Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Ishning umumiy hajmi 80 bet.
I bob. Premchand Munshiy va “Gaudan” romani tarjimasi
Premchandning Munshiyning hayoti va ijodi haqida
Hindiston qadimdan ertaklar mamlakati sifatida e’tirof etiladi. Uning afsona, rivoyat vaertaklari har doim dunyo e’tirofida bo‘lgan. Qadimda yaratilgan “Veda”lardan tortib “Panchatantra” gacha butun olam ahli sevib o‘qilgan va o‘qilmoqda. Hind adabiyoti o‘zi xosligi bilan barcha zamonda ham ajralib turadi.
O‘tgan asrda yashab ijod qilgan ko‘plab hind yozuvchilarini butun dunyo taniydi va hozirga qadar ularning asarlari kitobxonlar tomonidan sevilib mutolaa qilinadi va ularga aloqador ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
XX asr hind adabiyoti –hozirgi zamon ko‘p millatli bir butunlik va bir makondan iboratdir, unda e’tiqodlar, an’analar va ma’naviy qadriyatlar yonma-yon yashaydi. Mana shu narsa hudud, til va an’analarga ko‘ra tafovutlar bo‘lishiga qaramay, umuminsoniy maqomni tarannum etuvchi yaxlit bir madaniyatga murojaat qilish bilan belgilanadi. Mazkur yaxlitlik mexanik va tashqi emas, konseptual va ichki xarakterga ega. Organik metaforada ko‘p millatli hind adabiyoti yaproqlari orasida ziddiyat yo‘q daraxtga qiyoslanadi, undagi yaproqlar ochiq havoda emin-erkin nafas oladi, ildizlari esa yerga tobora chuqurlashib boraveradi – ikkovi ham hayot va kuch-quvvat manbaiga talpinadi. Hozirgi zamon hind adabiyotidagi asarlar, xususan, hikoyada, g‘oya va mavzuga ko‘ra bosh yo‘nalish hamda problematika mavjud voqelikka bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy qurilishdagi har qanday, hatto sezilar-sezilmas o‘zgarish ham realist yozuvchi nazaridan chetda qolmaydi, bu narsa qahramonlar obrazida, ularning ichki dunyosida aks etadi.XX asr boshlaridagi hind adabiyotida romantizm rivojlandi, u milliy-ozodlik harakatining murakkab ziddiyatli hodisalarini aks ettirdi va shu bilan bir qatorda qadimgi hind diniy-falsafiy an’analarini ham o‘ziga singdirdi. Romantizm asosan she’riyatda namoyon bo‘ldi. Romantizmning qaror topishida Robindronath Thakurning xizmatlari ulkandir. Robindronath Thakurning ijodi Hindiston madaniy taraqqiyotida butun bir davrni tashkil etadi. U butun hind adabiyotini g‘oyaviy-estetik jihatdan boyitdi, insonparvarlik, novatorlik ruhi bilan yuksaltirdi, uning hayot bilan aloqalarining mustahkamlanishi va kengayishiga ko‘mak berdi, yangi badiiy usul hamda yo‘nalishlarning qaror topishiga turtki bo‘ldi. Romantizmning asoschisi Robindronath Thakur o‘zbek kitobxonlariga 1925-yildan beri tanish bo‘lgan dastlabki hind adabidir. Robindronath Thakur ning hikoyalari rus va o‘zbek tillarida 50-yillarda «Sharq yulduzi», «Zvezda Vostoka» jurnallarida chop etilgan. 1958-1965-yillarda esa Tagorning asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, sakkiz jilddan iborat to‘plam shaklida o‘zbek kitobxonlariga tortiq qilingan.30-yillar – Hindistonning tarixiy rivojlanishidagi eng muhim davrdir. Hindistonning barcha hududlarini qamrab olgan umumxalq ozodlik harakati ko‘p millatli hind adabiyotining qaror topish jarayonini tezlashtirdi, ilg‘or an’analar ustun bo‘lgan Hindiston xalqlari adabiyotlarini g‘oyaviy-estetik jihatdan yaqinlashtirdi. Yaratuvchilik va hayotni madh etuvchi gumanist shoir insoniyatni ulkan xavfdan ogoh qildi. Urush va reaksiyaga qarshi kurashda Robindronath Thakur ga Shorotchondro Chottopadhay, Premchand ham qo‘shildilar. Bangal adabiyotida tanqidiy realizmning asoschilaridan biri Chottopadhay Hindistonda ijtimoiy-psixologik roman janrining rivojiga katta ta’sir o‘tkazdi. ShorotchondroChottopadhayo‘z asarlarida o‘sha davr uchun dolzarb bo‘lgan adolat va zo‘ravonlik masalalarini ko‘tarib chiqdi. Hind ijodkorlari ilg‘or chet el tajribasini hind zaminiga olib kirishga harakat qildilar. Hind adabiyotiga yangi qahramonlar, yangi obrazlar, ifoda vositalari va usullari kirib keldi. Hindiston adabiyoti uchun yangi bo‘lgan inqilob kurashchisi – ishchi sinfi vakili obrazi kirib keldi.20-yillarda milliy-ozodlik harakati masalasigina emas, balki Hindistonning ijtimoiy ozodligi mavzusini ko‘tarib chiqadigan adabiy oqim vujudga keldi. Bu oqim 30-yillarda rivoj topdi. Shunday mavzudagi asarlar bangal, hindiy, telugu, tamil, malayalam, marath, gujarat va boshqa adabiyotlarda paydo bo‘ldi. Ilg‘or estetik tafakkur adabiyotning g‘oyaviy va mavzu jihatdan yangilanishiga imkon yaratadi. Bu yangilanish 30-yillarda davr almashishidan dalolat beruvchi janr jihatdan boyish bilan qo‘shilib ketgan edi. Roman, qissa, hikoya, qisqa she’r yanada rivoj topdi. 20-40-yillar tamil she’riyatini mashhur vatanparvar shoir Suppiramaniya Baradiy (1881-1921)ning g‘oya va obrazlari munavvar qilib turadi. Ushbu g‘oyalar Tamilnaduning Pudumeypittan, N. Pichchamurtti, B.S.Ramayya, M.P.Somasundaram (Somu) kabilar ijodida o‘z aksini topgan. Shoir va adib Somuga tanqidiy ruh xosdir. Uning asarlari tamil ziyolilari, mayda savdogarlar turmushiga chuqur kirib borishi bilan ajralib turadi. Ushbu to‘plamga Somuning «Uch xotin» nomli hamda tamil yozuvchisi va davlat arbobi Raja Go‘palachariyaning hikoyasi kiritilgan.Butunko’pmillatliadabiyotni demokratik asosda jipslashtirishda Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar Assotsiatsiyasi (1936) muhim vazifa bajardi. Ushbu Assotsiatsiyani Robindronath Thakur, Premchand, Sh.Chat-topadhayya, Vallathol, S.Nayduva H.Mo‘haniy singari so‘z ustalari qo‘llab-quvvatladilar. Uyushmaning dastlabki raisi Premchand o‘z nutqida Birinchi umumhindiston yozuvchilar tashkilotining vazifalari haqida gapirib, u vazifalar ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalari bilan ruhlangan, hayot bilan bog‘liq adabiyot yaratishdan iborat, deb ta’rif bergan edi. Premchand hind adabiyotida birinchi bo‘lib yozuvchining vazifasi ozodlik uchun kurashda o‘z xalqiga yordam berishdir, deb masalani uzil-kesil qo‘ygan edi.40-yillaming boshlariga kelib tanqidiy realizm deyarli barcha hind adabiyotlarida o‘z mavqeini yo‘qota boshladi. Uning asoschilari Robindronath Thakur va Premchand tomonidan nasrda ko‘tarilgan o‘tkir ijtimoiy masalalar qashshoqlashuv va dehqonlarning kurashi, burjua jamiyatidagi keskinlashib borayotgan ziddiyatlar, mayda burjua ziyolilarining ahvoli hind adabiyotida hali ham asosiy o‘rinni egallab kelmoqda edi. Masalan, Tarashonkor Bandopadhayya «Zamin-ma’bud» (1939), «Kalindiy» (1940) romanlarida bangal dehqonlarining haddan ziyod mashaqqatli turmushini hayratlanarli darajada tasvirlaydi. Muallif keyingi romanlarida qishloqqa kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi, dehqonlarning tabaqalanishini ko‘rsatadi.lngliz tilida ijod qiluvchi adib Mulk Raj Anand Panjob dehqonlar qismatiga bag‘ishlangan keng plandagi realistik romanlar yaratadi. Bular: «Qora suv ortidan» (1940), «Qilich va o’roq» (1942). «Keng qalb» (1945) romanida esa yozuvchi shahar mehnatkashlarining turmushi, Amritsarning hunarmand va ishchilarida sinfiy ongning uyg‘onishi masalalarini tasvirlaydi.M.R.Anandning ulkan ijodiy imkoniyatlari uning 60 yillik ijodida o‘z aksini topdi. 1958-yilda «Zvezda vostoka» jurnalida uning hikoyasi chop etildi. O‘zbek shoiri G‘.G‘ulom adib haqida maqolalar yozdi. Ushbu to‘plamga M.R.Anandning «Tilla bilaguzuk» hikoyasi kiritilgan. 50-yillarda hind she’riyatidagi romantik yo‘nalishning emotsional, lirik jihati kuchaydi. 20-30-yillar lirik she’riyatidan farqli ravishda 50-yillar she’riyati xayoliy, sehrli emas, balki haqiqiy sevgi vabaxtni, tabiat va inson qalbining asl go‘zalligini tarannum etdi. Mana shunday lirika Panjob shoirasi Amrita Pritam ijodiga xos. Uning she’riyati kuchli ehtiroslar, o‘tkir kechinmalarga boy, unda sevgi lirikasi ustunlik qiladi. Amrita Pritam yuz minglab hind ayollari nomidan, ularning qismati, ichki dunyosi haqida yozadi. Ularning taqdiridagi hammaga xos umumiy va qonuniy bo‘lgan hodisalar aks etgan.Shoira ijtimoiy ziddiyatlar keskinligini dadil va ayovsiz ravishda ochib tashlaydi, hind jamiyatida yangi axloqiy me’yorlar o‘rnatadi. Buni «Nomalar» (1956) va «Mushk» (1956) to‘plamlaridan ko‘rish mumkin. Ma’naviy jihatdan qoniqmaslik motivlari uning ijtimoiy mavzudagi«Qora atirgul» (1967), «Turmush» (1968) kabi to‘plamlarida aks etgan. Amrita Pritamning prozasi uning lirik she’riyatidagi bosh mavzu chizig’ini davom ettiradi va uni haqli ravishda hind ayoli turmushining qomusi deb atash mumkin. Yozuvchining o‘zgacha iste’dodi «Doktor Dev», «Panjara», «Bir savol», «Emigrant», «Kisavurlar» va boshqa romanlarida namoyon bo‘lgan. AmritaPritamga O‘zbekistonga ham katta hurmat-ehtirom bilan qaraydi. Bu haqda u o‘zining «Xotiralar»i (Dehli, 1962)da yozadi. Adibning «Xotiralar»idagi 7 ta ocherk O‘zbekistonga, to‘plamning o‘zi esa O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaga bag‘ishlangan. Amrita Pritam bilan Zulfiyani yaqin ijodiy va do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Amrita Pritamning «Bhangra» va «Oydin tun» she’rlarini 1958-yilda shoira Zulfiya tarjima qilib nashr etilgan. Mana endi oradan salkam yarim asr o‘tib, o‘sha ikkita she’r yana muxlislar e’tiboriga havola etilmoqda.Amrita Pritam bilan bir qatorda Premchand an’analarining eng yaxshi davomchisi Amritla’l Nagar hind adabiyotiga kirib keldi. Davrni kuchli his etish, yuksak darajadagi fuqarolik mas’uliyati, hind milliy xarakterining yorqin aks ettirilishi – uning asarlariga xos xususiyatdir. 22
Endi bevosita ushbu maktab asoschisi Premchandga to‘xtalsak, u serqirra ijodkor va hind adabiyotini yuksak cho‘qqilarga ko‘targan romannavisdir. Premchand Hindistondagi ziddiyatlarga boy bo‘lgan davrda hindiy va urdu adabiyotida tanqidiy realizm janrida ijod qilishni boshlab bergan adib hisoblanadi. Taniqli hind yozuvchisining taxallusi Premchand bo‘lib, uning asl ismi Dhanpatray Shrivastavdir.Premchand 1880-yilning 31-iyulida Banoras shahri yaqinidagi Lamhiy qishlog‘ida pochta xodimi oilasidaa tug‘ildi, hayot yo‘li anchayin kechgan adib 7 yoshida onadan biroz vaqtdan so ‘ng otasidan judo bo‘lgan. 23Premchand ijodning mashaqqatli yo‘lini bosib o ‘tgan. Uning ilk hikoyasi 1902-yilda nashr etilgan bo‘lib, uni Robindronath Thakur hikoyalaridan ilhomlanib yozgan edi. U vaqt hali Premchand o‘zining uslubiga ega emas edi. Hikoya didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, unda reformatsiya ruhiyatida aks etgan edi.24Premchand Hindistonda ingliz mustamlachilarga qarshi mustaqilliq uchun ko‘rashilinayotgan bir qizg‘in davrda ijod qilgan va Hindiston Milliy ozodlik harakati ishtirokchilari vakillaridan biri bo‘lgan. Bu esa uning vatanparvarlik tuyg‘usini qalbida jo‘sh urib ijod qilishiga turtki bo‘lgan desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Bunga yaqqol dalil 1909-yili uning “Vatanga bo‘lgan muhabbat” nomli hikoyalar to‘plami nashr etilgan. Premchand hind adabiyotiga realizm ruhini olib kirdi. U realizm va tanqidiy realizm janrida urdu, hindiy va urdu tillarida ijod qilgan. Ungacha asar bosh qahramonlari boylar, rojalar va keyinchalik feodallar bo‘lgan bo‘lsa, yozuvchi roman va hikoyalarida bosh qahramonlar oddiy xalq vakillari dehqonlar bo‘lib ularning og‘ir turmushi, hayotning ularga nisbatan nohaqliklari va qiyinchiliklari bilan aslicha gavdalangan. Yozuvchi asarlaridagi soddadil inson obrazi, uning hayotdan chekkan mashaqqatlari o‘zbek kitobxonlarini ham befarq qoldirmaydi. Asalarining asosiy mavzusi asosan qishloq hayot tarzi bo‘lib, maqsadi xo‘rlangan, sodda qishloq odamlari tasviri orqali millat dardini ochib berish edi. Premchand hayotda aslida qanday bo‘lsa, shu holatda kitobxonlarga sodda ravon til bilan yetqazib bergan. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, adib g‘oyalari o‘zbek jadidchilik harakati namoyondalariga juda yaqin. “Hayot – adabiyot asosidir. Aynan ana shu fundament asosida adabiyot deb atalmish devorlar barpo etiladi” deb yozgan Premchand.Premchand asarlari xalq orasida judayam ommalishib ketgan. Bunga sabab nafaqat oddiy xalq hayoti jonlangan yangi janrni dunyoga kelgani, balki asarlarning tili va muallif uslubi ham bo‘lgan. 1914-yilga qadar adib faqat urdu tilida ijod qilgan keyin hind tilida ham yozishni boshlagan. Bunga sabab kitobxonlarning asosiy qismi devanagarini o‘qishni bilishi bo‘ldi. Adib xalq uchun yozgan va zamondosh adiblardan farqli o‘laroq barchaga tushunarli bo‘lishi uchun o‘z ona tilida sodda ravon qilib yozgan. Bu haqida yozuvchi “Mening asarlarim xizmatkorlar uchun emas, balki xalq uchun va barcha aholiga: fabrikalarda xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar, dalalarda ishlovchi dehqonlar uchun ham tushunarli bo‘lishini xohlayman va harakat qilyapman. Shuning uchun ham xalqning og‘zaki tilidagi jargonlar bilan, ya’ni ko‘pchilik “bilimdonlar”ga yoqmaydigan “bilimsizlar” uchun esa estetik zavq beruvchi tilda yozgan” deya e’tirof etadi A.S. Jaffri. Bu so‘zlar to‘liq Premchand asarlariga ham taaluqlidir.25
Premchand tili sodda va ravon maqol, topishmoq yo‘g‘rilgan hikoyalardek bo‘lib muloqat tilda yaratilgani bilan xarakterlanadi. “Uning sodda qisqa gaplari insonni hayratga soluvchi metoforalarga boydir” deb Muhammad Anvar ul Xaq o‘zining عمدہ الانیاب nomli kitobida yozgan. Premchand uchun ko ‘proq qahramonning ichki kechinmalari, ruhiy holati ahamiyatga ega. Uning asarlarida tabiatni ta’riflarini juda kam uchratamiz.26
Premchand yosh ijodkorlar uchun jonkuyar ustoz va yaxshi do‘st bo‘lgan. Barcha undan do ‘stona munosabat va yordam olishi mumkin bo‘lgan. U yoshlarga talabchan, kamtarin va Vatanga muhabbat qo‘yish kerakligini har doim ta’kidlagan. O‘zining yaqin do‘sti, adabiiy tanqidchi Banarsi Dasu Chaturvediga xatida “Hozir hech qanday istagim yo‘q. Yagona orzuim bizning mustaqillik uchun kurashda g‘alaba qozonishimiz. Albatta, yana bir qancha yaxshi kitoblar yozishni istayman, lekin hammasi ozodlik uchun kurashga bag‘ishlangan bo‘ladi” deb yozgan edi27.
O‘z millati xalqini dardini badiiy tasvirlash bilan bir qatorda Premchand rus va yevropa mamlakatlari adabiy olami bilan ham yaqindan tanish bo‘lgan. O‘g‘li Shripat Rayning aytishicha, o‘sha vaqtda Hindistonda mavjuda barcha rus adiblarining asarlarini o‘qib chiqqan. Ayniqsa, Maksim Gorkiy ijodiga alohida e’tibor qaratgan. Jamiyat hayotini boricha ko‘chirish kabi optimik qarashlar uni Gorkiy bilan bog‘lab turadi. So‘nggi publistik nashriy asari ham aynan MaksimGorkiy hayotiga bag‘ishlangan. 1936-yil 8-oktabr Premchand vafotidan so‘ng Hindistonda 600 betlik “Premchand va Gorkiy” nomli to‘plam nashr etildi.28
Premchandning ko‘pgina roman, hikoya va to‘plamlari o‘zbek tiliga hindiy, urdu va rus tillaridan ham tarjima qilingan. Premchandning roman va hikoyalari o‘zbek tiliga Rahmonberdi Muhammadjonov, Amir Fayzullo, Sh.Tolipov, A.Karimov kabi taniqli o‘zbek tarjimonlari tomonidan tarjima qilingan. Hozirgacha yozuvchining “Qismat” (urdu tilida “Godan”, 1962), “Nirmola” (1967), “Najot” (“G‘aban” 1967), “Jang Maydoni” (1985), “Fidoyi” (2003) asarlari ona tilimizga o‘girilgan. Shuningdek, “Sevgi in’omi” romani Amir Fayzullo tarjimasida “Jahon adabiyoti” jurnalida bosilib chiqqan.
Yozuvchi nafaqat romanlar, balki ko‘plab hikoyalar ham yozgan. yozuvchining ko‘pgina hikoyalari ham o‘zbek tiliga tarjima qilingan. “Sharq yulduzi” jurnalida “Yuvoshlik” (1955), “Qamoq” (1958) hikoyalari bosilgan. “Yosh gvardiya” nashriyotida “Mehrigiyo” (1962) va “Adabiyot va san’at” nashriyotida esa “Bir kelin hikoyasi” (1975) kabi hikoyalar to‘plamlari chop etilgan29. Premchandning bir qator hikoyalari hind yozuvchilarining o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar to‘plamlaridan ham joy olgan. “Hind hikoyalari” (1955), “Qizil gullar” (1956), “Hind yozuvchilari hikoyalari” (1958) to‘plamlarida, shuningdek “Otash nafaslar” (1977) kitobiga Amir Fayzullo tarjimasidagi “Najot yo‘li” hikoyasi kiritilgan edi. Ushbu hikoyalar “Chiroq yonar tun bo‘yi” (2006) asarlar to‘plamida qayta chop etildi30. Premchandning “Ikki ho‘kiz” nomli hikoyasi Rahmonberdi Muhammadjonov tomonidan urdu tilidan o‘zbek tiliga o‘girilgan.
Bundan tashqari yirik adabiyotshunoslarning Premchand ijodiga bag‘ishlangan bir qancha maqolalarini ham ko‘rishimiz mumkin. “Sharq yulduzi” jurnalida O.Kolomeytsevaning “Premchand – demokrat yozuvchi” (1951), Yelizarovaning “Ijodiy kamolot cho‘qqisi” (1957) maqolalari, shuningdek 1976-yilda nashr qilingan G‘ofur G‘ulomning 10 tomlik asarlari to‘plamining 8-jildida “Atoqli hind yozuvchisi Premchandning hayoti va ijodi” maqolasi ham juda muhim ahamiyatga ega. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”ning 7 jildida ham boburshunos olim Ansoriddin Ibrohimov “Premchand” haqida qiziqarli maqola e’lon qilgan31. Hozirgi paytgacha Premchand ijodi bo‘yicha bir qator bakalavrlik ishlari va magistrlik dissertatsiyalari yozilgan. Ushbu tadqiqotlar Premchand asarlarini yanada chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi.Shuningdek, Toshmirza Xolmirzayevning bitiruv malakaviy diplom ishlari aynan Premchandning “Gaudan” romanining rus tilidagi tarjimasini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Yuqoridagi dalillar o‘zbek kitobxoni Premchandning hayoti va ijodiga befarq emasligini ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ushbu hind farzandining ijodi zo‘r qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Sanab o‘tilgan tarjimalar, ilmiy maqolalar va ilmiy tadqiqot ishlari fikrimizning isboti bo‘la oladi. Dhanpatroy Shrivastav hindiy va urdu tillarida ijod qilgan hind yozuvchisi, publisisti va senariynavisti hisoblanadi. Adib asosan Munshi Premchand, Premchand taxalluslari ostida ijod qilgan. Premchand asarlarining xalq orasida mashhur va e’tiborli ekanligining yana bir sababi shundaki, uning asarlari qahramonlari timsolida xalqning ijtimoiy va siyosiy muammolari yaqqol aks ettirilgan. Premchand xalqni jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblagan va gumanistik g‘oyalarni singdirish bilan kurashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |