II bob. Premchand Munshiyning “Gaudan” romani tarjimasida milliy xos so‘zlarning berilishi
2.1. Premchandning “Gaudan” romani tarjimasida milliy xos so‘zlarning berilishi
Tarjima – bir tilda yaratilgan asarning o‘zga bir xalq ma’naviy ehtiyojiga xizmat qildiradigan, undan badiiy zavq olish uchun imkoniyat yaratib beradigan kommunikativ vositadir. Tarjima matni ham asliyat matniga teng bo‘lib, u bilan bir yaxlitlik tasavvurini uyg‘otishi lozim. Tarjima nafis san’at bo‘lib, u tarjimondan realistik tarjima prinsiplaridan to‘la xabardor bo‘lishni va tarjima ustida qunt bilan ijodiy mehnat qilishni talab etadi. Tarjimada barkamollikka intilish uzluksiz davom qiladi. Chunonchi, “Faust” tragediyasi rus tiliga o‘ttiz marta, “Hamlet” undan ham ko‘proq, “Igor jangnomasi” esa qirq besh marta tarjima qilingan. Mukammal qilingan tarjima o‘quvchiga rohat bag‘ishlaydi44.
Tarjima jarayonida tug‘iladigan eng muhim qiyinchiliklardan biri bu original asarning milliy ruhini boshqa muhitga ko‘chirishdir. “Milliylik u yoki bu millatning ma’naviy faoliyati va moddiy hayotidagi o‘ziga xoslikdir. Badiiy asarda aks etgan milliy xususiyatlar yig‘indisi adabiyotshunoslikda milliy kolorit deb ataladi. Milliy kolorit bilan bog‘liq bo‘lgan so‘z va atamalar realiyalar boshqacha qilib aytganda milliy mezonga xos so‘zlar deyiladi. “Realiya” lotincha so‘z bo‘lib, buyumga, narsaga oid degan ma’noni bildiradi. Realiyalar asar tilining ajralmas qismi bo‘lib, ular yordamida muallif qahramon obrazini yaratadi, xalqning milliy xususiyatini tasvirlab beradi”45. Malumki, har qanday badiiy asar, birinchi navbatda, shu asar yozilgan tilda so‘zlashuvchi kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanadi. Shu sabali ularda aynan shu xalqqa mansub bo‘lgan ijtimoiy siyosiy, madaniy maishiy turmush tarzi, an’ana, kiyim- kechakka, taom va shu kabiga oid voqea hodisalar bayon qilinadi. Tarjimon bunday asarni tarjima qilishga kirishar ekan, asliyat va tarjima tilidagi pragmatik nomuvofiqliklarni hisobga olib, tegishli o‘rinlarda matnning to‘la tushunilishiga erishishi zarur o‘zgartirishlar kiritishga majbur bo‘ladi.46
Tarjimon tarjima matnida xos so‘zlarning retseptorga tushunarsiz bo‘lmasligi uchun asliyat matni tilida so‘zlashuvchi millatning urf-odatlaridan xabardor bo‘lish darkor. Agar realiyalar tarjima tilida noto‘g‘ri talqin etilsa, tarjimaning umumiy mazmuniga putur yetkazadi. Tarjimalarning birida to‘liq in’ikosini topgan realiyalar ikkinchi bir tarjimada o‘z ifodasini topmasligi mumkin. Ba’zan tarjimalarda mutarjimlar ijodkorlikka beriladi, ayrimlarda sharx va izohlarga keng o‘rin beradi. Asliyat matning mazmunan boshqa asarga aylanishiga sabab bo‘ladi. Xos so‘zlar tarjimasida ularning matnda ishlatilishiga e’tibor qaratish va anglayotgan ma’nolarini nazardan chetda qoldirmaslikka to‘g‘ri keladi. Har bir ifodalanayotgan xos so‘zlar tarjima matnlarida pragmatik muvofiqlikni saqlashi va ularni o‘zga xalqlar uchun tushunarli bo‘lishini ya’ni pragmatik xususiyatlarini aks ettirishi lozim bo‘ladi.47
Rеаliyalаrning muhim хususiyati ulаr ifоdаlаydligаn prеdmеtning mоhiyatidаn kеlib chiqаdi. Muаyyan хаlqning turli tаriхiy dаvrlаrdаgi hаyot tаrzi, ijtimоiy-iqtisоdiy tаrаqqiyoti rеаliyalаrning mоhiyatigа аlbаttа o‘z tа’sirini ko‘rsаtаdi. Аnа shuning uchun hаm rеаliyalаr to‘g‘risidа gapirgаndа, аlbаttа, milliy o‘zigа хоslik vа tаriхiy kоlоrit mаsаlаsini chеtlаb o‘tib bo‘lmаydi. Chunki rеаliyalаr hаr qаndаy hоlаtldаrdа hаm bir vаqtning o‘zigа milliy vа tаriхiy bo‘yoqqа egа bo‘lаdilаr. Bu esа ulаrgа аlоhidа munоsаbаtdа bo‘lishlikni tаlаb qilаdi. Rеаliyalаr lisоniy hоdisа, lisоniy bоylik sifаtidа hаm muаyyan jаmiyatning tаrахiy tаrаqqiyotidа o‘zigа хоs rоl o‘ynаydilаr vа jаmiyatdаgi o‘zgаrishdаrgа o‘z tа’sirlаrini ko‘rsаtаdilаr. Ulаr оrаsidа rеаliya-nеоlоgizm, аrхаizm, istоrizmlаrni uchrаtishimiz mumkin. Nеоlоgizmlаr hоzirgi zаmоndа pаydо bo‘lgаn yangi lеksik birliklаrdir. Istоrizmlаr esа eskirgan rеаliyalаrdir. Rеаliyalаr sirаsigа yanа iqtibоs (tsitаtа)lаrni, аfоristik хаrаktеrgа egа bo‘lgаn hikmаtlаrni, turli ko‘rinishdаgi murоjааtlаrni hаm kiritish mumkin.
Shu o‘rindа tа’kidlаsh kеrаkki, rеаliyalаrning eng ko‘p qismi оtlаrdаn ibоrаt bo‘lаdi. Аmmо ulаr оrаsidа оtlаshgаn sifаtlаr bоr. Mаsаlаn, rus tilidа vеrshkоviy, аrshinniy, sаjеnniy, kоpееchniy, rublеviy.
O‘zbеk tilidа zig‘irchа, аrshin, bir mirilik, so‘mlik kаbilаr. Ulаr аslidа оt rеаliyalаrdаn kеlib chiqqаn. Bulаr shundаy rеаliyalаrki, ulаrning hаm bоshqа tillаrdа аynаn ekvivаlеntlаri bo‘lmаydi. Bu sifаtlаr o‘z vа ko‘chmа mа’nоlаrdа hаm qo‘llаnishlаri mumkin.
Tarjimashunoslikda realiyalarni bir tildan ikkinchisiga o‘girish muammolari anchagina faol o‘rganilgan. Chunki ushbu masalaga har qanday tarjima tahliliga bag‘ishlangan ishlarda u yoki bu darajada munosabat bildirib o‘tiladi. Mazkur muammo Yevropa tarjimashunosligida anchagina chuqur tadqiqotlar amalga oshirilganligi bilan ajralib turadi. Bu borada G‘. Salomov, R.Fayzullayeva, O.Kade, J.Munen, I. Leviy, L.Barxudarov, A. Fedorov, L. Sobolyev va ayniqsa, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, S.Vlaxov va S.Florinlarning “Непереводимоевпереводе”48 deb nomlanuvchi kitoblari muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir tildаgi mаtnlаrdа хоrijiy rеаliyalаrning qo‘llаnilishini ulаrni bir-tildаn ikkinchi tilgа tаrjimа qilish mаsаlаsi bilаn аrаlаshtirib yubоrmаslik lоzim. Аslidа, mаvjud nаzаriy аdаbiyotlаrdа mutахаssislаr rеаliyalаrni bir tildаn ikkinchisigа o‘girishning ikki usulini tа’kidlаydilаr: trаnskriptsiya vа tаrjimа usuli.
Tilshunоs оlim А.А.Rеfоrmаtskiyning fikrigа ko‘rа yuqоridаgi usullаr bir-birigа zid kеlаdi, dеyilаdi49. Ulаr nеmis оlimi Hеrdеrning “Tаrjimаdа o‘zgа хаlq хоsligi vа o‘zligimiz mе’yorlаrini sаqlаb qоlishimiz kеrаk” qоidаsinini turlichа tаlqin etаdilаr. Хususаn,
1) tаrjimа “o‘zgа” хаlq хоsligini imkоn qаdаr “o‘ziniki” qilib оlishgа intilаdi.
2) trаnskriptsiya esа o‘zgа хоslikni o‘zlik vоsitаsi bilаn o‘ziniki qilib оlishgа hаrаkаt qilishdir.
Rus olimalari Pavlova va Svyatozarovalar50 nemis mutafakkiri Herderning yuqoridagi fikrlariga qo‘shilmaydilar. Ya’ni bir vaqtning o‘zida xorijiy realiyaning ham o‘ziga xosligi, ham tarjima tilidagi me’yorlarni saqlab bo‘lmaydi. Ammo ular transkriptsiyani tarjima usuliga qarama-qarshi qo‘yish masalasiga qiziqish bildirishadi. Ayni paytda ular boshqa rus tarjimashunosi A.V.Fedorovning realiyalar tarjimasida izohlash va tushuntirishlarning to‘laqonli bo‘lmasligini tanqid qilishlariga qo‘shiladilar. Uniga ko‘ra rus tilida «jаrkаya kuznya», «tyoplаya sаklya» deyish bilan tarjima o‘quvchisi hech narsani tushunmasligi to‘g‘riligini ta’kidlaydilar51.Aslida tarjimada mavhumlikka yo‘l qo‘yish realistik tarjimaning har qanday tamoyillariga mos kelmasligi tabiiydir.
Transkriptsiyalash usuli usul orqali tarjima matniga asliyatdagi realiya talaffuziga maksimal yaqinlashtirilgan holda beriladi. Masalan, ruslaning pеlmеni so‘zi bolgar tilida pеlmеni tarzida beriladi. Birgina yumshatish belgisini aytmagamda transkriptsiyalash natijasida deyarli o‘zgarishlar bo‘lmagan.
Tarjimaning muhim usullaridan biri bo‘lgan “transkrptsiyalash” termining “transliteratsiyalash” terminidan mantiqiy farqlanishini ham bilishimiz lozim. Shu sohaga oid bo‘lgan mavjud ilmiy adabiyotlarda mazkur tushunchalarni o‘zaro ma’nodosh (sinonim) tarzida ham tushuniladi52. Bolgar olimlari S.Vlaxov va S.Florinlar ushbu qarash to‘g‘ri emasligini asoslashga harakat qiladilar va shunday deydilar: “Transkriptsiya – o‘zga tildagi so‘zning (ko’pincha geografik nomlar va ilmiy terminlar) tovushlarini boshqa til vositalari bilan ifodalash, transliteratsiya esa o‘zga tildagi so‘zning harflarini tarjima tilidagi harflar vositasida ifodalashdir” 53.
O‘zbеk, rus vа bоshqа qаrdоsh tillаrdаn yevrоpа tillаrigа, jumlаdаn, nеmis, ingliz vа bоlgаr tillаrigа rеаliyalаrni trаnskripsiya yoki trаnslitеrаtsiya qilgаndа аsliyatdаgi tоvush yoki hаrfgа tаrjimа tilidа аynаn shundаy muqоbil tоpilmаgаn tаqdirdа ungа yaqin vаriаntni tаnlаsh mаqsаdgа muvоfiqdir. Jumlаdаn, o‘zbеk tilidаgi “q”, “g‘”, “h”, “o‘” undоshlаri rus, ingliz yoki nеmis tillаridа аynаn shundаy vаriаntdа bоr dеb bo‘lmаydi. To‘g‘ri, o‘zbеk tilidаgi “h” ingliz yoki nеmis tillаridаgi “h” gа mоs kеlishi mumkin. Mаsаlаn, Hollywood – Hоllivud, Hamburg – Hаmburg, Hitrou – Hitrоu, Helena–Hеlеnа. Аmmо, o‘zbеklаrdаgi “g‘” hаrfi yoki tоvushi ishtirоkidаgi rеаliyalаr, jumlаdаn, ismlаrdаn G‘аybullа, G‘аzаl, G‘аfurlаrni – ingliz tilidа Gajbulla, Gazeli, Gafur tаrzidа bеrish lоzim bo‘lаdi.
Rеаliyalаrni trаnskripsiya uslidа qаndаy o‘girish muаmmоsi hаr ikki tilnging аlifbо vа tаlаffuz qоidаlаri bilаn chаmbаrchаs bоg‘liqdir. Хususаn, imlоsi kirillitsа yoki lоtin imlоsigа аsоslаngаn tillаrаrо tаrjimаdа trаnskripsiya usulini qo‘llаshning o‘zigа хоs muаmmоlаri bоrligini bilishimiz kеrаk.
رام، رام بھلا بھائی ، کہو کیا رنگ ڈھنگ ہیں (١٠)54
Hind tilida “namaste”, “namaskar” va urdu tilida “aslaam alekum”, “aadab arz” kabi salomlashishni ifodalovchi so‘zlar mavjud. Ushbu misoldagi رام رام[raam raam] hindchasiga salomlashish bo‘lib, gapni to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilsak, “Salom Bhula og‘a xol-ahvollaringiz qalay?”. Tarjimon uni quyidagi shaklda o‘zbek tiliga tarjima qilgan:
“–Rom-Rom Bhula bhay! Xo‘sh ahvollar qalay?”(10)55
Bu yerda tarjimon salomlashish ma’nosini anglatuvchi “Rom-Rom” so‘zlarini so‘zlari transliteratsiya usuli bilan tarjima qilgan.بھائی [bhaiy] ya’ni “aka”, “og‘a”, “birodar” kabi ma’nolarni anglatuvchi ushbu so‘z ham huddi ana shu usul bilan tarjima qilingan. Bunga sabab asardagi hindcha ruhiyatni kitobxonga asli go‘zallligini saqlab yetkazishdir. Bu gapni o‘qigan har bir kitobxon go‘yo hind olamiga tushib qolgandek his qiladi o‘zini.
“–Рам-Рам, брат Бхола! Как дела?”(16)56
Rus tilida qilingan tarjimada ham aynan o‘zbek tilidagi holatni ko‘rish mumkin. Farqli tomoni rus tilida “брат” so‘zi tarjima qilingan. Bu kitobxonga qandaydir tushunarsiz holatni yuzaga kelishmasligi maqsadida qilingan. Yuqorida, biz o‘zbekcha tarjima estetik zavq bergan deya e’tirof etgandik. Bu narsa tarjimonlarning uslubi va qarashlariga bog‘liqdir.
Realiyalar tarjimasida ikki jihat eng muhim hisoblanadi: 1. Asliyatdagi realiyaga tarjima tilida muqobilini topib bo’lmasligi. 2. Realiyalar tarkibida ob’yekt sifatida kelgan milliy va tarixiy koloritni aynan tarjima qilib bo‘lmasligi.
Shuning uchun ham realiyalar tarjimasida duch kelingan har qanday holatni bir urunish bilan hal qilsa bo‘ladigan, avvaldan yozib qo‘yilgan tayyor qolip, qoida mavjud emas. Tarjimon har bir holat kontekstidan kelib chiqib realiyalarni tarjima qilishga bel bog‘lashi kerak bo‘ladi. Zero har bir realiya tarjima va tarjimon uchun alohida bir muammodir. Realiyalar tarjimasi muammolarini nazariy jihatdan oydinlashtirish uchun mahoratli tarjimonlar tajribalariga tayanish eng to‘g‘ri yo‘ldir.
میرا تو گھر اجاڑ گیا مہتو ، کوئی ایک لوٹا پانی دینےوالا نہیں (گ. ١١)
Yuqorida berilgan misol ham ikki kishi orasidagi suhbat bo’lib, uni so‘zma-so‘z tahlil qilsak “Mening-ku uyim vayrona bo‘ldi oqsaqol, bir “lo‘ta” suv beradigan kimsa yo‘q” degan ma’noni anglatadi. لوٹا [lo‘ta] bu hind xalqigagina xos bo‘lib, “suv, sut” solish uchun ishlatiladigan mahsus mis idish.
“Mana bizning uy uy emas mozor bo‘lgan, maxto‘, bir piyola suv tutadigan odam yo‘q”(Қ.11)
“Мой-то дом ведь совсем опустел, брат! Кружки воды теперь некому не подать!” (Ж.17).
Asliyatdagiمیرا تو گھر اجاڑ گیا[Meraato’ gharujaargayaa]“Mening-kuuyimvayronabo‘lgan” degantushunchani “bizninguyuyemasmozorbo‘lgan” deyaо‘zbek tiliga tarjimaqilibma’noniyanadakuchaytirgan. Ya’ni “vayrona bo‘lmoq” bu buzilgan ammo uni tuzatsa bo‘ladi. “Mozor” esa o‘zbek mentalitetida o‘ta salbiy tushuncha bo‘lib huvillab qolgan, jimjit degan ma’noda qo‘llaniladi. Uni tuzatish mushkil va hatto imkonsizdek. Ruscha tarjimada esa “huvillab qolgan” ma’noni ko‘ramiz.مہتو [mehto’] esa murojaat shakli bo‘lib, “qishloq oqsoqoli” degan ma’noni anglatadi. Bu yerda ham transliteratsiya usulidan usulidan foydalangan. Ammo rus tilida bu murojaat shakli “брат” ga aylanib qoldi. Bunga rus tili nuqtayi nazaridan qaralsa “hurmat” ma’nosini ifodalagan deyish mumkin. Biroq لوٹا [lo’ta] idish nomini o‘zbek kitobxonlarining ko‘ngliga yaqin qilib “bir piyola suv tutadigan” deya mohirlik bilan tarjima qilgan. Chunki hind ayoli eriga suvni “lo‘ta”da uzatsa, o‘zbek ayoli eriga piyolada uzatadi. Bunda tarjimon tarjimaning transformatsiya usulidan foydalangan. Ruscha “кружкa” ga ortiqcha izohlash berishga hojat ham yo‘q.
گوبر کو یہ دیا بری لگی ، بولا "یہ تم نے کیا کیا ؟، اس کی عورت سے جاکر کہہ کیوں نہ دیا کہ جوتوں سے پیٹتی. پکھنڈیوں پر دیا نہ کرنی چاہئے تم مجھے کل اس کی صورت دکھا دو پھر دیکھنا کہ کیسی مرمت کرتا ہوں . (گ. ٧٩)
“Rahmi kelib ketgani” Govbarga yoqmadi.
– Iye, bu rahm qilganiz nimasi? –dedi u. – Borib xotiniga aytib bermaysizmi? Kavushi bilan rosa savardi!* Bunaqa mug‘ombir shaytonlarga hech rahim qilish kerak emas. Qani ertaga bir basharasini ko‘rsatib qo‘ying. Qanaqasiga ta’zirini berganingni tomosha qilasiz”.
*[ Poyafzal bilan birovni savalash – Hindistonda juda qattiq haqorat sanaladi (red)] (Қ.73)
“Гобару не понравилась эта жалость.
– Зря ты его пожелела, – сказал он. Надо было зайти в комнату к его жене и обо всем рассказать. Пускай бы она отлехстала его своими сандалями! Ничего жалетьтаких притворщиков, как это пандит. Покажи мне завтра, и ти увидишь, как я его проучу!”(Ж.79)
Yuqoridaberilganushbumisolnitarjimon о‘zbek tiligatarjimaqilgandao‘ztarjimasidaiqtiboskeltirishorqaliasliyatdagihindxalqigao‘zigaxosliknio‘zbekkitobxonlarigaizohlabketgan. Bu bilan esa yozuvchi ishlatgan ham so‘zlar ham matn ma’nosi saqlanib qolingan. Rus tilida esa “сандал” ya’ni oyoq kiyim nomi bo‘lib ma’noni hech qanday ortiqcha izohsiz baholay olgan. پکھنڈ[pakhand] so‘ziga to‘xtaladigan bo‘lsak, u hindcha so‘z bo‘lib “ikkiyuzlamachi” degan ma’noni beradi. Tarjimalarda esa bu so‘z “mug‘ombir shayton”va “притворщик” deya berilgan. Aynan o‘zbek tilida tarjimaga yanada urg‘u berib ma’noni kuchaytirgan. Tarjimon bunday sifatni mohirlik bilan tanlaganini e’tirof qilish joizdir.
Tarjmon avvalo muayyan realiyaning asliyat kontekstida qanday o’rin tutganligini anglamog‘i lozim bo‘ladi. Bu o‘rinda mutarjim asliyat muallifi o’z asaridagi realiyani nima maqsadda, qanday uslubiy-ma’niviy vosita sifatida qo‘llaganligini bilishi kerak. Ayniqsa muallif o‘z asarida nafaqat tarjima o‘quvchiga, balki o‘z kitobxonlarigas ham notanishbo‘lgan realiyalarni qo’llagan bo‘lsa, anchagina qiyinchiliklarga duch kelinadi. Chunki bunday xos so‘zlarning milliy va tarixiy bo‘yoqlari ham shunchalik murakkab bo‘lishi tabiiy. Ozgina beparvolikka yo‘l qo‘yiladigan bo‘lsa, tarjimani o‘qugan kitobxon bunday so‘zlarni keraksiz, hech kimni qiziqtirmaydigan qandaydir tushunarsuz ekzotizmlar qatoriga qo‘shib qo‘yadi.
Realiyalar tarjimasida ularning tarjima o‘quvchisiga avval tanish yoki notanishligi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kitobxon asliyatdagi xos so‘zlarni mumkin qadar osonroq tushunishi lozim. Tanish, o‘zimizga yaqin bo‘lib qolgan realiyalar mavjuddir. Jumladan, ruslar uchun “pirojki”, bolgarlarga “banitsa”, chexlar uchun “knedli”, o‘zbeklarga “somsa” tanish taom hisoblanadi. Bunday xosso’zlarni har qanday lug’atlardan topish mushkul.
ہوری نے سونا کو نباوٹی غصّے دیکھ کر کہا "تو اسے کیوں چڑھاتی ہے سونیا ؟ سونا تو دیکھنے کو ہے ، نباہ تو روپا سے ہوتا ہے . روپا نہ ہو تو روپئے کہاں سے بنیں بتا ؟(گ. ٢٦)
“Huvriy So‘naga yolg‘ondaqasiga do‘q qildi:
–Buni nimaga masxara qilasan, So‘na? Oltin faqat ko‘rinishiga yaxshi, kunga kumush yaraydi. Kumush bo‘lmaganda rupiya qayoqdan kelardi, qani ayt-chi?”(Қ.24)
“Хори с притворным гневом взглянул на Сону.
–Ты зачем ее дразнишь? Сона – золота, только на то и годится, чтобы на него глядет, а на Рупу – серебро, люди живут. Не будь серебра, из чего бы тогда стали чеканить деньги! Ну, что скажиш!” (Ж. 31)
Berilganushbuparchanio‘zbekkitobxono‘qigandaoddiybiropa-singiljanjaligaotasiningtanbehidekqabulqiladi. Ammobugapnio‘qiganhindkitobxonimuallifningqanchalikso‘zo‘yinidanqanchalikmohirlikbilanfoydalanganigatanberadivamaroqbilano‘qidiydi. سونا [sona] hindvaurdutillarida “oltin, روپا [rupa] esa “kumush” degani.O‘sha davrda Hindistonning oddiy aholisi is’temolidagi rupiya kumushdan bo‘lganligini ham bu jumlalar orqali bilib olamiz.Tarjimada har ikkala tilda ham bunday muallif uslubini to‘laqonli saqlab qolish qiyin. Ammo tarjimonlar qisman saqlashgaharakat qilishgan. O‘zbek tilidagi tarjimada ortiqcha izohlarsiz tarjima qilinib bu esa kitobxonga mutolaa diqqat-e’tiborni bo‘linishi oldi olingan. Asliyatda ham matn bunday bo‘linishlarsiz hazm bo‘ladi. Rus tilidagi tarjima to‘xtaladigan bo‘lsak, tarjimon muallifning qanday so‘z o‘yinin qilganini, mohirlik bilan qahramonlarga ism tanlaganini kitobxonga yetqazish maqsadida izohlagan holda, so‘zni tarjima qilib ketgan. Bu bilan asliyatdan olinadigan estetik zavqni o‘z kitobxonlariga ham bir muncha yetqaza olgan desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Biz ikkala tarjimani bir biriga solishtirib biri yaxshi, biri yomon deyishdan yiroqmiz. Zero, har ikkala tarjimonlar ham o‘z davrining eng mohir mutarjimlari hisoblangan. Ular tarjimalarini til imkoniyatlari, kitobxonlar salohiyatidan kelib chiqib amalga oshirishgan.
Tarjimon tarjimada shunday lisoniy vositalardan foydalanish kerakki, hosil bo‘lgan matn kitobxonga yaxshi tushunarli bo‘lsin va shu bilan birga asar yaratilgan davr uning ko‘z oldida jonlanib tursin. Buning ma’nosi shuki, tarjimada tilning arxaik va tarixiy qatlamlariga murojaat qilishda su’iistimollikka yo‘l qo‘ymasdan, ulardan kitobxonda asar yaratilgan davr to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin bo‘lgan darajada foydalanish zarur. 57
Do'stlaringiz bilan baham: |