Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi


ILM-FAN VA TABIAT MARKAZIDAGI MASHG‘ULOTLARNING SAMARADORLIGIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI



Download 0,71 Mb.
bet59/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
4-ШУЪБА

ILM-FAN VA TABIAT MARKAZIDAGI MASHG‘ULOTLARNING SAMARADORLIGIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI

Mardonova Muhabbat Kenja qizi


Navoiy davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
2- bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqola orqali ilm-fan va tabiat markazidagi mashg‘ulotlarning samaradorligi va qiziqarliligini oshirishda AKT ning ahamiyati qay darajada muhim ekanligi yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: AKT, tabiat , parvarishlash, tasavvur , malaka , ko‘nikma, tarbiya, jonli va jonsiz tabiat, mikroorganizm, animatsiya.
Hozirgi kunda jahonning ilg‘or tajribalaridan andoza olgan holda ta’lim tizimiga yangicha innovatsiyalar olib kirilmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimiga ham zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda yangicha bilim berishga yondashilmoqda. Frontal tarzda olib borilgan mashg‘ulotlar, hozirgi paytga kelib esa frontal mashg‘ulotlar bilan birga rivojlantiruvchi markazlarda ham mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan . Bu markazlar quyidagilar:

  1. Nutq va til markazi.

  2. San’at markazi.

  3. Qurish -yasash va elementar matematika markazi.

  4. Ilm- fan va tabiat markazi.

  5. Syujetli rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi.

Rivojlantiruvchi markazlarda bitta mavzu 5 xil ko‘rinishda yoritiladi. Qaysi jihatini o‘rganish esa bolalarning o‘z ixtiyoriga va tarbiyachining kasbiy mahoratiga bog‘liq.
Markazlar orasida bolalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan markazlardan biri ilm-fan va tabiat markazidir. Chunki inson tabiat qo‘ynida dunyoga keladi, u bilan birga yashaydi. Tabiatda sodir bo‘ladigan har qanday hodisalar, undagi jonli va jonsiz mavjudotlarni o‘rganish nafaqat katta yoshdagi insonlar uchun balki yosh bolalar uchun ham juda qiziq. Bu jajji bolajonlar har narsaga qiziquvchan, intiluvchan bo‘lishadi. Ushiniskiy shunday degan edi: “Meni pedagogikada “var var” deb hisoblasangiz ham lekin men o‘z hayot tajribamda shunday xulosaga keldim . Go‘zal tabiat yosh qalbga shunday katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadiki, hatto pedagogikaning ta’siri ham u bilan raqobatlashishga ojizdir”. Masalaning yana bir tomoni shundaki, ko‘pchilik bolalar ilm-fan va tabiat markazidagi mashg‘ulotlardan ko‘ra ko‘proq san’at, qurish-yasash, syujetli rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazidagi mashg‘ulotlarga e’tobor qaratadi. Bunga asosiy sabab esa, markaz uchun yetarli darajada jihozlarning bo‘lmasligi va amaliy tajribalarning o‘tkazilmasligidir.
Fan va tabiat markazidagi mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish uchun AKT dan foydalanish juda o‘rinlidir. Masalan, aprel oyi ikkinchi haftasida fan va tabiat markazi uchun havo va suvning xususiyatlarini tajribada ko‘rish,teleskop bilan bolalarni tanishtirish kabi mavzular berilgan. Havo va suv ustida juda ko‘p tajribalar o‘tkazish mumkin. Jumladan, suvga turli moddalar shakar , tuzni solib uning erib ketishi va suvning ta’mi o‘zgarishini, yoki suvga turli bo‘yoqlar qo‘shilganda suvning rangi o‘zgarishi, suvda yog‘ning erimasligi, stakandagi suvni og‘zini varoq bilan berkitib , shu varoqda teshik hosil qilib nina suvga tashlanganda cho‘kmasligini tajriba orqali bolalarga ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari ham suv ustida juda ko‘p kimyoviy tajribalar o‘tkazish mumkin. Ammo bularni bolalar bilan sinab ko‘rib bo‘lmaydi, chunki bu bolalar hayoti uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu tajribalarni monitorlarda ko‘rish tavsiya etiladi. Bunday tajribalardan bolalar hayratlanishadi, fikrlash va tasavvur doirasi kengayadi, go‘yoki mo‘jizaga guvoh bo‘lganday bo‘lishadi. Bundan tashqari tabiatda ko‘zga ko‘rinmaydigan mikroorganizmlar juda ko‘p. Bola buni ko‘rmaguncha unda tasavvur hosil bo‘lmaydi. Og‘zaki aytib tushuntirib berish yetarlicha samara bermaydi. Vidyorolik orqali ko‘rsatib berilganda bola rostdan ham ko‘zga ko‘rinmas mavjudotlar borligiga ishonch hosil qiladilar. Ular hattoki yuvilmagan meva va sabzavotlar, iflos qo‘llarda ham bo‘lishini ko‘rgan bolalarda gigiyena qoidalariga amal qilish ko‘nikmalari ham shakllanadi. Tabiatda juda ko‘p turli-tuman hayvon va o‘simliklar bor, ularni barchasini ko‘rmaganmiz va hattoki eshitmaganmiz. Ularning hayot tarzi, yashashi, oziqlanishi, ular orasidagi raqobatlat faqat kattalargagina emas bolalar uchun ham qiziq jarayon. Bunday qiziq lavhalarni videorolikdan ko‘rgan bolalarni tabiatga nisbatan qiziqishi yanada ortadi, uni asrab-avaylashga intiladi. Animatsion rolliklar orqali o‘simliklarning o‘sishini, gullarning ochilishini, vulqonlarning otilishini, kapalaklarning pilla o‘rashi-yu, tuxumdan chiqishini ko‘rgan bolalarning fan va tabiat markaziga nisbatan qiziqishi ortadi.
Ilm -fan va tabiat markazidagi mashg‘ulotlarda AKT dan foydalanganda quyidagilarga e’tibor berish lozim :

  • Mavzuga mos videorolliklar tanlash;

  • Ko‘proq ovozli videorolliklardan foydalanish;

  • Videorolliklar davomiyligi 5-7 daqiqadan oshmasligi kerak. Chunki bolalar zerikib, diqqati bo‘lina boshlaydi;

  • Bolalar tushuna oladigan darajadagi videolarni qo‘yib berish;

  • Ko‘rish jarayonida tarbiyachi tomonidan bolalarga savollar berilib borilishi;

  • Animatsiya so‘ngida hayvonlar harakatiga va tovushiga taqlid qilish;

  • Videoda ko‘rgan gullar va hayvonlarni parvarishlash jarayonini amalda bajarib ko‘rish

Har bir mashg‘ulotda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ko‘zlangan maqsadiga erishishdagi eng oson, samarali va sinalgan usullaridan biridir.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish