3.3. Aloxidalanish
Har bir tur turli populyatsiyalardan tashkil topgan. Agar bir populyatsiya Bilan ikkinchi populyatsiya o‘rtasida genlar almashinuvi ro‘y bermasa, mazkur populyatsiya shu turning boshqa populyatsiyasidan alohidalashib ketadi (2-rasm). Agar bunday aloxidalanish uzoq muddat davom etsa hamda ulardagi tanlanish turli yo‘nalishda bo‘lsa populyatsiyalarning birbiridan farqlanishi orta boradi va nihoyat ular kenja turlarga, agar bu jarayon yana davom etsa turlarga aylanadi.
7-rasm
Populyatsiyalarning bir-biridan alohidalanishi geografik, ekologik, biologik yuksak hayvonlarda esa yana etologik omillar ta’sirida ro‘y beradi. Geografik omillarga populyatsiya tarqalgan hududlar orasida baland tog‘larni, katta daryolarni, suv havzalarni paydo bo‘lishi kiradi. Ekologik omillar deganda iqlim, tuproqni, namlikni o‘zgarishi tufayli tur tarkibidagi turli populyatsiya orasida erkin chatishish bo‘lmasligi tushuniladi. Masalan, dengizda yashab daryolarda urchiydigan baliqlarni alohida-alohida populyatsiyalari bo‘lib, ular bir-biridan tanasi katta bo‘lishi, rangi, tuxum tashlash vaqti, uning miqdori, yoshi, jinsiy yetilish vaqti bilan tafovut qilishi mumkin. Bunday tafovutlar muxit ta’sirida paydo bo‘lgan modifikatsion o‘zgarishlargina bo‘lmay, balki irsiylanishi mumkin.
Aloxidalanishning biologik omillariga meyoz bo‘linishning normal bo‘lmasligi oqibatida o‘zaro chatishishga to‘sqinlik qiluvchi kamomatli gametalarni hosil bo‘lishi, poliploidiya, xromosoma abberatsiyalari, yadrositoplazmatik nomuvofiqlik, letal mutatsiyalar va pushtsizlikni ortib ketishi kiradi.
3.4. Genlar dreyfi
Populyatsiya tarkibidagi individlar soni doimo birday bo‘lmaydi. Ob-havo qulay, ozuqa mo‘l bo‘lgan davrlarda populyatsiyadagi organizmlar soni ortishi, noqulay sharoitda kamayishi mumkin. Populyatsiyadagi organizm sonini bunday ko‘payib, kamayib turishini hayot-populyatsiya to‘lqini deb ataladi. Populyatsiya egallagan hududda organizmlar bir xil tarqalmaydi.
Ba’zi joylarda ular soni ko‘p, boshqa joylarda esa kam bo‘ladi. Qayd etilgan bunday holatlar individlar orasida tasodifiy chatishish ro‘y berishi, ba’zan muxitga moslashgan allellarni yo‘qolishi, moslashganlarni saqlanishi mumkin. Agar genlarni bunday tasodifiy o‘zgarishi (dreyfi) populyatsiyadagi organizmlarni muxit sharoitiga moslashishni pasaytirsa, u holda populyatsiya bora-bora qirilib ketadi (3-rasm).
8-rasm
Ayrim holatlarda esa genlar dreyfi tufayli muxit sharoitiga yuqori darajada moslashgan organizmlar paydo bo‘lishi mumkin. Uni E.Meyr genetik inqilob deb atadi. Ba’zi biologlar genetik inqilob tufayli yangi turlar paydo bo‘ladilar degan fikrdalar. Lekin bunday qarashni hamma biologlar e’tirof etavermaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |