Kurs ishining maqsadi: Ilmiy ishning maqsadi populyatsion genetka va molekulyar evolutsiyani sohalarini yanada chuquroq o’rganish, ularni keng miqyosda organizmlar uchun tatbiq qilish.
Kurs ishining vazifalari:
Populyatsiya haqida umumiy tushuncha
O’z – o’zidan urug’lanuvchi populyatsiyalarning genetik strukturasi
Chetdan urug’lanuvchi populyatsiyalarning genetikasi strukturasi
Populyatsiyaning genetik dinamikasiga ta’sir etuvchi omillar
Populyatsiyaning genetik dinamikasida tanlanishning roli
Aloxidalanish
Genlar dreyfi
Kurs ishining obekti va predmeti: Organizmlar, populyatsiyalar, ulardagi irsiylanish va o’zgaruvchanlik hamda organizmlarning genomlari, genetik axborotni saqlovchi xromosomalar, DNK molekulasi
Kurs ishining amaliy ahamyati: Populyatsion genetka va molekulyar evolutsini chuquroq o’rganish va boshqa sohalar bilan bog’liqlgini o’rganish.
Kurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qisim, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilova hamda rasmdan iborat bo’lib, hajmi 19 betni tashkil etadi.
I.Bob. Populyatsiya genetikasi va molecular evolutsiyasi
1.1. Populyatsiya haqida umumiy tushuncha
Populyatsiya deyilganda tur tarqalgan arealning muayyan joyida uzoq muddat mavjud bo‘lgan, o‘zaro erkin chatishib nasl beradigan, ayrim belgixossalari bilan shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan organizmlar yig‘indisi tushuniladi. Har bir populyatsiya turning kichik bir qismidir. Populyatsiyalardagi irsiy o‘zgarishlarni tadqiq qiluvchi genetikaning shaxobchasi populyatsion genetika deb ataladi. Populyatsiyalarni genetik tomondan o‘rganish XX asrning 30-yillaridan boshlangan. Rus olimi
S.S.Chyetverikov 1926 yili chiqargan «Hozirgi zamon genetikasi nuqtai nazaridan evolyutsion jarayonning ba’zi bir tomonlari» degan maqolasida har bir populyatsiya juda ko‘p yashirin va oshkor mutatsiyalarni qamrab olganligini ta’kidlagan (1-rasm). U birinchi bo‘lib populyatsiyani genofondi tushunchasini fanga joriy etdi va mazkur atama ostida populyatsiyaning genetik imkoniyatlarini tushunish kerakligini ta’kidladi. Olimlardan R.Fisherning «Tabiiy tanlanishning genetik nazariyasi» (1930), N.P.Dubininning «Genetik-avtomatik jarayonlar va ularning evolyutsiyadagi roli» (1931), S.Raytning «Mendelcha populyatsiyalardagi evolyutsiya» (1932), N.P.Dubinin va D.D.Romashevning «Turning genetik tuzilishi va uning evolyutsiyasi» nomli asarlarida populyatsiya genetikasining eksperimental taxlili yoritilgan.
1-rasm.
Ma’lumki, tabiatda uchraydigan o’simlik va hayvonlart keragidan ortiq zahiralar (tanada yig’ilgan moddalar)ni o’sish va kamayishga sariflaydi. O’simliklar tomonidan yaratilgan birl;amchi maxsulotning fasllar bo’yicha o’zgarishi ular bilan ovqatlanadigan o’simlikxo’r hayvonlar va yirtqichlarning ham fasillar bo’yicha o’zgarishiga sabab bo’ladi. Tur vakillari populyatsiyada energiya va ozuqa moddalarning turli katta- kichik guruhlar orqali o’tishi ularning tabiatda doimiyligini ta’minlaydi va ekosistemada tabiiy zahiralarning to’planishi efektiv energiya xosil bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |