Work and Travel vizasiga doir savollar:
Qishloq xo'jaligida ta’til kunlarida ishlash uchun Germaniyaga 12 oy ichida faqat 90 kungacha kirish mumkin. Ta'til kunlaridagi mehnat faoliyati universitet tomonidan belgilangan rasmiy ta'til paytida ko'pi bilan 90 kun davom etishi mumkin. Ta'til muddati universitet tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan rasman hamkorlik qiladi. Viza bo'limi sug'urta agentliklari, sayyohlik kompaniyalari yoki boshqa xizmat ko'rsatuvchilar bilan hech qanday hamkorlik qilmaydi. Viza bo'yicha maslahat/xizmatlar uchun ularga murojaat qilmaslikni qat'iy tavsiya qilamiz.
Elchixona yoki Visametric web-sahifalarida joylashtirilgan viza olish jarayoni haqidagi ma'lumotlarni o’qib chiqqaningizdan keyin ham savollaringiz bo’lsa, to'g'ridan to'g'ri Visametric xizmat ko'rsatuvchisiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
Barcha taqdim etiladigan xujjat nusxalari DIN A4 formatida bo'lishi kerak.
Konsullik badali 80 yevroni tashkil etadi. Ushbu to‘lov viza bo’limida amal qilayotgan ayriboshlash kursiga muvofiq faqat o'zbek valyutasi so'mda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari Visametric web-sahifasida keltirilgan qo'shimcha xizmat badali to'lanadi.
Quyidagi hujjatlar viza olish uchun arizaga ilova qilinadi:
Shengen vizasi uchun to´liq to‘ldirilgan viza so'rovnoma blanki
Pasport (asli+shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasining 1 dona nusxasi): kamida ikkita viza uchun bo‘sh sahifaga ega bo‘lishi, so‘nggi 10 yil ichida berilgan, amal qilish muddati so‘ralayotgan viza muddati tugagandan keyin yana kamida uch oyni tashkil etishi shart.
2 dona yangi biometrik fotosurat (ulardan biri so‘rovnomaga yopishtirilgan holda): biometrik, oq rangli fonda, hajmi 3,5 cm x 4,5 cm, ishlov berilmagan rasm!
Tibbiy sug‘urta polisi (1 nusxa): barcha Shengen davlatlarida amal qiladigan rejalashritilgan safar muddati va qo‘shimcha 15 kunlik muddatni o‘z ichiga olgan, sug'urta qoplama miqdori 30.000 yevrodan kam bo‘lmagan bo'lishi shart. Sug’urta polisi Germaniyada (taklif qiluvchi shaxs tomonidan yoki online tarzda) yoki O’zbekistonda rasmiylashtirilishi mumkin
taaluqli bo'lsa: so'nggi uch yilda berilgan Shengen vizasi, shuningdek pasportdagi kirish va chiqish belgilari qoyi‘lgan sahifalaridan nusxa
O'zbekiston fuqaroligiga ega bo'lmagan, lekin O‘zbekistonda doimiy yashovchi shaxslar uchun: O'zbekistonda yashash uchun ruxsatnoma/ro'yaxatga olinganlik haqidagi hujjatning asli+1 nusxasi, hamda pasportning O'zbekistonga kirib kelganlik haqidagi belgi qo'yilgan sahifasidan nusxa
Safar maqsadini tasdiqlash:
Federal Bandlik Agentligidan ruxsatnoma asli va nusxasi (faqat asl nusxasi qabul qilinadi - faks orqali, pdf formatida yoki elektron pochta orqali olingan hujjatlar inobatga olinmaydi!)
Mehnat shartnomasi asli va nusxasi (ish beruvchi haqida ma’lumot, amalga oshiriladigan ish va lavozim, ish turi, yalpi to‘lanadigan maosh va kelishilgan ish davri to'g'risidagi ma'lumotlari bilan)
Universitetga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
Baholar/reyting daftari
Talabalik guvohnomasi
www.mygov.uz saytidan olingan talabalik haqida ma‘lumotnoma
Safarni moliyalashtirish:
Safar o‘z hisobingizdan moliyalashtirilishi uchun tasdiqlovchi hujjat: bank hisob raqamidan oxirgi 3 oy mobaynidagi kirim-chiqim aylanmalari, hisob raqamidagi yakuniy qoldiq ko’rsatilgan va bank hodimi tomonidan imzolangan va muxrlangan bo'lishi lozim. Ushbu hujjat ko'pi bilan 2 hafta oldin berilgan bo'lishi kerak.
Qo'shimcha hujjatlar:
Taaluqli bo'lsa: nikoh haqida va voyaga yetmagan farzandlarning tugílganlik haqida guvohnomalari asli+nusxalari, shuningdek turmush o´rtog'ining amal qilish muddati tugamagan pasporti (asli+shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasidan nusxa
taaluqli bo'lsa: Ko´chmas mulkka egalik haqida hujjat, boshqa mulk egaligi haqida hujjatlar
Elchixonaning viza bo'limi arizani ko'rib chiqish doirasida qo'shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkinligi haqida xabar beradi.
Elchixona maʼlum qiladiki, viza soʻrovi rad etilgan taqdirda, viza uchun toʻlov qaytarilmaydi. Chunki bu hujjatlarni ko'rib chiqish uchun xizmat toʻlovi hisoblanadi!
Do'stlaringiz bilan baham: |