Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


«Konsentrlangan yoki fokuslangan marketing»



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

«Konsentrlangan yoki fokuslangan marketing» 
strategiyasiga ko‘ra 
firma o‘z resurslarini bir yoki bir necha segmentlarning ehtiyoj- larini 
qondirishga qaratadi. Ushbu ixtisoslashuv strategiyasi ma’lum bir funksiyaga 
(funksional mutaxassis) yoki iste’molchilarning biror bir guruhiga 
asoslangan bo‘lishi mumkin. Masalan, Moskvadagi 
«Diasoft» 
firmasi o‘z 


129 
faoliyatini tijorat banklari segmentini dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlashga 
yo‘naltirgan. 
Bozorni qamrab olish strategiyalarining uchalasidan birortasini tanlab 
olishda aniqlangan va potensial rentabel bo‘lgan segmentlar soni va 
firmaning resurslariga e’tibor beriladi. Agar bu resurslar cheklangan bo‘lsa, 
fokuslangan marketing strategiyasi amalga oshirish mumkin bo‘lgan yagona 
strategiya 
bo‘ladi. 
Konsentratsiyalangan 
marketing 
strategiyasi 
korxonalardan bozorning foydali segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha 
segmentiga e’tiborni qaratishni talab qiladi. Bu bozor segmentiga firma bitta 
yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli marketing dasturi bilan 
yondashadi. O‘z mazmuniga ko‘ra bu strategiya bozor chuqurchasi 
konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash kerakki, 
tovar ushbu firma va uning yetkazib berish imkoniyatlari uchun ko‘proq mos 
keluvchi bo‘lib hisoblanadi. Konsentr-langan marketing strategiyasi ko‘proq 
bozorning barcha segmentlarida ishlash uchun hamda yetarli katta moliyaviy 
vositalarning bo‘lishi talab etilmaydigan kichik va o‘rta korxonalar uchun 
mos keladi. 
Raqobatli marketing strategiyalari 
 
Firma rahbariyati mijozlar talabini hisobga olib faqat raqobat 
ustuvorligini ta’minlashga mo‘ljallangan marketing strategiyasini qo‘llab 
qo‘ya qolmaydi. Raqobatchilar strategiyasi haqida olingan hamda o‘zining 
raqobat muhitidagi holati haqidagi ma’lumotlarga asoslanib, firmaning 
raqobatli marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. 
Bozordagi raqobat muhitida firma to‘rtta roldan birini o‘ynashi mumkin: 

bozor yetakchisi; 

yetakchilikka da’vogar; 

lider; 

ma’lum bozor qismiga ixtisoslashuv (mutaxassis nisher). Bozorda 
egallab turgan raqobatli o‘rni va firmaning o‘z imkoniyat- 
lariga bog‘liq holda rahbariyat raqobatning birorta strategiyasini afzal 
ko‘radi. 
Turli raqobat pozitsiyalarida turgan holda firmalar, agar ular o‘sishning 
aynan bir xil strategiyalarida, masalan, o‘sishning jamlangan strategiyasida 
bo‘lishsa ham raqobatning turli xil strategiyasini tanlashadi. 
O‘sishning jamlangan strategiyasida turgan bozor yetakchisining 
strategiyasi himoya (mudofaa) va bozor ulushini oshirish muammolari bilan 
bog‘liq. 
O‘zining bozordagi yetakchilik pozitsiyasini mudofaa qila borib, 
yetakchi: 

jami mavjud tovarlar eskiradi, raqobatchilar o‘z tovarlarini 
yangilash harakatiga tushgunga qadar o‘z tovarlarini ma’nan eskirgan, deb 
bilib, avvalroq uni yangilashga o‘tish asosida innovatsiyalar strategiyasini 


130 
qo‘llay boshlashi; 

imkoniyatli narxlarni asrab qolish va mahsulotlarni yangi 
o‘lchamlar, dizayn va markalar hisobiga yangilash yo‘li bilan bozordagi 
yetakchilik holatini saqlab qolishga imkon beruvchi mustahkamlash 
strategiyasidan foydalanishi; 

tashlangan undov (chaqiriq)ga nisbatan tez javob harakatlarini 
ko‘zda tutuvchi qarama-qarshi zarbalar strategiyasini realizatsiya qilishi: 
narxlarni sezilarli pasaytirishi, o‘z mahsulotini ilgari surish siyosatini 
kuchaytirish, raqobatchilarni tanqid qilishni tashkil etish, uning asosiy 
ta’minotchilariga ta’sir o‘tkazishga urinib ko‘rish, uning asosiy xodimlarini 
o‘ziga og‘dirishni boshlashi mumkin. 
Bozor ulushini oshirish uchun kurash olib borish bilan yetakchi bozor 
muhitiga undov (chaqiriq) tashlovchi strategiyani tanlaydi. 
Yetakchilikka da’vogarlik strategiyasini o‘ziga yarasha kuchli, lekin 
yetakchi pozitsiyasini egallamaydigan firmalar tanlaydilar. Bozor muhitiga 
undov (chaqiriq) tashlay borib, bunday firmalar masalan, jamlangan o‘sish 
strategiyasini qo‘llay borib, asosiy strategik maqsadi boshqa firmalardan 
“jang bilan” yutib olish hisobiga bozorning qo‘shimcha qismini “bosib olish” 
(bozor ulushini oshirish)ga intiladi. Bukurashni u yetakchi yoki ancha sustroq 
va mayda raqobatchilari bilan olib boradi. Yetakchiga hujumni firma o‘zida 
aniq raqobat ustuvorligi mavjud bo‘lsa, yetakchida esa firma raqobat 
kurashida foydalanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar bo‘lgandagina 
boshlashi mumkin. Hujumning beshta strategiyasi bo‘lishi mumkin. 
1.
Yetakchiga ro‘paradan hujum “kuch-kuchga qarshi” prinsipi bo‘yicha 
boradi, bunda yetakchilikka da’vogar yetakchining ojiz emas, kuchli 
tomoniga hujum qiladi, bu bilan u o‘zini kuchli deb hisoblay- digan va 
yetakchilik qiladiganni kutilmaganda yengishga urinadi. Bu “jang”da odatda, 
kimning resurslari ko‘p bo‘lsa va kim kuchli ustuvorlikka ega bo‘lsa, o‘sha 
g‘alaba qozonadi. 
2.
Yetakchiga yon tomonidan hujum uning ojiz yo‘nalishiga: yoki 
yetakchi kuchli pozitsiyaga ega bo‘lmagan regionga yoki yetakchining 
mahsuloti qoplay olmaydigan talabga nisbatan qilinadi. 
3.
Hamma yo‘nalish bo‘yicha hujum qilayotgan firmaning yetakchi 
ishtirok etadigan hamma bozorlar va yetakchi chiqaradigan mahsulot- larning 
hamma turlari bo‘yicha harakatlanishini ko‘zda tutadi. 
4.
Hujumkor firma yetakchiga aylanib o‘tib, bevosita hujumni ko‘zda 
tutmaydi. Firma yangi bozor yaratadi, keyin unga yetakchini“aldab” kiritadi 
va bu ozordagi ustuvorlikka ega bo‘lgach, uning ustidan g‘alaba qozonadi. 
Masalan, o‘rnini bosuvchi mahsulot yaratish yoki yangi geografik bozorlarni 
ochish. 
5.
Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish