Mundarija: Kirish I. Bob. Populyatsiya genetikasi va molecular evolutsiyasi



Download 0,96 Mb.
bet6/11
Sana26.10.2022
Hajmi0,96 Mb.
#856826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Populyatsion genetika va molekulyar evolyutsiya

Yechim: Demak masalani eng sodda holatda quyidagicha hisoblash mumkin. A gen – 3/4 chastotada bo’lsa, a gen 1/4 bo’ladi. Quyidagi jadvalda geterozigota va gomozigota genotiplarni chastotasini ko’rish mumkin.

Endi oddiy usulda hisoblaymiz. aa genotipli tulkilar
1—-16 
x—-800
x=50 (1)
Aa genotipli tulkilar esa
6—–16 
x—–800
x=300 ta ekan. (2)
Javob: 300-50=250 ta ekan.
III.Bob. Populyatsiyalardagi irsiylanish
Tabiatda mutloq gomozigota bo‘lgan populyatsiyalar uchramaydi. Chunki o‘z-o‘zini otalantiruvchi organizmlar ham vaqti-vaqti bilan chetdan urug‘lanishi mumkin. Ikkinchidan ularda taщqi muhit ta’sirida mutatsion o‘zgaruvchanlik ro‘y berishi mumkin. Shunga ko‘ra hech bir paytda yuz foiz gomozigota bo‘lgan populyatsiyalarni topish mumkin emas. Masalan g‘o‘za o‘simligi o‘z-o‘zini changlantiruvchi o‘simlik sanalsada, unda chetdan changlanish 20-25 foizni tashkil etadi.
Chetdan chatishadigan o‘simlik, hayvon populyatsiyalari tarkibi har xil genotipga ega organizmlarning o‘zaro erkin chatishishi bilan belgilanadi. Populyatsiyadagi u yoki bu genotipga ega organizmlar miqdori har xil genotipli ota-ona organizmlar gametalarining o‘zaro uchrash tezligiga bog‘liq. Tabiiyki populyatsiya tarqalgan hudud sharoitiga moslashgan genotiplarning gametalarini o‘zaro uchrashishlari shu sharoitga unchalik moslashmagan organizm genotiplari gametalarining o‘zaro uchrashishlariga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Populyatsiyalarda doimo turli xil mutatsiyalar ro‘y berishini hisobga oladigan bo‘lsak tabiiy sharoitda tarqalgan har bir populyatsiya genetik jihatdan nihoyatda har xil genotiplardan tashkil topganligiga shubha qolmaydi. Misolga g‘o‘za navlaripopulyatsiyalarini olsak Odilov S, Jalilov O, Jumabekov X ma’lumotlariga ko‘ra g‘o‘zaning AN-209 navida 8, AN-208 navida 4, AN-211 navida 5, Toshkent-1 navida 6 xil genotipga ega formalar mavjud.
Tabiiy sharoitda populyatsiya genetikasini o‘rganishning bir usuli undagi bir gen bo‘yicha gomozigota va geterozigota formalar uchrashlik tezligini aniqlashdan iborat. Masalan, biror populyatsiyada bir genning har xil masalan, AA va aa allellariga ega formalar teng deb faraz qilaylik. U holda bunday o‘simlik populyatsiyasida urug‘chi va changchi, hayvon populyatsiyalarida tuxum hujayra va spermatozoidlarda bir genning allellari 0,5 A va 0,5 a nisbatda bo‘ladi. Ularning o‘zaro erkin chatishishidan rivojlangan G‘1 avlodda gomozigota AA-0,25, geterozigota Aa-0,50, gomozigota aa-0,25 nisbatda bo‘ladi. Keyingi avlodda ham shu jarayonda gomozigota va geterozigota formalar erkin holatda chatishsalar dominant allel A-0,50, resessiv allel a-0,50 ga teng bo‘ladi. Chetdan chatishuvchi populyatsiyalarda gen allellarini qanday irsiylanishini izoxlash maqsadida 1908 yili Angliyada matematik G.Xardi va Germaniyada vrach V.Vaynberg bir-biridan mustasno populyatsiyalar genotipik va fenotipik sinflarining tarqalishiga oid formulani fanga joriy etdilar. Ularning mulohazasiga binoan ma’lum sharoitlarda allellarning takrorlanishi o‘zgarmasa populyatsiyalarda dominant va resessiv formalar o‘zaro nisbati o‘zgarmay qoladi. Xardi-Vaynberg formulasiga ko‘ra populyatsiyadagi bir allelning chunonchi D ning uchrash tezligi q, d allelining uchrash tezligini esa (1-q) bilan belgiladi. Ularning o‘zaro uchrashishidan hosil bo‘lgan nasllarda genotipik sinflar nisbati shunday bo‘ladi.

Agar olingan natijalarni jamlasak u holda Xardi-Vaynberg formulasiga ko‘ra genotipik va fenotipik sinflarning taqsimlanishi tabandagicha ko‘rinishda bo‘ladi (5-rasm):
q2 DD : 2q (1-q) Dd : (1-q)2 dd.
6-rasm
Ushbu formulaga muvofiq mazkur populyatsiyada tanlanish ro‘y bermasa fenotipik va genotipik sinflar nisbatibir necha avlodlarda o‘zgarmay qoladi. Fenotipik sinflarning o‘zaro nisbati belgilar oraliq holda irsiylanishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Belgilar to‘liq irsiylanganda genotipik sinflar Xardi-Vaynberg formulasiga mos holatda irsiylanadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish