Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi


Foydalanilgan adqbiyotlar ro‘yxati



Download 0,71 Mb.
bet60/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
4-ШУЪБА

Foydalanilgan adqbiyotlar ro‘yxati:

  1. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi. T: 2018 yil

  2. P. G. Samarakova: Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish . T: “O‘qituvchi” 1984 yil

  3. www.ziyo.uz

CHOR ROSSIYASI DAVRIDA TURKISTONDA JADIDLARNING MA’ORIF SOHASIDAGI FAOLIYATI
Tarix fakulteti 2-kurs talabasi Hamzayeva Basira

Har bir jamiyat hayotidagi o’zgarishlar o’z davrining tarixiy shart-sharoitidan kelib chiqqan holda namoyon bo’ladi. Bu jamiyatdagi o’zgarishlar tarixiy shaxslar, ayniqsa, ilg’or ziyoli qatlamlarning o’rni katta bo’lib, ular jamiyatga foydali, istiqbolli g’oyalarni ilgari suradi. Bizga tarixdan ma’limki, xalqimiz ne-ne qiyinchiliklarni boshdan o’tkazdi. Ana shu qiyinchiliklarni o’z ko’zlari bilan ko’rgan, tariximizda o’chmas iz qoldirgan “Jadidchilik” harakati hisoblanadi. Birinchi Prezidetimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek- “Asrimiz boshlarida jadidlarning o’z hisobidan maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar, teatrlar, ro’znomalar tashkil etganliklarini, darsliklar, qo’llanmalar nashr qilganliklarini, ularni Turkiston bolalariga bepul tarqatganliklarini bir eslaylik.”73


Chorizm mustamlakasi davrida ma’rifat g’oyasini baland ko’tarib chiqqan jadid bobolarimizning faoliyati bunga yana bir yorqin misol bo’la oladi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvar, fidoyi insonlarning o’z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo o’chmaydi.74
Jadidchilik harakat XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida keng quloch yoyib rivojlandi. Bu harkakat Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakat hisoblanadi. Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrim-tatarlari o’rtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari ko’pincha o’zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan75. O’sha davrning ilg’or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik o’z mohiyatiga ko’ra, avvalo bu siyosiy harakat ham hisoblanadi. Uning shakllanish va mag’lubiyatga uchrash davrlari bo’lib, ularni shartli ravishda to’rtga bo’lish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929 yillarni o’z ichiga oladi.76
«Jadid» so`zi arabcha yangi usul degan ma`noni anglatadi. Jadidichilik harakati Turkistonda XIX asrning oxirida quruq madaniy-ma`rifiy harakatning, ya`ni eski maktablarning qiyin o`qitish tizimiga nisbatan yengil tovuch usuliga asoslangan yangi uslub (metod) asosida o`qitishga o`tishdangina iborat emasdi, ayni chog`da turk-islom huquqiy munosabatlarining millatga o`rgatilishi, milliy-ma`rifiy, taraqqiyot va milliy istiqlol muammolarini ham o`z ishiga olgan edi.
Taraqqiyparvarlar o’zbek ziyolilari keng xalq ommasini savodli qilishga, ularni jaholat uyqusidan uyg’otishga intilib, maktablar ochdilar. Birinchi bo’lib (Husaynov mablag’i hisobiga) 1893-yili Samarqandda, 1898 yili Qo’qonda Salohiddin domla tomonidan, o’sha yili To’qmoqda, 1899 yili eski Toshkentda Mannon Qori, Andijonda Shamsiddin domla tomonidan yangi usuldagi maktab ochildi. 1903-yil M.Behbudiy o’z mablag’lari hisobidan Jomboyda maktab ochdi. Jadid Hoji Muin va Abdul Qodir Shakuriylar bu maktabda saboq berdilar. 1908-yili bunday maktablarni Mirza Abdulvohid ham tashkil qilgan. 1911 yilda jaded maktablari Turkistonda 63 ta bo’lib, ularda 4106 bola o’qigan. Toshkentning o’zida 24 ta bunday maktablarda 1740 bola o’qigan. 1917 yil boshlarida o’lkada 100 ga yaqin jadid maktablarida 5 mingdan ziyod o’quvchi bo’lgan.77 1910 yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy, mirzo Abduvohid, Hamidxo’ja Mehriy, Ahmadjon maxdum, Usmonxo’ja va Mukammaliddin maxdum kabilar “Tarbiyai atfol” jamiyati qurdilar. Bu jamiyat Istanbulda bir sho’ba ochib, 1911 yili o’n besh, 1912 yili o’ttiz talaba yubordi. Bu sho’ba Buxoroda “Ta’lim ma’orif jamiyati” nomi bilan rasmiy bir jamiyat shaklini oldi.
Ular yangi usul maktablarining vujudga kelishida turtki, ya’ni namuna bo’lgan. O’zbek jadidlari Turkiston xalq ma’orifiga jiddiy e’tibor berganlar. Bu sohada yangi usul maktablarini kengaytirishga, uni salohiyatini yanada oshirishga o’z hissasini qo’shgan taniqli mudarris va ma’rifatparvarlardan yana biri Munavvar qori Abdurashidxonovning xizmatlari ham kattadir. Xususan, u so’ngi uch asr davomida vujudga kelgan, rus istibdodi tufayli yanada chuqurlashgan madaniyat tanazzuli hosilasi bo’lmish milliy jaholat va g’aflatni yo’qotish uchun birinchi navbatida ma’orifni qayta tashkil etish ishiga kirishdi. Munavvar qori Abdurashidxonov 1901-1904 yillarda qrimlik do’sti rais Kishod yordamida Toshkentda o’z hovlisida “usuli savtiya” maktabini ochadi. Bunday maktablar tarmog’ini keng quloch yoydirishda qaldirg’och bo’lgan uning “Namuna” maktabi katta shuhrat qozongan-ki, mustamlaka ma’muriyati ham undan tashvishga tushdi. Chunki yangi usul maktablari ruslashtirish siyosatining tomiriga bolta uradi. U kishi 1909 yilda maslakdosh do’stlari A.Avloniy, U.Asadullaxo’jayev, T.Norbo’tabekov va boshqalar bilan hamkorlikda toshkentlik bir boyning raisligida “Jamiyati xayriya”ni tashkil qildi. “Jamiyati xayriya” ko’magida Munavvar qori to’rt nafar bolani Germaniyaga o’qishga muassasa hisobidan yuboradi.78
Jadidchilik harakatining barcha taniqli namoyandalari 30-yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirg’in natijasida halok bo’ldi. Jadidchilik harakatiga sovet davrida «millatchilik», panturkizm, panislamizm tamg’alari bosilib, nohaq qoralandi. Jadid adabiyotini o’qish taqiqlandi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomiga yopishtirilgan tavqi la’nat va soxta yorliqlar olib tashlanib, ularning asl nomlari qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunosh, tilshunosh, faylasuf, huquqshunosh,san’atshunosh va pedagog olimlar jadidlarning boy ilmiy va adabiy merosini o’rganishda dastlabki natijalarni qo’lga kiritishdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, Cho’lpon, A. Avloniyning ikki jildli, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, So’fizodaning bir jildli, shuningdek, Fayzulla Xo’jayev, Munavvarqori, P. Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan «Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari» albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning serqirra faoliyati darslik va qo’llanmalarga kiritildi. 1999 yil 16—18 sentyabrda Toshkentda «Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik, Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)» mavzuida xalqaro konferensiya o’tkazilib, unda AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar Jadidchilik va istiqlolchilik harakatlari to’g’risida jahon ilm-fanida to’plangan so’nggi xulosalar yuzasidan o’zbekistonlik hamkasblari bilan o’zaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi e’tirof qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi.79
Xulosa qilib aytadiga bo’lsak, ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uyg’otish siyosiy-ma’rifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun o’ziga qulay zamin topdi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va Vatanni mustaqil ko’rishni orzu qildilar va shu yo’lda fidoyilarcha kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yo’nalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish; turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi. Ular bor ilm salohiyati va kuch g’ayratini ishga solib, vatan taraqqiyoti yo’lida o’zlarining beqiyos hissalarini qo’shdilar.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish