Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi


Qattiq tanali ion-selektiv elektrodlarni modernizatsiya qilish



Download 0,71 Mb.
bet40/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
Bog'liq
4-ШУЪБА

Qattiq tanali ion-selektiv elektrodlarni modernizatsiya qilish.
Yangibayev S., k.f.n., dotsent, NavDPI “Kimyo” kafedrasi +998 93 662 01 26
Mo’minov O’.M., NavDPI “Kimyo” kafedrasi 1-kurs magistri +998 97 926 19 65

Ionselektiv elektrodlar (ISE) – bu elektrokimyoviy datchiklar (elektrokimyoviy sensorlar) dan biri bo’lib, bir turdagi ionlar aktivligi (konsentratsiyasi) ni boshqa turdagi ionlar ta’sirida tanlab aniqlash imkonini beradi. Bunday elektrodlarning asosiy komponenti faqatgina ma’lum tipdagi ionlarni o’tkazuvchi ionsezgir membrana hisoblanadi. Bunday turdagi membranalarning xarakteristikasi shundan iboratki, analiz qilinayotgan sistemadagi ma’lum tipga mansub ionlar konsentratsiyasini yuqori selektivlik asosida aniqlash imkonini beradi. Yarim o’tkazuvchan membrana ichki (standart) eritmani aniqlanishi kerak bo'lgan ion va tahlil qilinadigan eritmaning ma'lum konsentratsiyasi bilan ajratib turadi, shu bilan birga ular orasidagi elektrolitik aloqani ta'minlaydi. Elektrokimyoviy zanjir o’lchovi bundan tashqari, analiz qilinayotgan eritma bilan kontaktda bo’lgan taqqoslanuvchi elektrodni ham o’z ichiga oladi. [1]


Eng samarali nanozarrachalar sintezi suyuq muhitda sirt-faol modda (SFM) lardan foydalanish hisoblanadi. SFM modda molekulalari nazorati ostida cho’ktirish metodidan foydalanilganda, SFM lar sirtida nanozarrachalarni adsorbsiyalaydi va ularning yiriklashishini sekinlashtiradi. Mikroemulsiyada nanozarrachalarni sintez qilishda ma’lum o’lchamdagi nanozarrachalarni sintez qilish mumkin, chunki mikroemulsiya tomchilari nanozarrachalarning yanada o’sishiga to’sqinlik qiluvchi matritsa bo'lib xizmat qiladi. Natijada, yetarlicha zich o’lchamli nanozarracha olinadi.
Nanoekologiya (nanosanoat ekologiyasi) – bu ekologik tadqiqotlarning yangi bo’limi bo’lib, uning mavzu ko’lami insoniyat hayot faoliyati uchun global nanosanoatlashtirishning potentsial va xavf-xatarlari, shuningdek nanotexnologiyalar va nanomateriallarning inson salomatligiga ta’siri muammolari samarali me'yor va standartlarni ishlab chiqishdir. Ilmiy tadqiqotning bu yo’nalishi hali shakllanish jarayonida, lekin ilmiy jamoatchilik tomonidan allaqachon ko’plab muammolar muhokama qilinmoqda.
So’zsiz, nanoekologiyaning shakllanishiga yo’naltirilgan birinchi qadam, nanotexnologiyaning mohiyatini va ularning aniq ta’rifini haddan tashqari xilma-xil talqinlardan xalos bo’lish uchun obyektiv tushunishdir. Qayd qilinishicha, “nanotex-nologiya atamasi turli asosli g’oyalar va yondashuvlarni, shuningdek, moddaga ta’sir ko’rsatuvchi turli usullarni birlashtiradi”. Bunda, “nanosoha”ning yuqori chegarasi yarimo’tkazgich texnologiyasida keng qo'llaniladigan katta integral mikrosxema-larning minimal elementlariga to’g’ri keladi. Bu sohaga fullerenlar va nanotrubkalar ham tegishli hisoblanadi. Bunda, A.G. Malishevaning fikriga ko’ra, “nanotexno-logiyalar, atom va molekulalar bilan bevosita sodir bo’ladigan barcha jarayonlarni birlashtiradi”. “Nanozarrachalar atamasi bu tushunchaga kiritilgan tubdan yangi tarkibni aks ettirmaydi” degan fikr ham mavjud. Nanozarrachalar ikki o’lchamli metastabil fazadan iborat bo’lib, sifat jihatidan yangi struktura va enegetik xossalarga ega bo’lishi hisobiga yirik o’lchamli materialdan farq qiladi. Ikki o’lchamli nanozarracha formasi yuqori reaksion kuch hisobiga parallel chegaralar yuzasida molekulalararo kuchlanish sodir bo’ladi. Asosiy nanotuzilish formasi fulleren va nanotrubka ko’rinishida tubdan yangi elektrofizik holatni namoyon etadi. Aslida, buni ayni paytda shakllangan kvant namoyishlari yordamida tushuntirish mumkin.
Yangi uglerod tuzilmalarini ishlab chiqish va sinovdan o’tkazishda bevosita ishtirok etadigan fiziklar, “nanotexnologiya” atamasi bo'yicha “o’lchami 1-100 nm bo’lgan obyektlarni yaratish va ularni manipulyatsiya qilish imkonini beradigan texnika va tadqiqot usullari to’plami” bo’yicha ish olib bormoqdalar. G.G. Onishchenko nanotexnologiyalarni kengaytirilgan tartibda quyidagicha ta’riflagan: “o’lchami 100 nm dan kam bo’lgan moddiy obyektlarni yo’naltirilgan boshqarish usullari to'plami bo’lib, bu nanometr oralig’ida (nanomateriallar) an’anaviy kimyoviy tarkibli moddalardan tuzilmalarni yaratishga imkon beradi va ularga noyob mexanik kuch, maxsus spektral, elektr, magnit, kimyoviy, biologik xususiyatlar kabi yangi xususiyatlarni beradi.” [2]
Kumush sulfid (Ag2S) asosida qattiq membranaga ega bo’lgan elektrodlar keng qo’llaniladi. Bu modda o’zining kam eruvchanligi, quyi elektr qarshilikka egaligi va oksidlovchi hamda qaytaruvchilarga nisbatan yuqori bardoshliligi tufayli ionl selektiv membranali ion selektiv elektrodlar tayyorlash uchun ideal material bo'lib xizmat qiladi. [3] Kumush sulfid nafaqat Ag+ va S2- ionlariga nisbatan yuqori selektivlikka ega bo’lgan elektrodlarni yaratish uchun ishlatilibgina qolmasdan, shuningdek, kumush galogenidlari va CN- ionlari hamda ko’plab ikki zaryadli metall sulfidlari uchun ajoyib matritsa hisoblanib, Cd2+, Cu2+, Pb2+ kationlari galogenidlarini suyuqlantirish yoki presslash hisobiga ko’plab ionlarga sezgir bo’lgan membranalarni olish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo va hatto dunyo miqyosida oltin ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi davlat sanaladi. Oltin olishda natriy sianidning suyultirilgan eritmasi ishlatiladi. Bunda oltin eriydi. Oltin olishda natriy sianid kontsentratsiyasi Belorus Respublikasidan (Gomel zavodi) olib kelinadigan sian-selektiv elektrodlar orqali doimiy nazorat qilinadi. CN-selektiv elektrodlar ishlab chiqarishda ishlatilganda ko’pincha ishchi eritma konsentratsiyasining keskin o’zgarishi tufayli odatda ishdan chiqadi. Hozirgi vaqtda qattiq kristall membranalarga ega bo'lgan elektrodlar metall o’tkazgich va membrananing bevosita aloqasidan foydalangan holda ichki eritmasiz tayyorlanadi. Bunday elektrodlar qattiq tanali (yoki qattiq kontaktli elektrodlar) deb nomlanib, ular bilan ishlash ichki eritmalarga ega bo’lgan elektrodlarga qaraganda ancha qulaydir.
Ushbu tadqiqotning maqsadi CN-selektiv qattiq membrana elektrodlarini yaratish yoki takomillashtirish, undagi mavjud kamchiklarni kamaytirish va elektrodlar davomiyligini oshirishdan iborat.
Presslangan qattiq Ag2S selektiv membrana sifatida foydalanildi. Shu maqsadda biz Ag2S ni quyidagi sxema bo’yicha sintez qildik:
AgNO3 + Na2S = Ag2S +NaNO3

Jarayon polivinil spirtining suyultirilgan eritmasida olib borildi. Turli o’lchamli nanozarrachalarni sintez qilishda boshqariladigan sharoitlarga reagentlar konsentrat-siyasi, sintez temperaturasi, reaksion aralashma va eritmani aralashtirishda nanozarrachalarni saqlab qolish kiradi. Sintez temperaturasi 250С dan 500С gacha oraliqda, reaksion aralashmada nanozarrachalarni saqlash vaqti esa 48 soatni tashkil etdi.


Cho’kkan kumush sulfid kristallari qorong’u joyda filtrlab, quritishga qo’yildi. Qumsimon cho’kma maxsus zichlagich yordamida zichlanib, yaroqsiz elektrodga qo’yildi. Keyinchalik ishchi eritmada tadqiq etildi.
Adabiyotlar.
1. Откидач К.Н. Анион селективные электроды на основе координационных соединений пиррольных макроциклов и низкоплавких ионных материалов: Авт. диссер.на соиск. учен. степ. к.х.н. по 02.00.02-Аналитическая химия. М.2020.
2. Латышевская Н.И., Стрекалова А.С. Экологические проблемы развития нанотехнологий. Вест.Волгогр.гос.ун-та.Сер.3,Экон.Экол. 2011.№1(18)
3. Гуляева Е.В. Синтез наночастиц CdS, ZnS и Ag2S в жидких системах с ПАВ. Авт. диссер.на соиск. учен. степ. к.х.н. по 02.00.01-Коллоидная химия. М.2013.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish