Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


I bob. MARKETING VA UNI RIVOJLANISHINING ASOSIY



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

I bob. MARKETING VA UNI RIVOJLANISHINING ASOSIY 
BOSQICHLARI 
 
1.1.
 
Marketing tushunchasi va uning mohiyati 
 
Marketing inglizchadan “market” – bozor, bozordagi harakat, faoliyat, 
ya’ni bozor faoliyatini o‘rganish ma’nosini anglatadi. Marketing 
tushunchasi bozor bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan faoliyatni o‘z ichiga 
oladi. Marketing murakkab, ko‘p qirrali tushunchadir. Marketing- 
korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda 
boshqarish shaklidir. 
«Marketing» ga «sotish» va«reklama qilish»dan ham ko‘proq aloqador 
boshqa muhim jihatlarini o‘rganish uchun velosipedni misol qilib olamiz. 
-
Hech kim velosiped minib 
tug‘ilmagan. 
-
Hech kim o‘zi uchun velo- 
siped yasamagan. Balki biz uchun 
mashhur Schwinn, Performance, Huffy yoki Murray firmalari velosipedlarni 
yasaydi. Barcha velosipedlarbir xil vazifani bajaradi, ya’ni haydovchini manzilini 
yaqin qilish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga eltib qo‘yish. Lekin haydovchi 
turli 
xil 
model 
va 
dizayndagi 
velosipedlardan 
xohlaganini 
tanlashi 
mumkin.Velosipedlar odatda turli xil o‘lchamda, ayollar, erkaklar, bola- lar, 
qariyalar uchun yoki ikki kishilik, savatchalik, 4 oyoqlik, arzon, qimmat va 
hokazo bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi xilma – xilliklar velosiped ishlab chiqarish 
va sotishni chigallashtiradi. Shuning uchun velosiped ishlab chiqaruvchi 
kompaniya velosiped ishlab chiqarishdan oldin va keyin quyidagi ishlarni amalga 
oshirishi zarur. 
1.
Iste’molchilar ehtiyojini tahlil qilish. 
2.
Velosiped turini bashorat qilish. 
3.
Yaqin orada qancha odam velosiped haydashini baholash. 
4.
Odamlar qachon velosiped sotib olishini bashorat qilish. 
5.
Velosiped haydovchilari qayerda ko‘p bo‘lishi va ularni topish. 
6.
Velosiped sotib olish uchun odamlar qancha pul sarflashinitaxmin 
qilish. 
7.
Ushbu kompaniya velosipedlarini mijozlarga tanishtrish uchun 
qanaqa aksiyalar o‘tkazish. 
8.
Yana nechta raqobatchi korxona bor, ular qancha velosiped ishlab 
chiqaradi, turi va narxi qanday? 
9.
Agar mijozlar velosipedni sotib olgach muammolarga duch kelsa, 
ularga qanday qilib xizmat ko‘rsatish? 
Yuqoridagi harakatlar ishlab chiqarishning emas, balki kengroq jarayon, 
ya’ni – «marketing»ning – ajralmas bosqichlaridir.Yuqoridagi haraktlarni 



to‘g‘ri bajarish ishlab chiqarishni to‘g‘ri yo‘nalishga boshlab, faqat kerakli 
mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda o‘z mijozini aniq topishga 
yordam beradi. 
«Velosiped misoli»dan ko‘rinib turibdiki, «marketing» - «sotish» va 
«reklama qilish»dan ham ko‘proq muhim jihatlarni qamrab oladi. 
Marketing — mijozni kerakli tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda 
«mijozni qanoatlantirish («Customer satisfaction)», ya’ni mijozning ehtiyoji, 
xohish va istaklarini qoniqtirish katta ahamiyatga ega. 
Marketingning ishlab chiqarishga qanday aloqasi bor? 
Marketing bugunda bozorga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati va 
fikrlash uslubi bo‘lib, o‘zining ijodiy yo‘nalganligi va agressiv xarakteri bilan 
farqlanadi. 
Ishlab chiqarish – muhim iqtisodiy jarayon hisoblanadi. Ko‘pchilik o‘zi 
istagan tovarini ishlab chiqara olmaydi, chunki unda «tajriba», 
«resurs» va «vaqt» muammolari mavjud. Marketingning ishlab chiqa- rishga 
ta’sirini juda ko‘pchilik haddan ziyod oshirib yuboradi. Masalan: 
«Zo‘r qopqon yarating va butun dunyo sizning eshiklaringiz tomon yo‘l topib 
keladi». Boshqacha qilib aytganda, siz ishlab chiqargan mahsulot- lar zo‘r 
bo‘lsa, biznesingiz albatta muvaffaqiyatli bo‘ladi. Vaholanki, 
«ishlab chiqarish» va «marketing» biznesning muhim bo‘lagi hisoblanib, 
mijozlarning tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni maqsad 
qiladi. Masalan, mijozlar xohishini o‘rganish natijasida Toyota kompaniyasi 
butun dunyoga muvaffaqiyatli biznesini davom ettirmoqda. Bundan tashqari 
«ishlab chiqarish» va «marketing» mijozlarga 5 ta iqtisodiy foydalilikni 
beradi: 
– shakl – vazifa – vaqt – makon – egalik huquqi. 



1.1-rasm. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish