O'zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat



Download 142,89 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2022
Hajmi142,89 Kb.
#463105
  1   2
Bog'liq
O


O'ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI YURITGAN MADANIY SIYOSAT
XX-asrning 20–30-yillarida madaniy-ma’rifiy soha ham o‘ziga xos murakkablik va qiyinchilik bilan kechdi. 20-yillar boshlariga kelib O`zbekiston hududida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari faol boshlab yuborildi. Sovetlar O`zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratishga yo‘l tutar ekan, bundan ko‘zlagan asosiy maqsadlari o‘lkada xalq ta’limi bo‘g‘inlarini ravnaq toptirish, yalpisiga xalq savodxonligiga erishish, ilm-ma’rifat chashmalaridan hammani to‘la bahramand etish emas, balki eng avvalo, yurt farzandlari ongiga, shuuriga kommunistik g‘oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo‘l bilan o‘zlariga quloq qoqmay xizmat qiladigan “mo‘min-qobil” avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish edi. Sovetlar avval boshda o‘lkadagi murakkab vaziyatni, mahalliy xalq kayfiyati va ruhiyatini, uning o‘ziga xos milliy an’analari, islomiy qadriyatlarini bir qadar hisobga olib, bu yerda eski va jadid usulidagi maktablar yoki madrasalarning ham bir vaqtning o‘zida faoliyat yuritishiga monelik ko‘rsatmadi. Lekin sovet arboblari va mafkurachilari o‘lka hayotiga moslashib, biroz tomir yozib olgach, 20-yillar o‘rtalaridan e’tiboran o‘zbek xalqi madaniy hayotining ko‘p zamonlar uzviy tarkibiy qismi bo‘lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim-tarbiya tizimini barham toptirdi. Uning ko‘p sonli ziyoli vakillari, mullalariyu mudarrislari faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Ularning taqdir-qismati hayotning og‘ir sinovlariga duchor etildi.

1920-yil 17-sentabrda Turkiston ASSR hukumati o‘lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan kishilarni o‘qitish va savodxon qilish to‘g‘risida dekret qabul qildi. Respublikaning turli hududlarida son-sanoqsiz savodsizlikni tugatish kurslari tashkil etilib faoliyat ko‘rsatdi. Ularga turli yoshdagi kishilar, erkaklar va ayollar jalb qilinib, o‘z savodlarini chiqardilar. Jumladan, 1928–1932-yillarda O`zbekistonda jami 700 ming nafar kishi savodsizlik kurslarini tugatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1933­–1937-yillarda 1,4 mln. kishini tashkil qildi.

Respublikada boshlang‘ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyinroq 7 yillik ta’limga o‘tilishi ham xalq ta’limi sohasidagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘ldi. Maktab qurilishi, uning malakali o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlanishi, o‘quvchilar soni yil sayin o‘sib bordi. Agar 1924/25 o‘quv yilida O`zbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar tashkil etilib, ularda 17209 nafar o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941-yilga kelib bunday maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni esa 1 mln. 315 ming nafarga yetgan. 1928/29 o‘quv yilida respublikamizda o‘qituvchilar soni 5,5 ming kishiga teng bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1941-yilda 42 ming kishini tashkil etdi.

Sovet hukumati ta’lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to‘liq ravishda o‘z izmiga bo‘ysundirish maqsadida arab alfavitiga asoslangan eski o‘zbek yozuvini ham tubdan isloh qilishga kirishdi. Shu maqsadda 1929-yilda arab imlosi asosidagi o‘zbek yozuvi tugatilib, undan lotin grafikasiga o‘tildi. Bundan ko‘p vaqt o‘tar-o‘tmasdan, 1940-yilga kelib sovetlarning birdan-bir yagona orzusi bo‘lgan kirillitsa – rus alfaviti negiziga qurilgan yozuvga o‘tildi. Birgina o‘zbek yozuvini o‘zgartirish borasida qo‘llanilgan bunday xatti-harakatlar respublika xalq ta’limining keyingi taqdiri, istiqboli uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Eng achinarlisi, buning natijasida necha asrlar davomida xalq dahosi, buyuk bobokalonlarimiz aql-zakovati tomonidan yaratilgan bebaho ma’naviy manbalar, asarlar, risolalarni o‘rganish mushkul muammoga aylanib qoldi. Negaki, ular arab yozuvida bitilgan edi.

Bu sohaning jilovi to‘liq holda Markaz mutasaddilari qo‘liga o‘tdi. Endilikda milliy respublikalardagi ta’lim jarayoni Moskvadan tayyorlab yuboriladigan dasturlar, darsliklaru o‘quv qo‘llanmalari asosida olib boriladigan bo‘ldi. Bu esa xalq ta’limining milliy mazmuni, xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatib bordi. Shuningdek, 30-yillarga kelib respublikaning maktab ta’limiga mafkuraviy tazyiq o‘tkazish, muallimlar tarkibini “tozalash”, ular safidan “nobop, yot unsurlar”ni qidirib topishga urinish hollari atayin kuchaytirildi. Masalan, VKP(b) MQ O`rta Osiyo byurosining 1933-yil 27-martda qabul qilgan o‘qituvchilar safini tozalash to‘g‘risidagi qarori aynan shu yovuz maqsadga qaratilgan edi. Bu qarorga asoslanib ish yuritgan sovet “bilag‘onlari” bu davrda ko‘plab bilimli, ma’rifatli, sof vijdonli milliy ziyolilarimizni ishdan bo‘shatdi, qatag‘on qildi. Ular tomonidan tayyorlanib nashr etilgan milliy ruhdagi ko‘plab o‘quv adabiyotlari ham ayni shu yillarda taqiqlab qo‘yildi. Yana shuni aytish joizki, shu davrda ommaviy tarzda “sovet ta’limi”ni olib, turli maktab va savodsizlik kurslarini bitirib, zo‘rg‘a savodini chiqarib endigina hayotga qadam qo‘yganlar “ishonchli shaxslar” sifatida topilib, mafkuraviy saralash asosida o‘z vazifalaridan chetlatilgan tajribali, bilimdon, professional ziyolilar o‘rnini egallab borganlar.

Xullas, sovetlar O`zbekistonda o‘z ta’lim siyosatini yuritar ekanlar, bunda birinchi navbatda uning sinfiy mohiyatiga e’tibor berdilar. Binobarin, ular rahnamoligida shakllantirilib, rivojlantirib borilgan xalq ta`lim tizimi va uning barcha bo‘g‘inu yo‘nalishlari ham shu ruh va mazmun bilan sug‘orilgan edi.




Download 142,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish