GLOBALLASHUV DAVRIDA OGOHLIK DAVR TALABI
Tarix fakulteti 2-kurs talabasi G’aniyeva Gulnigor
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig’iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas. Biz yashayotgan davr erkin axborot almashish davri hisoblanadi. Har bir fuqaro o’zi uchun kerakli bo’lgan axborotni izlash, topish, qayta ishlash va uzatish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida belgilanganidek, “har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish, va uni tarqatish huquqiga ega”. Evolyutsiya natijasida yer yuzida paydo bo’lgan o’zgarishlar va rivojlanishlarning tub zaminida siz-u bizni o’ylantirgan va biz ma’lum ma’noda e’tibor bermagan ma’lum jihatlar ham mavjud. Bular maqsad muddao bilan bog’liq bo’lgan faoliyatni o’z ichiga qamrab oladi. Bu maqsadlar bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki tushuncha, ya’ni, ezgulik va yovuzlik yo’lida foydalanilgan axborotlar majmuini ifoda etadi. Birinchi Przidenimiz ta’kidlaganlaridek, biz bugun o’z farzandlarimizga har qaysi ko’rinishdagi faoliyatlarini cheklab qo’yolmaymiz.Ularga uni ko’rma, bu narsani eshitma deb ayta olmaymiz. Atrofimizni devor bilan o’rab olish hech bir maqsadimizni aks ettirmaydi. Bugungi kunda ulg’ayib kelayotgan yoshlarga puxta bilim berish, zamon talablariga javob beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish ko’nikmalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlanadi. Mamlakatimizda barcha sohalarda jumladan, ta’lim tizimida ham barcha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanmoqda.
Jamiyat fuqarosining huquqiy bilimi va yuksaltirish, ularning siyosiy faolligini oshirish hamda zarur axborot bilan tanishish uchun katta imkoniyat yaratilmoqda. Ular yoshlarda turli axborotlarga nisbatan tanlovchanlik xususiyatini shakllantirish eng dolzarb muammo sifatida e’tirof etilmoqda. Mamlakatimizda ma’lumotlarni uzatish, tarmoqlatirini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanadigan operatorlar soni 102 ta provayderlar aholiga telekommunikatsiyaning turli texnologiyalari asosida xizmat ko’rsatmoqda. Bu esa ma’lumot uzatish tezligining imkoniyatini yanada yaxshilash imkonini bermoqda.
Hozirgi kunda mobil provayderlar Wi Max, Wi-Fi va boshqalar o’z faoliyatini amalga oshirmoqda. Bugungi kunda insonlar orasida mobil aloqa vositalari, kompyuter, notebook va boshqalar orqali turlicha mazmundagi man etilgan ma’lumotlar bazasini o’zlariga qabul qilishga o’rinishlar, bu holat vayoga yetmagan yoshlar o’rtasida ko’proq sodir bo’layotgani kishini mulohazaga chorlaydi. Jamiyatimizda tinchlik muhitini yanada yuksaltirish, insonlarni ogohligini oshirish bo’yicha ham tegishli taskilotlar tomonidan qaror va qonunlar qabul qilinmoqda va tegishli hujjatlar ijrosini ta’minlash bo’yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlari faoliyatini e’tirof etishimiz joiz. Jumladan, “Axborotlashtirish to’g’risida”gi, “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi, “Elektron tijorat to’grisida”gi qonunlar, sohaga oid qator qaror va farmonlar mamlakatimizda axborotlashtirishning milliy tizimi va qulay axborot makonini shakllantirishga, ishonchli va xavfsiz milliy ma’lumotlar bazasini yaratishga xizmat qilmoqda. Axborot xizmatlari bozori rivojlanib, milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g’oyat tezkorlik bilan kirib borilmoqda”.80 “O’zbektelekom” aksiyadolik kompaniyasining “O’zmobayl” filiali negizida mobil aloqa milliy operatori tashkil etildi. Mobil aloqa milliy operatori mamlakatimizning barcha hududlarida ma’lumotlar yuqori tezlikda uzatishning eng zamonaviy texnologiyarini joriy etish, mobil televideniye, elektron to’lovlar, tijorat xizmatlarini ko’rsatish maqsadida tashkil etilmoqda. Inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas bo’lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.
So’nggi statistik ma’lumotlarga ko’ra internetdan foydalanuvchilar, ya’ni unga tobe kishilarning 25 foizi 6 oyda, 58 foizi yil davomida, 17 foizi esa bir yildan keyin bu kasallikka chalinganligi aniqlangan. Hozirgi kunda internet foydalanuvchilarning 10 foizi shu kasallikka chalingan. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi yetakchi ilmiy xodimi, psixologiya fanlari nomzodi U.Qodirov “Globallashuv sharoitida destruktiv tahdidlar oldini olishning ijtimoiy-psixologik jihatlari” nomli maqolasida kompyuter qaramligining psixologik va fiziologik simptomlarni kiritish mumkinligini e’tirof etadilar. Psixologik xususiyatlari:
kompyuter qarhisida eyrofiya holati yoki qulaylikni his qilish;
kompyuter bilan ishlashdan o’zini to’xtata olmaslik;
kompyuter qarshisida o’tkazilayotgan vaqtning tobora ko’chayib borishi;
oila va do’stlar, kishilarga nisbatan e’tiborning kamayib borishi;
kompyuterdan boshqa joylarda depressiya, achchiqlanish hissining kuzatilishi;
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, quyida e’tirof etilgan omillar har bir insonning hayot tajribasida uchrab turadi.Kimdir bu holatga befarq, kimdir ogohlik bilan qaraydi. Yurtdoshlarimizning xorijiy mamlakatlarga ma’lum maqsadli faoliyatlarni amalga oshirish uchun ketayotganliklari, ayni holatda bu davlat tashkilotlariga murojaat etmasdan noqonuniy tarzda ish faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni huquqiy jihatdan madaniyatli deb ayta olamizmi? Ota-ona sifatida farzandlariga to’gri tarbiya berishi mumkinligi to’g’risida-chi?. Bu sovollar kishini yana va yana mulohazaga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |