Mundarij a kirish


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 172,95 Kb.
bet2/24
Sana07.09.2021
Hajmi172,95 Kb.
#167489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Dissertatsiya

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..................................................................

74


KIRISH

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.Yer yuzida inson zoti paydo bo‘lgandan berihisobsizvaqt o‘tgani ma’lum. Ona sayyoramizda odamlar ko‘payib borgan sari asta-sekin aymoq tili, keyin urug‘ tili, so‘ng qabila tili, undan so‘ng esa xalq tili va millat tilining shakllandi. Rivojlanishning kuchayishi bilan tamaddun o‘choqlari hamyuzaga kela boshladi. Hududlar kengaygan sari tillarning soni ortib bordi.Kishilarning bir-birlarini anglamasligi oqibatida tarjimagaehtiyojni paydo bo‘ldi. Insonlar bir-biri bilan muloqotga kirishar ekan, firklar ifodasida turli-tumanlik yuzaga kela boshladi. Har bir millatning kelib chiqish tarixi, turmush tarzi, o‘z milliy an’ana va urf-odatlari, qadriyatlari, e’tiqodi-yu boy madaniy-ma’rifiy merosi, boyliklari mavjud. Insonlarning ko‘ngil toplarini bog‘lab turuvchi adabiyot va san’at deb atalgan mo‘jizaviy olam ham bor. Bu ichki istak va xohishlarimiz bizni dunyo xaritasidan joy olgan davlatlarning madaniyati va san’ati haqida ozmi-ko‘pmi bilishga, tasavvur hosil qilishga, qalblarimizga yo‘l topa bilishga chorlayveradi1.

“Kishilik tarixi, bugun dunyodagi ko‘pgina taraqqiy topgan, barqaror va badavlat davlatlar tajribasishundan dalolat beradiki, avvalo bugungi kunda xalqlarning, davlatlarning, millatlarning ertangi kunini moddiy boylik emas, ma’naviy boylik, ong va bilim belgilab beradi”2. Buni teran anglagan holda yurtimizda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ta’lim va tarbiyagahamda yoshlarga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi3, “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”4ni keltirishimiz o‘rinlidir.Bundan tashqari, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan joriy yilning 12-yanvar sanasida “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”5gi farmoyishi e’lon qilinganligi ham hozirgi vaqtda mamla-katimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning pirovard maqsadlaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Keyingi yillarda milliy adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini chet tillarga tarjima qilish va shu asnoda xalqimizning hayot tarzi va insoniy fazilatlarini keng namoyish etish borasida ham katta imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Buning natijasi o‘laroq, hozirgi kunda tarjimonlarimiz nafaqat o‘zbek tilidan chet tillariga, balki xorijiy tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilishda ham samarali yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqda.Ilgari o‘zbek adabiyotining namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish asosan uchinchi til, ya’ni rus tili orqali amalga oshirilar edi. Endilikda adabiyotimizning eng yuksak asarlarini bevosita ona tilimizdan sharq va g‘arb tillariga tarjima qilishga qaratilgan ishlar ko‘paymoqda. Buning uchun xorijiy tillarni, adabiyot va badiiy tarjima san’atining nazariy va amaliy jihatlarini har tomonlama puxta egallagan mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda yurtimizda xorij tillarini o‘rganish, chеt tillarni imkon qadar yosh avlodga tezroq va samarali o‘rgatishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu o‘rindа yurtbоshimizning “Milliy vа jаhоn mаdаniyatining eng yaхshi nаmunаlаrini kеng tаrg‘ib qilish vа оmmаlаshtirish yosh аvlоdni, hоzirgi yoshlаrimizni mа’nаviy tаrbiyalаshning аsоsi bo‘lmоg‘i kеrаk”6dеb аytgаnso‘zlаri fikrimiz dаlili bo‘lа оlаdi. Yana bir muhim jihatbiz bugungi kungacha jahon adabiyotidan nimalarni qo‘lga kiritdik, nimalarni o‘zimiz uchun kashf etdik va biz ularga nimalarni berdik, nimalarni bera olamiz, mana shunday savollarga javob topish maqsadida biz yana va yana tarjima sohasiga yuzlanamiz. Tarjima sohasi juda ham nozik, shu bilan birga murakkab soha bo‘lib, bugungi kunning ajralmas qismi va zamon talabi hamda ehtiyoji bo‘lib qolmoqda deb ayta olamiz.

Hozirgi kunda dunyo mamlakatlari adabiy durdonalarining aksariyat qismi o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Bular orasida hind adabiyotini o‘zbek tiliga o‘girish salmoqli o‘ringa ega bo‘layotgan tarjimalar sirasiga kiradi.Hindiston zaminidanasrlardavomida ko‘plab mashhur va atoqli so‘z san’atkorlari yetishib chiqqan. Bu xalqning shoir va adiblari tomonidan yaratilgan asarlar Hindistonning o‘zidagina emas, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ham qadrlanmoqda va sevib o‘qilib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham hind adabiyoti namunalariga qiziqish katta ekanligi kuzatiladi.

Hind adiblarining asarlari o‘zbek tilida, asosan, XX asrga kelib tarjima qilina boshlandi. Mustaqillikdan oldingi davrlarda hind adiblarining asarlari asosan vositachi til, ya’ni rus tili orqali o‘zbek tiliga tarjima qilingan edi. Chunki tarjimonlarning asosiy qismi rusiyzabon qatlam edi. Mustaqillikdan keyingi davrda sharqshunos kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilib, hozirgi kunda iqtidorli hindshunos kadrlar tayyorlanmoqda.So‘zimizning isboti sifatida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning: “Xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari, tili va ruhi negiziga qurgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg‘unlashgan holda kelajakka ishonch tuyg‘usini odamlar qalbi va ongiga yetkazish, ularni vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashi, halollikni, mardlik va sabr-bardoshlikni, adolat tuyg‘usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalash yo‘lida xizmat qilmog‘i lozim”7, – degan so‘zlarini keltirishimiz mumkin.

Hindiston adabiyoti juda qadimiy va boy o‘tmishga egadir. Har bir hind yozuvchisining ijodi yangi bir olam. Shuning bois hind yozuvchi va shoirlari asarlari tarjimasi juda katta mehnat va mashaqqatni talab etadi. Hozirgi kunda o‘zbek kitobxoni Tagor, Yashpal, Krishan Chandr, Amrita Pritam, Premchand kabi hind adabiyotining ulug‘ namoyandalari asarlarini bevosita asliyatdan o‘girilgan holda o‘qishga muyassar bo‘lmoqda. Jumladan, ularning hayoti va ijodi yurtimizdagi ta’lim muassasalarida chuqur o‘qitilib kelinmoqda8.

Qadimiy tarix va boy an’analarga, ko‘pincha bir-biriga o‘xshamagan turli millat va elatlarga xos rang-barang milliy urf-odat va rasm-rusumlarga, ko‘pdan-ko‘p shevalarga ega hind adabiyoti, badiiy tarjimada qator muammolarni keltirib chiqaradigan, tarjimonlarni qiynab qo‘yadigan hal qilishi zarur bo‘lgan masalalari behisobdir. Bir necha magistrlik dissertatsiyalarini aytmaganda, bunday muammolar hali maxsus tizimda o‘rganilgan emas. Jumladan, hind adibi Premchandning ko‘pgina roman, hikoya va to‘plamlari o‘zbek tiliga hindiy, urdu hamda rus tilidan ham tarjima qilingan. Hozirgi kungachayozuvchining “Qismat” (urdu tilida “Gaudan”, 1962), “Nirmola” (1967), “Najot” (“G‘aban”, 1976), “Jang maydoni” (1985), “Fidoyi” (2003) asarlari o‘zbek tiliga o‘girilgan. Shuningdek, “Sevgi in’omi” (“Vardan”–aynan muqobili “In’om”) romani Amir Fayzullo tarjimasida “Jahon adabiyoti” jurnalining 2009yil 2-3-sonlarida chop etildi.Yozuvchi nafaqat romanlar, shuningdek ko‘plab hikoyalar ham yozgan. Ularning bir nechtasi o‘zbek tiliga hamo‘girilgan. Jumladan, “Yuvoshlik” (1955), “Qamoq” (1958) hikoyalarining tarjimasi“Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan. 1962-yilda “Yosh gvardiya” nashriyotida “Mehrigiyo” va 1975-yilda “Adabiyot va san’at” nashriyotida “Bir kelin hikoyasi” kabi hikoyalar to‘plamlari nashr qilingan. Premchandning bir qator hikoyalari hind yozuvchilarining o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar to‘plamlaridan ham joy olgan. Jumladan, “Hind hikoyalari” (1955), “Qizil gullar” (1956)to‘plamlaridan R.Tagor, Mulk Raj Anand, Yashpal kabi taniqli hind yozuvchilari qatorida Premchand hikoyalari ham o‘rin olgan9.

Yuqorida nomlari keltirilgan asarlar va umuman hindiy tilidan o‘zbek tiliga qilingan tarjima asarlarning qiyosiy xususiyatlarni o‘rganish hamda ularni tahlil qilish tarjimashunoslik oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.




Download 172,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish