DARSLIKDA BERILGAN MASALAGA TESKARI MASALA TUZISH VA UNI YECHISH ORQALI BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING MATEMATIK BILIMLARINI MUSTAHKAMLASH
Ungarov Baxtiyor Hayitovich.
Boshlang`ich ta`lim kafedrasi katta o`qituvchisi
Ozodova Rayxonoy
3-kurs talabasi
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida “O`zbekiston respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi’’ to`g`risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, (29.04.2019 yildagi PF-5712-son) qabul qilindi.
Konsepsiya xalq ta’limi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Jumladan konsepsiyada O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish, xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab o`tilgan.
Boshlang`ich sinf o’quvchilarini mustaqil masala tuzishga o’rgatish hozirgi kunda muhim masalalardan biri sifatida o’qituvchi va tarbiyachilarning diqqatini jalb qilib kelmoqda. Ushbu jarayonda o’quvchilarni darslikda tavsiya etilgan masalaga bir nechta teskari masala tuzishga o’rgatish orqali ularda dastur materiallarini puxta o`zlashtirish hamda matematikaning hayotiy voqealar bilan bog’liqligi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish ta’minlanadi. Ularda mustaqil tafakkur yuritish ko’nikmasi rivojlantiriladi. Kuzatish va tajribalar shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik boshlang’ich sinf o’quvchilari(hatto 5-6 sinflar o’quvchilari ham bundan mustasno emas)masala tuzishga qiynalishadi. Bizningcha, buning asl sababi, masalalar tuzishga doir topshiriqlar tizimining yaratilmaganligi, nazariy va amaliy jihatdan bunday mashqlarni bajarish metodikasining yetarlicha ishlab chiqilmaganligidir.
Boshlang’ich sinf matematika darsliklarida masala tuzish va uning shartini o’zgartirishga doir topshiriqlar ancha kam o’rin olgan.
Masala tuzish va uning shartini o’zgartirishga doir topshiriqlar Davlat ta’lim standarti va dasturi talabiga mos bo’lishi, o’quvchilarning jamoa ishida individual xususiyatlarini hisobga olish talabi va topshiriqlarning tizimda joylashishiga qo’yilgan talablarni inobatga olish zarur. Matematikadan darslikda tavsiya etilgan masalaga bir nechta teskari masala tuzish va uning shartini o’zgartirishga doir topshiriqlarni quyidagi ketma-ketlikda berish maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz:
O’quvchi ko’z o’ngidagi narsa predmetlarga ko’ra “syujetli” masala tuzish va unga teskari masala tuzish. Bu davrda o’quvchida o’yin faoliyati kuchliroq bo’lgani uchun masala matnini tuzishda o’qituvchi turli xil mavzularni tanlashi mumkin.
Rasmga qarab masala tuzish ishi alohida predmet(masalan, olma, nok, anor, qo’ziqorin, tulki, xo’roz va boshqa narsalar) rasmlaridan foydalanib masala tuzish topshirig’i bilan ifodalanadi.
O’quvchilar tomonidan tuzilgan har bir masala o’z vaqtida muhokama qilinishi,masala xato tuzilgan bo’lsa tuzatib borilishi, ularni rag`batlantirish o’quvchilar tomonidan mustaqil masala tuzish ko’nikmasining puxta shakllanishiga katta yordam beradi.
Biror shart bilan chegaralanmagan holda o’quvchilar tomonidan ixtiyoriy mazmundagi masalalar tuzish.
Berilgan son ma’lumotlar va ular ustida bajariladigan amalga ko’ra masalalar tuzish.
Quyida biz “Sharq’ nashriyot- matbaa aksiadorlik kompaniyasi” bosh tahririyati tomonidan 2019 yilda nashrga tavsiya etilgan 3-sinf matematika darsligida tavsiya etilgan masalalarga teskari masala tuzish hamda uning yechimi to`g`risida amaliy ishlarni tavsiya etamiz.
3 – sinf matematika darsligining 24 – betidagi 8 – masala va uning yechilishi:
MASALA: Quyonlar uchun 5 kg sabzi keltirildi. 13 ta quyonning har biriga 4 tadan sabzi berildi. Agar har bir kilogrammda 11 tadan sabzi bo’lsa, necha dona ortib qoldi?
BERILGAN: Keltirildi – 5 kg sabzi;
Quyonlar soni – 13 ta;
Har bir quyonga – 4 tadan berildi;
Har bir kg – 11 tadan sabzi;
Qolgan sabzilar soni - ?
YECHISH: 5 x 11 = 55
13 x 4 = 52
55 – 52 = 3 JAVOB: 3 ta sabzi ortib qoldi.
Ushbu masalaga teskari masalalar va ularning yechimi.
TESKARI MASALALAR:
1) Quyonlar uchun 5 kg sabzi keltirildi. Har bir quyonga 4 tadan sabzi berildi. Agar har bir kilogrammda 11 tadan sabzi bo’lsa va 3 ta sabzi ortib qolsa,
BERILGAN: Keltirildi – 5 kg sabzi;
Har bir quyonga – 4 tadan berildi;
Har bir kg – 11 tadan sabzi;
Ortib qolgan sabzilar soni – 3 ta sabzi;
Quyonlar soni - ?
YECHISH: 5 x 11 = 55
55 – 3 = 52
52 : 4 = 13 JAVOB: 13 ta quyon.
2) Quyonlar uchun 5 kg sabzi keltirildi. 13 ta quyonga sabzilar teng miqdorda tarqatilgandan so’ng, 3 ta sabzi ortib qoldi. Agar har bir kilogrammda 11 tadan sabzi bo’lsa, quyonlarga nechtadan sabzi tarqatilgan?
BERILGAN: Keltirildi - 5 kg sabzi;
Quyonlar soni – 13 ta;
Ortib qoldi – 3 ta sabzi;
Har bir kg – 11 tadan sabzi bor;
Har bir quyonga tarqatilgan sabzilar soni - ?
YECHISH: 5 x 11= 55
55 – 3 = 52
52 : 13 = 4 JAVOB: 4 tadan sabzi tarqatilgan.
3) Quyonlar uchun 5 kg sabzi keltirildi. 13 ta quyonning har biriga 4 tadan sabzi berildi va shundan so’ng 3 ta sabzi ortib qoldi. Har bir kilogrammda nechtadan sabzi bo’lgan?
BERILGAN: Keltirildi – 5 kg sabzi;
Quyonlar soni – 13 ta;
Har bir quyonga tarqatilgan sabzilar soni- 4 ta
Ortib qolgan sabzilar soni – 3 ta;
Har bir kilogrammdagi sabzilar soni - ?
BERILGAN: 13 x 4 = 52
52 + 3 = 55
55 : 5 = 11 JAVOB: Har bir kilogrammda 11 tadan sabzi bor.
4) Quyonlar uchun ma’lum miqdorda sabzi keltirildi. 13 ta quyonning har biriga 4 tadan sabzi berildi va shundan so’ng 3 ta sabzi ortib qoldi. Agar har bir kilogrammda 11 tadan sabzi bo’lsa, quyonlar uchun jami necha kg sabzi keltirilgan?
BERILGAN: Quyonlar soni – 13 ta;
Har bir quyonga berilgan sabzilar soni – 4 ta
Ortib qolgan sabzilar soni – 3 ta;
Har bir kilogrammda – 11 tadan sabzi;
Jami keltirilgan sabzilar - ? kg
YECHISH: 13 x 4 = 52
52 + 3 = 55
55 : 11 = 5 JAVOB: Quyonlar uchun 5 kg sabzi keltirilgan.
3- sinf matematika darsligining 24 – betdagi 8- masalaga qo’shimcha savolli masala va uning yechilishi:
QO’SHIMCHA SAVOLLI MASALA:
Quyonlar uchun 5 kg sabzi keltirildi. 13 ta quyonning har biriga 4 tadan sabzi berildi. Agar har bir kilogrammda 11 tadan sabzi bo’lsa, necha dona ortib qoldi? ( Agar har bir kilogrammda 12 tadan sabzi bo’lsa – chi? )
BERILGAN: Keltirildi – 5 kg sabzi;
Quyonlar soni – 13 ta;
Har bir quyonga – 4 tadan berildi;
Har bir kilogrammda – 12 tadan sabzi;
Ortib qolgan sabzilar soni - ?
YECHISH: 5 x 12 = 60
13 x 4 = 52
60 – 52 = 8 JAVOB: 8 ta sabzi ortib qoladi.
Ushbu masalalarni o`quvchilarning ta`til paytida shug`ulanishlari uchun tavsiya etilishi mumki va bu o`tilganlarni takrorlashga va matematik bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi
Adabiyotlar:
“O`zbekiston respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi’’ to`g`risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, (29.04.2019 yildagi PF-5712-son)
3-sinf matematika darsligi “Sharq” nashriyot- matbaa aksiadorlik kompaniyasi” bosh tahririyati tomonidan 2019 yilda nashrga tavsiya etilgan.
Nurzoda Tosheva “O`quvchilar bilish faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari” “Pedagogik mahorat” 2011 yil 3-son