MUNDARIJA:
1.KIRISH……………………………………………………………………………2
2.ASOSIY QISM……………………………………………………………………..4
2.1. Korxonalarda boshqaruv tizimi……………………………………………….4
2.2. Boshqarish nazariyasi va ma'muriy huquq nazariyasi………………………8
2.3. Davlat va nodavlat boshqaruv. Ajratib turadigan xususiyatlar……………..17
3.Xulosa……………………………………………………………………………….37
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………………38
Kirish
Ijtimoiy mehnat munosabatlarini amalga oshirishda mehnat omillaridan oqilona va samarali foydalanish hozirgi zamon iqtisodiy taraqqiyotining muhim sharti bo‘lib, mehnatni tashkil etish va boshqarish har qanday faoliyatning doimiy ravishda amal qiluvchi omilidir. Har qanday zamon hamda inson faoliyati olib borilayotgan barcha sohalarda texnika va texnologiyalar bilan qurollanish darajasi bilan barobar ravishda yaxshi tashkil etilgan mehnat yuqori natijalarga erishishni ta’minlab kelgan. Har qanday jamiyat taraqqiyoti, qaysi sohada bo‘lishidan qat’iy nazar, yetuk va barkamol mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan siyosat bilan o‘lchanadi hamda unga shu nuqtai nazardan tegishli baho beriladi. Kelajakda yuqori marralarni egallashni oldinga maqsad qilgan O‘zbekiston birinchi navbatda, iqtisodiyoti kundan-kunga yuksalib, xalqaro maydonda munosib va salmoqli o‘rin egallab bormoqda. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashgan holda mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasida mehnat munosabatlari sohasida iqtisodchi malakasiga (kasbiga) ega bo‘layotgan har bir bitiruvchi, o‘qish davomida o‘ta yuksak maqsadlarni ko‘zlab, xalq va Vatan manfaatlarini, talablarini o‘ylab, o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlardan mukammal bilimga ega bo‘lmoqdalar. Iqtisodchilar tayyorlashdagi shunday iqtisodiy fanlardan biri «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fanidir. Bugungi kunda nafaqat ishning o‘zini, balki uning ko‘zini biladigan yetuk mutaxassislar – o‘zlari tanlagan sohaning mohir ustalari bo‘lgan yosh avlodni jahon andozalariga mos ravishda tayyorlash zamon talabidir. «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fani talabalarning mehnatni tashkil etish, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, ish vaqti sarflari, ularni rejalashtirish, mehnatni normalash usul va uslublari bilan bog‘liq bo‘lgan ham nazariy, ham amaliy bilim saviyalarini yanada oshirishga qaratilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlar sharoitida har bir korxona va tashkilotda xodimlar mehnat faoliyatining eng samarali bo‘lishini ta’minlovchi shart-sharoit yaratish maqsadida mehnatni atroflicha o‘rganish, takomillashtirish va har tomonlama asoslangan mehnat normalarini belgilashning nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqish hamda ish vaqtidan samarali foydalanish asosida mehnat unumdorligini o‘stirish imkoniyatlarini qidirib topish muhim ahamiyatga egaligicha qolmoqda. 4 E’tiboringizga havola qilinayotgan ushbu o‘quv qo‘llanmada «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fani bilan bog‘liq bo‘lgan qator amaliy va nazariy masalalarning mohiyati ochib berilgan, fanning predmeti va mazmuni, mehnatni tashkil etish va uning shakllari, taqsimoti, kooperatsiyasi, ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish, rejalashtirish, mehnatning usul va uslublarini takomillashtirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat intizomi, uni mustahkamlash yo’llari, ishlab chiqarish jarayoni, ish vaqti sarfining turkumlanishi, uni kuzatish uslublari va mehnat normalari kabi ijtimoiy muammolar keng yoritilgan. Ba’zi masalalarni O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanish davridagi o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda va xorijiy davlatlar iqtisodiyoti bilan taqqoslash orqali bayon etishga harakat qilingan. O‘quv qo‘llanmada bayon qilingan ma’lumotlar talabalarga mehnatni tashkil etish, uni boshqarishning asosiy nazariy qoidalari hamda usul va uslublarini egallashga ko‘maklashadi, bo‘lajak iqtisodchilar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi faoliyatida ulardan ijodiy foydadanishlariga imkon beradi. «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlarida iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar bilan bir qatorda, shu soha muammolari bo‘yicha izlanishlar olib borayotgan ilmiy xodimlar va amaliyotchilar hamda professor-o‘qituvchilar ham foydalanishlari mumkin.
ASOSIY QISM
Do'stlaringiz bilan baham: |