7-Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja



Download 295,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana08.06.2022
Hajmi295,83 Kb.
#644378
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 Mavzu Mustaqillik yillarida O'zbekistondagi ma'naviy va madaniy (1)



7-Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. 
Reja: 
1.
Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. 
2.
Tarixiy xotiraning tiklanishi 
3.
Mustaqillik yillarida madaniyat va san’atning rivojlanishi. 
4.
Millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlik. 
1. Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot 
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi ko’p jihatdan 
fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda 
ularning qay darajada qondirilishiga bog’liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o’tgan 
tarixan qisqa muddat ichida ro’y bergan holatlar jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-
ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o’zgarishlar bizga sovet mustabid tuzumi hamda 
istiqlol yillarida O’zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon 
beradi.
O’tish davri mashaqqatli va sinovli yillar bo’lib, barcha sohalarda islohotlar olib borildi va 
davom ettirilmoqda. Ayniqsa, ma’naviy hayotimizda asrlarga barobar ulkan ezgulik ishlari amalga 
oshirilmoqda.
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. 
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan, 
qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari 
qadrsizlanishga mahkum bo’lgan. Ayniqsa, Rossiya imperiyasi va sovetlar tuzumi davrida milliy 
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz 
qadrsizlantirildi, ko’plab masjid-u madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, 
qarovsiz qoldi. 
O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy 
ma’naviy merosimizni tiklash va rifojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati 
darajasiga ko’tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-
ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi. 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, “Moddiy 
islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham 
amallab turish mumkin. Ammo ma’naviy islohotlar – qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, 
qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish – bundan 
og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda”. 
Shu borada “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil qilish va ularning ish 
samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994 yil 23 apreldagi va keyingi Prezident farmonlari 
Respublikada ma’naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. 
O’zbekiston Prezidentining 2000 yilning 2 iyunidagi Respublika ma’naviyat va ma’rifat 
kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi yangi farmoni mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy 
islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini 
xalqimiz ongi va qalbiga singdiri borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim 
dastur bo’ldi.
Milliy istiqlol g’oyasi va mafkuraviy masalalar. 
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish 
sohasidagi eng asosiy vazifa milliy istiqlol g’oyasini shakllantirish va odamlar ongiga 
singdirishdan iboratdir.
1993 yil 23 aprel kuni O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bir 
guruh adiblar bilan suhbatda milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish zaruratini asoslab berdi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiniing XII sessiyasida 1993 yil 7-may kuni nutq 
so’zlab, I.Karimov quyidagilarni ta’kidladi: “Milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning azaliy 
an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat
insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim. 


Shu bilan birga, bu g’oya xalqimizda o’zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, 
umuminsoniy qadriyatlarga asosslanib, jahon hamjamiyatidagi taraqqiy topgan davlatlar orasida 
teng huquqli asosda munosib o’rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog’i kerak”. 
I.Karimov O’zbekistonning milliy istiqlol g’oyasini yaratish tashabbuskori va ijodkori 
bo’ldi. Milliy istiqlol g’oyasining ma’no-mazmunini ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot 
barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, 
ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglikni ta’minlash kabi insonparvar 
tamoyillarni o’zida uyg’unlashtirgan holda shakllandi. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy 
maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, deb belgilandi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini 
mustahkamlash, milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, 
yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va 
mas’uliyat hissini oshirish, yot g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga 
yo’naltirilgan targ’ibot tizimi shakllandi. Bu jarayonda Ma’naviyat targ’ibot markazi, uning 
joylardagi tuzilmalari hamda Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan muayyan 
ishlar amalga oshirilganini qayd etish lozim. 
Ma’lumki, bizning davlatimizda hyech bir mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi 
mumkin emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g’oyalar xilma-xilligini 
saqlagan holda, ularni bir-biri bilan kurashishga, bahslashuviga, har qanday partiya, harakat, har 
qaysi inson, fuqaroning fikrini erkin ifoda etish va uni himoya qilishga ziyon va tazyiq 
ko’rsatmasligiga yo’naltirilgan.

Download 295,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish