Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi


Ma`rifatparvar jadidlarning oliyjanob maqsadlari



Download 0,71 Mb.
bet55/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63
Bog'liq
4-ШУЪБА

Ma`rifatparvar jadidlarning oliyjanob maqsadlari
Tarix fakulteti 2-kurs talabasi Shodmonov Azizbek

XIX asrning oxiri va XX asr boshlari Turkiston xalqlari uchun og’ir ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy inqiroz davri sifatida tafsiflanadi. Siyosiy iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan asriy turg’unlikdagi qoloq O’rta Osiyo xonliklari ruslarning hujumini qaytara olmadi. Harbiy jihatdan qoloq bo’lgan, bu uch davlat o’zaro urushlar girdobida qolgan edi. O’sha davr xalqaro munosabatlaridan chetda qolgan va xalqaro vaziyatni tushunib taxlil qilishga ojiz bo’lgan mahalliy hukmdorlar mamlakatni bosqinchilardan himoya qila olmadilar hamda mahalliy aholini og’ir ahvolini engillashtira olmadilar, zulmni kuchaytirdilar.Ularni dunyoqarashini o’zi, boshqaruv usullari zamondan orqada qolgan edi.


XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida mustamlakachilik va mahalliy hukmdorlar zulmi ostida qolgan xalqning ilg’or vakillari o’lkani og’ir siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy ahvolini chuqur tahlil qildilar, uning sabablarini o’rganib bu og’ir ahvolni obektiv-subektiv tomonlarinilarini ochib berdilar. Ularchuqurtahlilasosidabuog’irahvoldanqutulishyo’llariniizladilar.O’zdavriningziyoliolimlarivatanniqoloqligiuningfojialioqibatlarinichuqurvahartomonlama his qilaredilar. Jadidlar dunyodagi o’zgarishlarni kuzatib borar ekan, ularning ta’siri Тurkiston xalqiga ham yetib kelishini oldindan anglab yetgan. U o’zining ko’plab asarlarida xalq ongiga ta’sir etuvchi voqealar va birdamlik, ahloqlilik, bilimlilikka intilish singari chaqiriqlarni ko’p ishlatadi. Shuningdek, diniy xurofotlarni keskin tanqid qilishga, hatto, dinni maktab maorifni va Тurkistondagi idora usulini isloh etish g’oyasi singari g’oyalarni ilgari suradi.
Turkiston o’lkasining XX asrning 20 yillariga kelib butunlay Sovet Rossiyasiga qaram bo’lib qolishi, bu o’lkada yashayotgan xalqlarning og’ir ahvolini yanada fojeali kechishiga zamin hozirladi. Fitrat fevral inqilobi bilan oktyabr voqiyalari o`rtasida kechgan davirda “Hurriyat” gazetasida “Yurt qayg’usi ” deb nomlangan she’r va sochmalar turkumini e’lon qilb, parokanda holda yashayotgan vatandoshlarida birlashish va istiqlol yo`lida kurashishish tuyg’usini uyg’otmoqchi bo`ldi.
“Ey ulug’ Turon, arslonlar o`lkasi! Senga ne bo`ldi? Holing qalaydir? Nechuk kunlarga qolding?”62 Fitrat ushbu sochmasida she’r imkoniyatlaridan foydalanib bevosita xalqqa murojaat etish, uning ko`zlarini ochishga intilgan bo`lsa, boshqa sochmasida Turkiston yurtini g’aribbirona sifatida tasvirlagan. U ana shu onaga murojat qilib shunday yozadi. “Ey mungli xotun sen kimsan? Ey g’amli ona, nechuk mundan ayrilmaysan? Yonimda, ko`zimda, miyamda, yuragimda nima axtarasan, nechuk ketmaysan? Qayg’u tutunlari ichra yog’dusiz qolg’an ko`zlaring, u yosh yomg’irlari nechun to`kadur? Zulm zanjirlari bilan bog’langan qo`llaring nechun xaryonga uzatiladir, nima tilaysan?”63 lirik qaxromon bu ayol qiyofasida o`z vatanini ko`rgach, Fitrat bunday olovli so`zlarni aytadi: “Oh… Bildim … bildim … Angladim! Sen Mening Vatanimsan Vatanimning mungli hayolisan. Ey muqaddas Turonimning hayoli, ketmaytur ayrilma. Yonimda ko`zlarimda, yuragimda, vijdonimda qol, ketma. Turonim, sendan ayrilmoq- mening uchun o`limim. Sening uchun o`lmoq- mening tirikligimdir.”64 Fitrat ana shu tarzda o`z asarlaridagi maqsad vazifalarni ochib berishga harakat qiladi.
XX asr boshlariga kelib og’ir va ayanchli holatga tushib qolgan Turkiston o`lkasida Rossiyadagi fevral voqealari tasirida birmuncha o`zgarishlar qilishga erishildi. Bu o`zgarishlarda birinchi navbatda oq va qorani tanigan milliy ziyolilarimizning hissalari beqiyos bo`ldi. O`lka hayotining pastu-baladini teran bilgan mustamlakachilarning riyokorlik siyosatidan, uning tez o`zgaruvchan mohiyatidan boxabar va o`z kurash dasturlariga ega bo`lgan Turkiston jadidlari mahalliy aholining siyosiy ongini o’stirish, uni katta tarixiy o’zgarishlarga tayyorlashda bosh-qosh bo’ldilar. Ayniqsa Rossiya muvaqqat hukumatining ikkiyuzlamachilik siyosati, uning inqilobning tub masalalarini, chunonchi, 8 soatlik ish kuni, agrar va milliy masalalarni hal etishni turli bahonalar bilan chetga surish ilg’or jadid arbob larini inqilobiy demokratik yo’nalishda izchillik bilan kurash olib borishga da’vat etdi.
Xulosa qilib aytganda, uning asarlarini maqsad vazifasi mudroq xalqni nafaqat uyg`otish, birlashtirish balki, milliy mustaqillik jabhalariga ham olib chiqish edi. Ming yillik tarixga ega bo`lgan adabiyotmiz taraqqiyotining boshqa biror bir davrida bunday ulug` maqsad, bunday izchillik bilan olg`a surilmagan. Xalq adabiyot namoyondalarini asarlarini o`qib kurashga chiqmagan. Shuning uchun ham yangi tasvir vositalarini yangi davr adabiyoti topishi va xalq ongiga ta`sir o`tkazishning yangi yo`llarini axtarishi lozim edi.

YANGI O’ZBEKISTON VA YANGI AVLOD YOSHLARI.


Sharipova Munisa.
NDPI Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish yo’nalishi (Tarix) 1-bosqich magistranti.
O’zbekiston haqiqiy ma’noda yoshlar mamlakati.Bu yurtning ulg’ayotgan yigit-qizlarining orzulari va o’z oldiga qo’ygan maqsadlari bisyor.Yosh avlodning kelajagi esa hamisha O’zbekiston davlat siyosatining markazida bo’lgan.
Mustaqillik yillarida o’sib kelayotgan yosh avlodni intellektual boylik yarata oladigan qilib tarbiyalashga e’tibor qaratilib,bu borada yurtboshimizning : “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan,uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod sifatida voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz,”-degan fikrlari juda o’rinlidir.
Muxtasar aytganda,bugungi kunda ham yurtimiz yoshlari uchun qator imkoniyatlar yaratilgan bo’lib,birgina ta’lim yo’nalishida misli ko’rilmagan tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.Yosh avlodning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnalogiyalarni mukammal egallashi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solinayotgani,xususan prezident va ijod maktablari tashkil etilgani,Oliy ta’lim muassasalari sonini ko’paytirish,sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish,nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o’rnatish kabi qator va cheksiz imkoniyatlarning yaratilayotgani yoshlarimizning o’z salohiyatlarini namoyon etib, dunyo ilm-fan taraqqiyoti rivojiga hissa qo’shishlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar mahsulidir.Bu borada davlatimiz rahbarining tashabbusi va qo’llab-quvvatlashi esa ularga bu maqsadlarni amalga oshirishda ko’mak beradi.Prezident Shavkat Mirziyoyevning : “Biz o’z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug’ maqsadni qo’ygan ekanmiz,buning uchun yangi Xorazmiylar,Beruniylar,Ibn Sinolar,Ulug’beklar,Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda avvalo ta’lim va tarbiyani rivojlantirish,sog’lom turmush tarzini qaror toptirish,ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo’lib xizmat qilishi lozim”65,-deya baralla aytgan so’zlari yoshlar uchun katta marralar sari yo’l ochmoqda.
Mamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo’nalishi tanlab olinib,alohida e’tibor bilan rivojlantirilmoqda.Bu yil fizika va chet tillari ana shunday ustuvor sohalar etib belgilangan.
O’zbekistonning ochiqlik siyosati,dunyo bozoriga faol kirib borayotgani,barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda.
Bugungi kunda yurtimizdagi 25 ta oliy ta’lim muassasasida o’qitish chet tilida olib borilmoqda.Xalqaro til sertifikati olgan bitiruvchi o’quvchilar soni oxirgi 3 yilda 10 baravarga oshgan.Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg’armasi orqali 350 nafar talabaning nufuzli xorijiy universitetlarda o’qishi uchun stipendiyalar ajratildi.Bu o’tgan yillarga nisbatan 5 baravar ko’pdir.Bundan tashqari chet tilini o’qitishning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg’armasi orqali xorijiy doktoranturada ta’lim olish uchun yiliga 20 ta o’rin ajratilganligi bejiz emas66.
Mamlakatimizda olib borilgan bunday keng qamrovli qaror va tadbirlar natijasida hududimizning barcha sohalarida ingliz tilini puxta o’zlashtirish va fan – ta’lim sohasida ham davlatlararo hamkorlikning keng yo’lga qo’yilganligi bilan o’z ifodasini topdi.Bu borada esa O’zbekiston --- Buyuk Britaniya munosabatlari yanada mustahkamlanib,nafaqat yirik iqtisodiy hamkorlik ,balki ta’lim,ilm-fan ,san’at,va turizm kabi sohalar ham ikki tomonlama millatlarning rivoji uchun muhim qonuniy asos rolini bajardi.
Ilg’or xorijiy tajribani o’rganish,chet tili ta’limi jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari bilan tanishish, yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnalogiyalarini joriy etish ,ma’ruzalar o’qish,seminar va seminar treninglar o’tkazish maqsadida Buyuk Britaniyaning yetakchi Oliy ta’lim muassasalaridan malakali va tajribali mutaxassislar bilan uchrashuv va treninglar yo’lga qo’yildi.Bundan tashqari Buyuk Britaniyaning Lancaster universiteti va O’zJTU tomonidan keng qamrovli hamkorlik tashkil etilib,bunda Buyuk Britaniyaning oliy darajali professor olimlari tomonidan malakali kadrlarimizga Jahon metodi asosida ta’lim berish borasida muhim shartnomalar imzolanganligi O’zbekiston yoshlari uchun dunyo ilm-fanini zabt etish uchun yana bir qadamdir67.
Shunday muhim hamkorliklardan yana biri 2021-yil sentyabr oyida Navoiy davlat pedagogika instituti va dunyoning eng yaxshi universitetlari bo’yicha “Times Higher Education “ reytingidagi 200 oliy o’quv yurti ro’yxatidan joy olgan, 1901 yilda tashkil topgan Buyuk Britaniyaning Sanderlend universiteti o’rtasida onlayn-muzokarada ko’rib chiqildi.Unda Navoiy davlat pedagogika institute rektori Bahodir Sobiov va Sanderlen universitetining xalqaro masalalar bo’yicha prorektori Jon Makintayr o’rtasida NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BILAN Britaniyaning sifat andozalari asosida ingliz tilini professional darajada biladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo’yicha uzoq muddatli hamkorlikka tayyor ekanini bildirib,hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.
Bu ikki mamlakat o’rtasidagi fan va ta’lim yo’nalishidagi o’zaro hamkorlik yildan—yilga rivojlanib,yaqin besh yil ichida o’zining ancha samarasini ko’rsatmoqda.Joriy yilda Buyuk Britaniyaning xorijdagi Parlament osti davlat sekretarligi va fan—ta’lim hamkorlik offisi raisi Tobias Elvuddning Buyuk Britaniyada “Journal of incredulity 7”jurnalida bergan intervyusida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning istiqboli va hozirgi holati haqida o’zining ijobiy fikrlarini bildirib:-“O’zbek hukumatining e’tiborini yoshlarning ingliz tilini yaxshi o’zlashtirishiga qaratgani ham e’tiborga molik.Buning samarasi o’laroq,bugungi kunda o’zbek yoshlari orasida 500 mingdan ortiq ingliz tili o’rganuvchilari mavjud. Mening fikrim Buyuk Britaniya va O’zbekiston hamkorligida iqtisod,savdo imkoniyatlari bilan bir qatorda ta’lim sohasidagi madadi ya’ni bunga Birlashgan Qirollik Konsulligining bir necha yillardan beri O’zbekistondagi mukammal faoliyati va uning shu kunga qadar erishgan yuksak natijalaridir. Bu konsullik tufayli O’zbekiston yoshlari ayniqsa lotin tili mamlakatlarining ich negizigacha kirib borib hatto o’zlarining ilmiy ishlarini yoqlab va o’z tili bo’lgan inglizlarning olqishlariga sazovor bo’ldilar desak mubolag’a bo’lmas. Ta’limiy madadga yana bir qancha mavsumiy ilm fan stipendiyalarini misol keltirishimiz mumkin.Bularga “An excellent programist ever “, “The best choiser of the future “, “Ascientific research who changes the world “(magistrlar uchun),”Who should I.?”(Bakalavrlar uchun ),”The creative seatchers “( rassom ,fotochilar uchun) , “An artist described the ancience of his nation “,”Jon Smit “ stipendiyasi (innovatsion g’oyalari uchun) kabilar kiradi.Bu kabi grant musobaqa tanlov va press konferensiyalar yoshlarni dunyo mamlakatlariga kirib borishida yordam beribgina qolmay , ularning o’z vatanlariga qandaydir yangilik va kashfiyot bilan qaytishlarini ta’minlaydi.”68- deya o’z fikrlarini omma e’tiboriga havola etdi.
Xulosa qilib aytganda,agar jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak,ularda jamiyat hayotini o’zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo,ta’lim tizimidan boshlanganini ko’ramiz.Zero,muhtaram prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ”Ilm va ta’limning qadriga yetib,davlatimizda ilm va ta’lim o’rganish bilan muhit yaratilsa,bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz!”69 Davlatimiz rahbari hozirgi davrni milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon deb e’lon qilganligining zamirida qatiy ishonch va chuqur hikmat mujassam.Negaki,keying 10 yilligimiz asl yuksalish va taraqqiyot davri bo’lishi muqarrar.Zero,oxirgi yillarda qabul qilingan va albatta qilinajak qonunlar,farmon va qarorlar,amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar taraqqiyotning yangi ufqlariga asos bo’ladi.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish