Ekologik omillar. Reja: Muhit tushunchasi. Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar. Ekologik sistemalar



Download 89,63 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi89,63 Kb.
#924728
  1   2   3
Bog'liq
ekologik omillar


Ekologik omillar.
Reja:
1. Muhit tushunchasi.
2. Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar.
3. Ekologik sistemalar.
4. Ekosistemalarda moddalar almashinuvi.

1 . Muhit ekologik tushuncha bo'lib, u kompleks tabiiy elementlar va voqealardan tashkil topgan. Shu muhitda tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. Muhit – organizmlarni o'rab turgan jamiki tabiiy ekologik omillardir (havo, yorug'lik, tuproq va b.q.).


M uhit elementlari organizmlar holatiga, o'sish, rivojlanish, ko'payish, tarqalishiga to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa ikkilamchi omil sifatida ta'sir qiladilar. Har bir organizmning muhiti ko'plab organik va anorganik elementlardan hamda inson faoliyatidan kelib chiqadigan sun'iy elementlardan tashkil topadi. Muhitning bir elementi ma'lum organizm uchun zarur bo'lsa, ikkinchisining bor yoki yo'qligi uning uchun ahamiyati yo'q. Muhitdagi uchinchi element esa oarganizm uchun zararli bo'lishi mumkin.
Muhitning o'ziga xos xususiyatlari evolyusion rivojlanishning uzoq davrlarida ham o'zgarmay qolgan. Bunga erninng tortish kuchi, quyoshdan kelayotgan radiasiya, okean suvlari tarkibidagi tuz miqdori va atmosferannig tarkibi kabilar. Muhitning harakat, namlik, shamol, ozuqa, yirtqichlar, parazitlar, raqobat kabi omillar vaqt bo'yicha ham, fazoda ham o'zgarib turadi va shu ko'rsatilgan muhit omillarida turg'unlik bo'lmaydi. Masalan, harorat Yer yuzasida fasllar davomida, hattoki kun davomida ham o'zgarib turadi, lekin okeanning chuqur joylarida, g'orlarda harorat doimiydir. O'simlik, hayvonlar va insonlarda uchraydigan parazitlar ozuqaning ko'p v a doimiy muhitida yashasa, yirtqichlar uchun ozuqa o'zgaorib turadi va u o'ljaning oz-ko'pligiga bog'liq bo'ladi.
Keyingi vaqtda ekologiyada «tashqi muhit» atamasi ham ishlatilmoqda. Tashqi muhit – tabiiy kuch va voqelikning yig'indisi, uning moddalari, energiyasi, tarqalishi, inson faoliyatining turli ob'ektiv va sub'ektiv qirralari bo'lib, ularning ba'zilari bir-birlari bilan aloqada bo'lmasligi ham mumkin.
Atrof muhit atamasi tashqi muhit tushunchasining aynan o'zi bo'lib, ob'ekt yoki sub'ekt bilan to'g'ridan-to'g'ri munosib bo'ladi. Atrof muhit tushunchasini biologi olim Ya. Yaksol (1864-1944) ekologiyaga va uni qo'yidagicha ta'riflagan: «Tashqi dunyo», u tirik organizmlarni o'rab turgan, ularni sezgi organlari, hayvonlarni harakat organlari orqali ta'sir qilib, maxsus hususiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Har bir sub'ekt huddi o'rgimchak to'rining tolalari kabi tashqi mhitning u yoki bu xususiyati bilan bog'langan murakkab to'r hosil qilib, o'zining hayotchanligini ta'minlaydi.
« Atrof muhit» tushunchasi ingliz tilida (environment) o'tgan asrning 60 yillarida ko'llanilgan bo'lsa, nemis tilida (umewelt) faqat keyingi yillardagina eng tarqala boshladi. Rus tilida «tashqi elementlar» tushunchasi rus evolyusionst olimi K.F. Rule (1814-1858) tomonidan qo'llanilgan.
Organizmlarni bevosita o'rab turgan keng ma'nodagi tushuncha – yashash muhiti (sharoiti) – ayrim organizm yoki biosenozni abiotik va biotik omillar yig'indisi ta'sirida organizmning o'sadigan va ko'payadigan joyidir. Masalan, o'tloqlarda, u erdagi ekologiyada to'rtta yashash muhiti farqlanadi:
1. suv
2. tuproq
3. yer-havo
4. tirik organizmlar tanasi
T urli tuman rangda gullayotgan o'simliklar, ularning ko'rinishi va hidini, o'simliklar ichida o'sib yurgan asalarini har xil qabul qilamiz. Bazi hayvonlarning sezgi organlari shunchalik kuchli bo'ladiki, ular insonlar qabul qla olmaydigan hidni, tovushni va boshqa tabiiy holatlarni qabul qiladilar.
2. Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar. Har bir organizm o'zi yashab turgan muhitda bir vaqtning o'zida har xil iqlim, tuproq va biotik omillar ta'siriga ta'siriga uchraydi. Tirik organizmlarni individual rivojlanish jarayonining bir fazasi davrida to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladigan muhit elementlariga ekologik omillar deyiladi. Bunday ayrim muhit omillari, ya'ni dengiz sathiga nisbatan bo'lgan balandlik, dengiz va ko'llarning chuqurligi istisnodir. Sababi balandlikning organizmga ta'siri harorat, quyosh radiasiyasi, atmosfera bosimi orqali borsa, suv chuqurligining organizmga ta'siri bosim va yorug'likning kamayishi sababli yuzaga keladi.
E kologik omillar tirik organizmlarga quyidagi ta'sir ko'rsatadi:
1. Ayrim turlarni ma'lum hududdan siqib chiqaradi va ularing jo'g'rofik jihatdan tarqalishining o'zgarishiga olib keladi.
2. Har xil turlarning rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatib, ularning ko'payishi va nobud bo'lishini o'zgartiradi, bir joydan ikkichi joyga ko'chib populyasiya va biosenozlar zichligiga ta'sir qiladi.
3. Organizmlarda moslashish xususiyatlarini keltirib chiqaradi, ularda ichki (modda almashuv) va tashqi o'zgarishlarni tarqoq, guruh bo'lib tarqalishi, qishga va yozgi tinim davri, fotodavr reaksiyasining kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Muhit omillarini ta'siri vaqt bo'yicha ham o'zgarib turadi. Chunonchi, kun davomida yoki yilning fasllari bo'yicha, dengiz va okea to'lqinlarining muntazam va doimiy o'zgarib turishi, ekologik omillarning kutilmagan holda o'zgarishi yoki aniq davrlar ichida bo'lmasligi, turli yilllarda ob-havoning har xil kelishi, tabiiy ofatlar – dovul, kuchli bo'ron, suv bosishi, sel kelishi, er selkinishlari, vulqonlar ta'sirida o'zgarib turadi.
Tabiiy muhitda uchraydigan omillarni quyidagi uchta asosiy ekologik guruhga ajratish mumkin:
1. abiotik
2. biotik
3. antropogen omillar.
1. Abiotik omillar – organizmlarga ta'sir qiladigan anorganik muhitning kompleks omillaridir. Bu kimyoviy (atmosfera, suv, tuproq va loyqa), fizik yoki iqlim (harorat, bosim, yorug'lik, namlik, yog'in, shamol) omillariga bo'lishi mumkin. Yer yuzasining tuzilishi (relefi), geologik va iqlim omillari (geomagnit maydoni), kosmik nurlar, radiaktivlik), abiotik omillarning xilma-xilligi, turli tabiiy ofatlar (bo'ron, suv bosishi, erning silkinishi, qo'rg'oqchilik) va ularning tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishi va muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega.
2. Biotik omillar – muhitda uchraydigan tirik organizmlarning hayot faoliyatida bir-birlariga qiladigan ta'siri va ular o'rtasidagi munosabatlardan iborat bo'lib, ular tirik organizmga, uni o'rab turgan boshqa boshqa tirik jonzotlarga har xil ta'sir qiladi.
3. Antropogen omillar – inson hayot faoliyatining organik dunyoga ta'siri. Jamiyatning rivojlanishi bilan insonning tabiatga ta'sir qilishining yangi-yangi xillari kelib chiqib, atrof muhitda salbiy ekologik o'zgarishlar seziladi.
3. Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri ekologik sistema tushunchasidir. Tirik organizmlar jamoasi va ularning yashash muhitini o'z ichiga oladigan funksional sistema ekologik sistema deyiladi. O'rmon, cho'l, o'tloq, suv havzasi va boshqalar ekosistemaga misol bo'la oladi. Ma'lumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashganlar. Bunday uzviy bog'lanishlar biogeosenozlarni tashkil etadi. Biogeosenoz umumiy, tabiiy kompleks biogeosenozning birqismidir. Ekosistema tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologik A. Tensli tomonidan kiritilgan. Biogeosenoz (bios-hayot, geo – Yer, senoz – umumiy, jamoa) tushunchasini esa rus botanik olimi, akademik V.N. Sukachev taklif etgan. Shunday qilib, biogeosenoz (yoki ekosistema) deyilganda o'zaro ichki qarama-qarshiliklar birligi asosida doimo harakatda va rivojlanishda bo'lgan, o'ziga xos modda va energiya almashinuvi hamda tabiatning boshqa hodisalari bilan Yer yuzining muayyan qqismida bir xil tabiiy hodisalarning bir-birlari bilan o'ziga xos tarzda ta'sir etuvchi birikmalar yig'indisi tushuniladi.
Biogeotsenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog' jinslari, o'simlik va hayvonot dunyosi (o'simlik, hayvonlar, zamburug'lar, mikroorganizmlar) biotsenoz deb atalib, muhit esa ekotop deyiladi. Ekotop o'z navbatida klimatop (atmosfera), gidrotop (gidrosfera) va edafatop (tuproq) degan tarkibiy qismlardan iborat.
Biogeotsenoz va ekositema atamalarining tushunchasi bir-biriga yaqin, lekin bir-birini qaytarmaydi. Ular to'la o'xshash emas, ikkala holatda ham tirik organizmlar va ular guruhlarining yig'indisi, bir-birlari va muhit bilan munosabatni ifodalaydi.
V.N. Sukachevning fikricha, biogeotsenoz, bu tirik organizmlarning yashash muhitiga oddiy to'planishi va muhit bilan doim muloqotdagi o'ziga xos yashash formasidir. Biogeosenozlar Yer yuzining har xil joyida hosil bo'lishi mumkin.
Ekosistemalar komponentlari va ulardagi mavjud jarayonlar, biologik tirik, energiya kelishi va moddalar almashinishdan iborat. Bu Yerda quyoshdan kelayotgan energiya bir tomonga yo'nalib, biologik tirik tomonidan o'zgarib, sifat jihatdan murakkab organik moddaga o'tadi va energiyaning konsentrlashgan formasiga aylanadi.
Hamma ekosistemalar va biosfera ham ochiq sistema hisoblanadi. Biosferaga kiradigan ekosistemalar energiya kelishi, unga organizmlar immigrasiyasi va emigrasiyasi qilishida energiya kirishi va chiqishida o'zini boshqarib turadi.
4. Ekosistemalarda materiyaning bir formasidan ikkinchi formaga o'tishi, kimyoviy moddalarning biosferada aylanishi, ya'ni tashqi muhitdan organizmga va undan tashqariga o'tishi elementlarni doimiy sirkulyasiya qilishi natijasida yuzaga keladi. Bu holatlar katta yoki kichik berk aylanma holati bo'lib, u biogeoximik sikl deb ataladi. Hayotga kerakli elementlar, moddalar va noorganik birikmalar harakati ozuqa elementlarining aylanishi deyiladi. Har bir moddaning aylanishiga ikki holat ajratiladi: 1) Rezerv fondi – nobiologik komponentlaridan hosil bo'lgan, sekin harakat qiluvchi moddalarning ko'p massasi; 2) Harakatchan yoki almashinadigan fondi – bu kichik, lekin aktiv modda, uning uchun organizmlar o'rtasida va ularni o'rab turgan muhitda tez almashish xarakterlidir.
Tabiatda uchraydigan 90 dan ortiq elementlarning 30-40 tasi tirik organizmlar uchun kerak va shu moddalar organizmlar protoplazmasida bioximik sintez jarayoni zarurdir. Ular ichida eng kerakli – uglerod, azot, vodorood, kislorod, fosfor kabilar bo'lib, boshqalari uncha ko'p bo'lmagan holda talab qilinadigan kalsiy, temir, kaliy, magniy elementlaridir. Bu elementlar vaqti-bilan tirik materiyadan noorganik materiyaga o'tib, ma'lum darajada murakkab bioximik sikllarda qatnashadi.
Biogeoximik sikllarning gazsimon moddalar va cho'kma sikllar aylanishiga bo'linishi va shu sikllarning bir turida uglerod, azot yoki kislorod qatnashadi. Ular uchun atmosfera yoki okean kabi katta fondlar bo'lib, shu fondlarga gazlar miqdori buzilsa, tezda to'ldirib turadi. Masalan, bir joyda CO2 ning ortiqcha to'planishi, havo to'lqinlari bilan tezda tarqatib yuboriladi yoki o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi va dengizlarga yutilib karbonatlarga aylanishidan domi bir darajada (0,03%) bo'ladi.
Cho'kma sikllarda fosfor, temir, magniy kabi elementlar qatnashib, ular o'z-o'zlarining miqdorini boshqara olmaydi, chunki ular kam aktiv va kam harakatli Yer qobig'ida joylashgan. Yerda hayot paydo bo’lgandan buyon tirik organizmlar tashqi muhitdagi har xil o’zgarishlar ta’siriga duch keladi.
Bizning ona sayyoramizda mavjud bo’lgan xayvonlar, o’simliklar xamda hayot kechirayotgan boshqa organizmlar yoki jonzotlarning soni, serobligi va geografik tarqalishiga bevosita yoki bavosita ta’sir ko’rsatuvchi har qanday tashqi omillar ekologik omillar deb ataladi.
O’z tabiatiga ko’ra, shuningdek, tirik organizmlarga ko’rsatadigan ta’siri bo’yicha ekologik omillar juda xilma-xildir. Muhitning barcha omili shartli ravishda uchta katta guru’ga ajratiladi. Bular abiotik, biotik va antropogen omillardir.
Abiotik omillar - bu notirik tabiat omillaridir
Iqlimiy omillar: quyosh nuri, harorat, havo namligi.
Maxalliy omillar: Relpef, tuproq xossalari, sho’rlik, oqim, shamol, radiatsiya va boshqalardir.
Bu omillar organizmga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladi. Masalan, yorug’lik va issiqlik bevosita ta’sir ko’rsatsa, Relpef bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar - yoritganlik, namlik, shimol va boshqalarning ta’sirini belgilaydi.
Biotik omillar - tirik organizmlarning bir-biriga o’zaro ta’siri majmuidir. Ular turli shaklda ta’sirlashishi mumkin. (masalan, o’simliklarning xasharotlar bilan changlanishi, bir turdagi organizmlarni boshqalarining yeyishi, resurslarning u yoki bu turi oziq, fazo, yorug’lik va boshqalar uchun organizmlar o’rtasidagi raqobat, parazitizm va boshqalar). Biotik o’zaro munosabatlar juda murakkab va o’ziga xos xarakterga ega. SHuningdek, ular bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin.
Antropogen omillar - bu inson faoliyatining shunday shakliki, ular artof-muhitga ta’sir etib, tirik organizmlarning yashash sharoitini o’zgartiradi yoki xayvon va o’simliklarning ayrim turlariga bevosita ta’sir qiladi. Eng muxim antropogen omillardan biri muhitning ifloslanishi ‘isoblanadi. Boshqacha aytganda, antropogen omil inson va uning xo’jalik faoliyatining tirik organizmlarga va butun tabiatga turli xil ta’sirlari majmuini tashkil etadi.
Ekologik omillarning organizmga ta’sir etish xarakteri xilma-xil bo’lsa-da, lekin ularning barchasi uchun bir necha umumiy qonuniyatlar mavjuddir.
Ekologik omillar organizmga juda kuchli (maksimum), juda kuchsiz (minimum), ijobiy (optimum) ta’sir etishi mumkin. Omillarning qulay (ijobiy) ta’sir optimum deb ataladi. Undan uzoqlashilgan sari omillar noqulay ta’sir etadi. Masalan, ma’lum haroratlar (16o-38o) o’simlikning o’sish-rivojlanishi uchun qulay, undan yuqorisi noqulay ‘isoblanadi. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’siri organizmning nobud bo’lishiga olib keladi.
Muhitning biror omilga keng doirada moslashgan turlari "evri" old qo’shimchasini qo’shish yoki tor doirada moslashgan turlari "steno" qo’shimchasini qo’shish bilan nomlanadi. Masalan, evriterm, stenoterm (temperaturaga nisbatan), evrigal, stenogal (shurlanishga nisbatan), evribat, stenobat (bosimga nisbatan) va ‘okazo. Organizmning omilga nisbatan kritik nuqtalar orasidagi chidamlilik chegarasi uning ekologik valentligi deyiladi. Turli ekologik omillarga nisbatan ekologik valentliliklar yig’indisi turning ekologik spektri deyiladi. Masalan, o’simlikning sho’rlik, qurg’oqchilik va yuqori temperaturaga moslashuvi uning ekologik spektrini tashkil etadi.
Har bir omil organizmning har xil funktsiyalariga turlicha ta’sir etadi. Bir hayot faoliyati uchun optimum ta’sir ikkinchi bir jarayon uchun maksimum bo’lib ‘isoblanishi mumkin. Masalan, 40-45oS temperatura sovuq qonli xayvonlarda modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi, ammo bunda ularning faolligi susayadi. Bu ‘olda ular uxlaydi.
Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik chegarasi, optimum, minimum zonalari to’g’ri kelmaydi.
Biror-bir omilga nisbatan chidamlilik darajasi uning boshqa omillarga chidamliligini ifodalamaydi.
Ayrim turlarning ekologik spektrlari xam bir-biriga to’g’ri kelmaydi.
Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi va bir omilning ta’siri boshqa omilning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Bu omillarning o’zaro ta’sir qonuniyati deyiladi.
Organizmning ma’lum sharoitda yashashi quyi darajadagi omil bilan belgilanadi. Masalan, cho’lda organizmning keng tarqalishiga suv va yuqori harorat cheklovchi omil bo’lib ‘isoblanadi.

Download 89,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish