Kamoliddinov Azizbek 121-20
Tanlangan so’z: Tulki
Ilmiy uslub:
Tulki — itlar oilasi sutemizuvchilar bir nechta turining umumiy nomi. Ushbu guruhning faqat 11 ta turigina xususan tulkilar (lotincha: Vulpes) turiga kiritiladi. Eng tanish va koʻp tarqalgan vakili — oddiy tulkidir (Vulpes vulpes). Tulkilar butun dunyo boʻyicha koʻpchilik xalqlarning oʻgzaki ijodida uchraydi.
Badiiy uslub:
Baxtsiz tasodif tufayli bir Tulki o‘raga tushib ketibdi. U hech o‘radan chiqishning ilojini qilolmabdi. Bir payt tepadan Echki o‘tib qolibdi. U Tulkidan pastda nima qilayotganini so‘rabdi.
— Ey, hali eshitmadingmi? — debdi Tulki. — Yaqinda qurg‘oqchilik bo‘larmish, shuning uchun men bu yerga suv borligiga ishonch hosil qilish uchun tushdim. Balki sen ham tusharsan?
Echkiga bu maslahat ma’qul kelib, pastga sakrabdi. Ammo Tulki tezlik bilan uning orqasiga chiqib, oyoqlarini uning uzun shoxlariga qo‘yibdi-da, o‘radan chiqib olibdi.
— Xayr, do‘stim, — debdi Tulki, — keyingi safar esingda tursin: Hech qachon o‘zi mushkul ahvolda qolganning maslahatiga quloq solma.
So'zlashuv uslubi:
- E, tulki, u yerda nima qilib o'tiribsan?
- Dam olib o'tiribman - javob berdi tulki.- Tepa juda issig’u, bu yer salqingina ekan! Mazza! Muzdek suv ichishni xohlamaysanmi?
Echki ham juda chanqab turgan edi.
- Muzdek suv deysanmi? - so'radi echki.
- O! Qanday mazza!- javob berdi tulki.- Xohlasang yonimga tush. Bu yerda ikkimizga ham joy yetarli.
Rasmiy uslub:
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilgan hayvonlar:Turkiston silovsini, qor qoploni, kum efasi, qora-qo'ng'ir tulki, maykong va o‘simliklarni g‘ayriqonuniy ovlash yoki yo‘q qilish natijasida yetkazilgan zarar miqdorini undirib olish uchun qat’iy baholar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Publitsistik uslub:
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar.Barchangizga kech hayrli bo'lsin deymiz.''TezTop'' intelektual shousini ko'taringi kayfiyatda boshlaymiz va sizlardan faollikni kutib qolamiz.0973 qisqa raqamlari sizning xizmatlaringizda bo'ladi.Bugungu o'yinimizda 3 ta savolni sizlarga taqdim etamiz va birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan 5 ta hamyurtlarimizga ajoyib sovg'alarni topshiramiz.Demak savollarni sizlarga taqdim etamiz.
1-savol.Maknuna taxallusida forscha she'rlar yozgan shoira kim?
2-savol.Qaysi haybon uxlaganda dumi bilan sovuqdan saqlanadi?Shuning uchun ularning dumi qalin va yo'g'on bo'ladi.
3-savol.Koreyschada ''Oyoq va qo'llarning harakat yo'li'' ma'nosini anglatuvchi sport nima deb nomlanadi?
Azizlar mana sizlarga savollar taqdim etildi.Qani shoshilining 0973 qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qiling va ajoyib sovg'alarni qo'lga kiriting...
Do'stlaringiz bilan baham: |