2.1.Korxonalarda boshqaruv tizimi.
Mehnat resurslari 16 yoshdan oshgan, doimiy ishlaydigan yoki ish qidirayotgan fuqarolarni o’z ichiga oladi.
Korxona mehnat resurslari yoki kadrlari ushbu korxonada faoliyat ko’rsatuvchi barcha kasbiy-malakaviy guruh xodimlaridir, korxona faoliyati natijalari va uning raqobatbardoshligi ko’p jihatdan ulardan oqilona va samarali foydalanishga bog’liq. Bozor munosabatlari sharoitida kadrlar potentsialining ahamiyati shundan iboratki, u inson omili sifatida ishlab chiqarishda boshqa qolgan resurslarni bir-biriga bog’laydi, qarorlar qabul qiladi va tavakkalchilik qobiliyatlariga ega, moliya va moddiy omillar holatini belgilab, natijada korxonaning bozordagi mavqeini, uning raqobat ustunligi va tijoriy yutug’ini ta’minlaydi.
Mehnat munosabatlari korxona faoliyatida muhim va murakkab hisoblanadi. Qanchalik texnika darajasi yuqori va takomillashgan bo’lmasin, korxona samaradorligining o’sishida hal qiluvchi kuch – bu munosib insoniy resurslar ya’ni kadrlardir.
O’ta murakkab texnik va ishlab chiqarish muammolarini yechishda ko’pchilikni bir-biri bilan bo’lgan harakatini ta’minlash har bir xodimning umumiy natijaga rag’batlantirish va ishga ongli yondashuvisiz mumkin emas. Aynan insoniy kapital raqobatbardoshlik, iqtisodiy o’sish va samaradorlik garovidir.
Korxona samaradorligini o’sishida insoniy faktor ta’sirining asosiy jihatlari quyidagilardir:
kadrlarni tanlash va ko’tarish;
kadrlarni tayyorlash va ularni uzluksiz o’qitish;
xodimlar mehnatini moddiy va ma’naviy baholashni takomillashtirish.
Xodimlarni tanlash va ko’tarilishida ikkita omil mavjud:
yuqori malaka va o’qishga bo’lgan qobiliyat;
hamkorlikka moyillik va muomala tajribasi.
Kadrlarni o’qitish, doimiy takomillashtirish, ishchi kuchidan oqilona foydalanish imkoniyati, unumsiz sarflarni kamaytirish uchun zamin yaratadi.
2. Mehnat resurslarining sifat va miqdoriy tavsifi.
Korxona mehnat resurslari (kadrlari) har bir korxonaning asosiy resursi bo’lib, ishlab chiqarish moddiy elementlarini harakatga keltiradi, mahsulot, qiymat va foyda ko’rinishidagi qo’shimcha mahsulotni yaratadilar.
Korxona personali ma’lum sifat, miqdoriy va strukturali tavsiflarga ega bo’lib, ular quyidagi absolyut va nisbiy ko’rsatkichlarda aks etilganlar:
korxona yoki uni bo’limlari, alohida kategoriya guruhlar xodimlarining ma’lum muddatdagi ro’yxat va hozirgi soni;
ma’lum muddatda korxona yoki uni ishchi bo’limlari xodimlarining o’rtacha ro’yxat soni;
alohida bo’limlar xodimlarining umumiy sonidagi ulushi;
ma’lum davr mobaynida korxona xodimlari sonining o’sish sur’atlari;
korxona ishchilarining o’rtacha razryadi;
xodimlarni qabul qilish va bo’shatish bo’yicha kadrlar qo’nimsizligi.
Mehnat resurslarining sifat tavsifi korxona maqsadlari va bajaradigan ishlari amalga oshirilishi uchun xodimlarning kasbiy va malakaviy jihatdan mos kelish darajasi bilan belgilanadi.
Bajaradigan funktsiyalariga qarab korxona xodimlari ikki guruhga bo’linadilar:
sanoat ishlab chiqarish xodimlari, ya’ni ular asosiy ishlab chiqarish faoliyatida band bo’lganlar va mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’ladilar;
nosanoat xodimlar - bular korxona balansidagi yordamchi xo’jaliklar, uy-joy xo’jaligi, tibbiyot va sog’lomlashtirish muassasalari, o’quv yurti va kurslar, maktabgacha ta’lim va madaniy muassasalar, savdo xodimlaridir.
Sanoat ishlab chiqarish personaliga asosiy, yordamchi,hizmat ko’rsatuvchi tsehlar xodimlari, korxona balansidagi ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik, texnologik muassasa va labaratoriya, korxona boshqarma, ta’mirlash xizmati xo’jaliklarining xodimlari kiradi.
Ishchilar kategoriyasiga bevosita moddiy boyliklarni yaratuvchi, asosiy vositalar ta’mirini amalga oshiruvchi, yuklarni harakatlantiruvchi shaxslar kiradi.
Xizmatchilar guruhi quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:
raxbarlar;
mutaxassislar;
yordamchi texnik personal.
Rahbarlarga korxona rahbarlik lavozimlarini egallaganlar, ularni muovinlari va bosh mutaxassislar kiradi.
Mutaxassislar kategoriyasiga muhandis texnikaviy, iqtisodiy, buxgalterlik, yuridik ishlar bilan shug’ullanuvchi shaxslar kiradi.
Yordamchi texnik xodimlar hujjat tayyorlash va tuzish, hisob va nazorat, ish yuritish ishlari bilan band bo’lgan agentlar, kassirlar, ish yurituvchilar, hisobchilar, statistlar va boshqalar kiradi.
Boshqaruv turlari
Boshqaruvning uch turi mavjud: texnik, biologik, ijtimoiy:
1) texnik - texnik qoidalar (fizik, matematik) asosida ob'ektlarni boshqarish, masalan, mashinalarni boshqarish, murakkab mashinalar va hk.;
2) biologik - tabiat qonunlarini, turli organizmlarning rivojlanish qonuniyatlarini (parrandachilik, naslchilik, chorvachilik va boshqalar) hisobga olgan holda biologik jarayonlarni boshqarish;
3) ijtimoiy - odamlarni boshqarish. Bunday holda, nazorat qilish ob'ekti sifatida har ikkala guruh (mehnat jamoasi, talabalar va boshqalar) va alohida odamlar ham harakat qilishlari mumkin. Keng tarkibda odamlar guruhlarining birlashishi (mehnat jamoalari, jamoat birlashmalari, millatlar va boshqalar) hukumat tomonidan tuzilishdagi eng qiyin hisoblanadi. Bu umuman menejment tarkibidagi asosiy tarkibiy qism bo'lgan ijtimoiy menejment. Ijtimoiy menejmentning xususiyatlari quyidagilar:
a) ob'ekt har doim shaxs yoki odamlar guruhidir;
b) ijtimoiy boshqaruv jarayonida vujudga keladigan munosabatlar tartibga solingan, huquqiy xarakterga ega;
v) ijtimoiy menejment majburiy emas, ixtiyoriy xarakterga ega, ya'ni boshqaruv sub'ektlarining irodasi va ularga maxsus huquqlar berish ustuvorligi asosida amalga oshiriladi;
d) boshqaruvning maxsus sub'ekti - hokimiyat yoki boshqa vakolatli shaxs.
Boshqaruv turlari:
holat;
jamoaviy - kollektiv darajadagi tartibga solish;
oila.
Davlat boshqaruvi - bu ijtimoiy boshqaruvning bir turi bo'lib, uning faoliyati huquqning maxsus tarmog'i - ma'muriy huquqning shakllanishi bilan bog'liq. Ma'muriy huquqni qo'llashning asosiy sohasi - aniq hukumat.
Do'stlaringiz bilan baham: |