Mundarija: Kirish I. Bob. Populyatsiya genetikasi va molecular evolutsiyasi


Populyatsiyaning genetik dinamikasida tanlanishning roli



Download 0,96 Mb.
bet8/11
Sana26.10.2022
Hajmi0,96 Mb.
#856826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Populyatsion genetika va molekulyar evolyutsiya

3.2. Populyatsiyaning genetik dinamikasida tanlanishning roli


Muxit sharoitiga moslashgan organizmlarni yashab, nasl qoldirishi tanlanish deyiladi. Shaxsiy taraqqiyotida organizm yashab, nasl qolidirishi ko‘p jihatdan muhit sharoitiga qay darajada moslashganligi Bilan izohlanadi. Populyatsiya genetikasini bilish genotipning tanlash qiymatini aniqlash imkonini beradi. Biror populyatsiyada gomozigota resessiv organizmlar (aa) 99%, dominant alleli (AA) organizmlar esa 100% nasl qoldiradi deb faraz qilaylik. Ular orasidagi tanlanish farqi ya’ni genotiplarni tanlanish koeffitsiyenti S ni ifodalaydi. Bu populyatsiyada shunday holat yuz bergan taqdirda tanlanish koeffitsiyenti S=1,00-0,99=0,01 ga teng bo‘ladi. Mabodo populyatsiyada dominant va resessiv allellarga ega organizmlarning yashab qolish va nasl qoldirish ehtimoli teng bo‘lsa, tanlanish koeffitsiyenti 0 ga teng. Populyatsiyadagi ikki xil AA, aa allellariga ega organizmlardan biri pushtsiz bo‘lib nasl qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, u holda tanlanish koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘ladi. Masalan, gomozigota resessiv alleli organizmlar tanlanish tufayli yaroqsizga chiqarilsa u holda avlodlar sari bu allelning populyatsiyadagi uchrashlik darajasi kamaya boradi. Tanlanish doimo muxit sharoitiga mos bo‘lmagan genlarning tarqalishini cheklab boradi. Shu ma’noda yashash uchun kurashning organizmlar orasidagi nasl qoldirish bo‘yicha o‘zaro poygaga qiyoslash mumkin. Ana shunday poyga natijasida populyatsiyadagi juda zararli mutatsiyalar to‘plami unchalik zararli bo‘lmagan populyatsiyalar to‘plamiga qaraganda kamaya boradi. Aksincha muxit sharoitiga moslashgan mutatsiyalarning populyatsiyadagi to‘planishi orta boradi. U yoki bu genlar to‘planishi populyatsiyalarda organizmlar soni bilan ham aloqador. Populyatsiyalarda individlar soni kam bo‘lsa bir xil alleli organizmlarning o‘zaro uchrashishi tez-tez bo‘ladi. Natijada populyatsiyada gomozigota formalar foizi oshadi, tanlanish zararli mutatsiyalarni tez bartaraf etadi.
Populyatsiyadagi dominant va resessiv allellarni bartaraf etilish tezligi har xil. Populyatsiyalarda dominant allellar resessiv allellar singari letal, yarim letal, qisman pushtsiz, to‘liq pushtsiz formalarni va har xil morfologik, fiziologik kamomadlarni keltirib chiqaradi. Bunday dominat letal, yarim letal va pushtsizlikni keltirib chiqaruvchi genlar tanlanish tufayli birinchi avloddayoq yaroqsizga chiqadi. Yashovchanligi nisbatan past boshqa dominant genlarni tabiiy tanlanish bir necha avlodlar mobaynida bartaraf etadi. Agar dominant genlar mutatsiyasi organizmning muxitga moslashishini oshirsa u holda tanlanish bunday dominant genlarni avloddan-avlodga o‘tgan sari ko‘payishni ta’minlaydi. Resessiv mutatsiyalar dominant mutatsiyalardan farqli ravishda geterozigota holatda populyatsiyalarda to‘plana boradi va oqibatda yashirin holatda mutatsiyalarning katta zaxirasini hosil qiladi. Agar resessiv mutatsiyalar o‘ta zararli va pushtsiz bo‘lsa, u holda tanlanish ularni populyatsiya tarkibidan to‘liq bartaraf etadi. Mabodo resessiv gen populyatsiya tarkibida 0,5% ni tashkil etsa, u holda XardiVaynberg qonuniga binoan AA-0,25, Aa-0,50, aa-0,25 ga teng bo‘ladi. Demak, tanlanish resessiv mutatsiyalarni populyatsiya tarkibidan to‘liq bartaraf eta olmaydi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish