yuz va b o ‘yin mushaklari tonusining ortishi artikulatsiya apparatining ixtiyoriy harakatlarini yana qiyinlashtiradi. Mushaklar tonusi buzilishining yana bir ko'rinishi gipotoniya. Gipotoniya til ingichka, lablar bo‘shashgan, ulaming birlashish imkoniyati bo‘lmaydi. Bunda, odatda, og‘iz ochiq bo‘ladi. Dizartriyada artikulatsiya motorikasining buzilishlari artikulatsiya mushaklarining harakatchanligining cheklanganligi natijasida kelib chiqadi va bu hol mushaklar tonusining ortishi, ixtiyorsiz harakatlar va diskoordinatsion buzilishlar hisobiga yanada og'irlashadi. Artikulatsiya mushaklarining harakatchanligining yetarli emasligi natijasida tovushlar talaffuzida kamchiliklar kelib chiqadi. Lab mushaklarining jarohatlanishi natijasida ham unli, ham undosh tovushlar talafTuzida kamchiliklar kuzatiladi. Ayniqsa, lab undoshlari p, m, b tovushlarida buzilishlar kuzatiladi. Bola lablarini c h o ‘chchaytirishga, doira holiga keltirishga, te p a labini tepaga ko‘tarishga, pastki labini pastga tushirishga va boshqa bir qator harakatlarni bajarishga qiynaladi. Lablar harakati cheklanganligi butun artikulatsiyani buzilishiga olib keladi. Shuningdek, yum shoq tanglay mushaklarining harakatchanligi cheklanganligi ham tovushlar talaffuzini qiyinlashtiradi. Dizartriyada kuzatiladigan yuz mushaklarining parezi ham tovushlar talaffuziga ta ’sir etadi. Dizartriyaning asosiy belgilaridan yana biri artikulatsiya praksisining yetarli emasligi (dispraksiya). A .R . Luriya o ‘z ishlari asosida dispraksik buzilishlarni 2 turini farqlaydi: a) kinestetik; b) kinetik. Kinestetik dispraksik buzilishlarda umumlashtirilgan artikulatsiya urunm alarining rivojlanishida qiyinchiliklar va nom ukam m alliklar kuzatiladi. Bunda ko'pincha undosh tovushlar buzilishi kuzatiladi. Buzilishlar turg‘un b o lm a y tovushlami almashtirish hollad h ar xil b o ‘ladi. Dispraksik buzilishlaming kinestetik ko‘rinishlarida ham unli, ham undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Unlilar k o ‘p hollarda cho‘zi!ib, ulaming artikulatsiyasi neytrai holga tenglashadi. T ovushlam ing almashtirish holi o ‘ziga xoslikni aks ettiradi. M asalan, sirg‘aluvchi til oldi "Z" tovushi, portlovchi til oldi "D" tovushiga almashtiriladi. Dizartriyada artikulatsiya motorikasining buzilishi asosiy sindrom hisoblanib - artikulatsiya buzilishlari sindromi deyiladi. M iya jarohatlanishining og‘irligi va joylashuviga k o ‘ra bu sin d ro m dizartriyaning turli ko‘rinishlari o ‘ziga xos xususiyatlariga ega b o ‘ladi. Dizartriyada nafas muskulaturasining innervatsiyasining buzilishi natijasida nutqiy nafas buzilishlari kelib chiqadi. Bunda nafas olish ritmi nutqni m a’noli tuzilishini boshqarm aydi, nutq akti jarayonida nafas olish tezlashadi, nafas chiqarish qisqa va asosan burun orqali b o ‘ladi. Dizartriyaning ikkinchi sindromi — nutqiy nafas buzilishi sindrom idir. Dizartriya uchun xarakterli xususiyatlardan biri — intonatsiya va ovoz buzilishlaridir. Ovoz kamchiliklari til, lab, yumshoq tanglay, ovoz boylamlari, b o ‘g ‘iz mushaklari parezi va ularning m ushak to nusining ortishi, harakatchanlikning cheklanganligi bilan bog‘liq. Demak, dizartriyaning asosiy belgilari - artikulatsiya, nafas va ovoz buzilishlarining nam oyon b o ‘lish darajasi va x a ra k te rid an kelib chiqadigan— tovushlar talaffuzi va nutqning prosodik buzilishilaridir. Dizartriyada nutqiy buzilishlar bilan birgalikda, nutqiy b o ‘lm agan kamchiliklar ham uchraydi. Bu bulbor va Psevdobulbor dizartriyada um um iy va mayda qo‘l muskullari motorikasining buzilishlari ko‘rinishida nam oyon boMadi. Dizartriyada o ‘zigaxos nutqiy va nutqiy bo lm ag an buzilishlar asosida tashxis qo‘yiladi.

Download 25,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish