Sinf: 1.
Fan: Matematika
Mavzu: “10 sonini mustahkamlash”.
Darsning maqsadlari.
a) Ta’limiy maqsad:
O`quvchilarni o`tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini boyitib borish, 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, uning tartibi va tarkibi haqida bilim berish.
b) Tarbiyaviy maqsad:
O`quvchilarni vaqtdan unumli foydalanishga, tejamkorlikka, o`quv qurollarini, maktab jihozlarini asrab avaylashga o`rgatish.
d) Rivojlantiruvchi maqsad:
O`quvchilarni aqliy faoliyatini rivojlantirish, mustaqillikka yo`naltirish, og`zaki va yozma, tez va to`g`ri hisoblash malakalarini shakllantirish.
Dars tipi: Aralash.
Dars turi: Mustahkamlovchi dars.
Dars usuli: Aqliy hujum, interfaol, ko`rgazmalilik, noan’anaviy.
Dars jihozi: Darslik, mavzuga oid ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, doska.
Texnik vositalar: Multimedia, magnitafon, ekran.
Darsning borishi:
-
Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash. O`quv qurollarining mavjudligini tekshirish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O`quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiat hodisalariga sharx beradilar.
-
Asosiy qism.
O`qituvchi:
Qo`shni bo`lib ko`paydik,
O`n hissaga bir va nol.
Hisoblaymiz, sanaymiz,
Berib doim qo`lga – qo`l.
- Aziz bolajonlar, bu she’riy misrada qaysi son yashiringan?
O`quvchilar 10 soni deb baravariga javob beradilar.
O`qituvchi darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiradi.
Baholash mezoni:
Har bir to`g`ri javob uchun bitta gulchalar tasviri berib boriladi.
5 ball 4 ball 3 ball
1. O`qituvchi 10 soni ichida to`g`ri va teskari sanashni turli rasmlar yordamida “Mening o`rnim qayerda?” o`yinini o`tkazadi.
1 soni 2 ta bola
3 ta qorbobo
4 ta muzqaymoq
5 ta jo`ja
6 ta quyon
7 ta sumka
8 ta stol
9 ta kitob
10 ta ananas
O`quvchilar rasmlarga qarab sonni aniqlashadi va ketma-ketlik tarzida o`z joylarini egallashadi. Slayd orqali to`g`ri joylashganliklarini tekshirishadi.
O`qituvchi javoblarga ko`ra rag`bat gulchalarini beradi.
2. Navbatdagi topshiriq “10 sonini hosil qilish” deb nomlanadi:
9
|
+
|
|
=
|
10
|
|
|
|
|
|
8
|
+
|
|
=
|
10
|
|
|
|
|
|
7
|
+
|
|
=
|
10
|
10
10
10
8
5
2
7
Darslikdagi 5-misol yechiladi:
7
4
4
1
3
6
Navbatdagi topshiriq darslikdagi 6-masala.
O`quvchilar rasmlarga qarab og`zaki masala tuzadilar:
O`qituvchi o`quvchilar javobini to`ldirib, rag`bat gulchalari beradi.
Jismoniy daqiqa:
O`ng qo`limda besh barmoq,
Chap qo`limda besh barmoq,
Ikkalasi esh barmoq,
Har birining nomi bor,
Bosh barmoq, boshmaldoq,
O`rta terak, Mirzaterak,
Kichkina buvi – hammasi
O`n barmoq.
Endi navbat taqqoslash uchun misollarga: “Shakllarni taqqoslang”
<
-
6 < 7
<
-
4 < 8
<
3. 7 < 9
=
4. 5 = 5 va h.k.
Navbatdagi shart – “Bo`sh kataklarni to`ldiring” deb nomlanadi:
6
|
2
|
|
|
1
|
3
|
|
8
Darsni mustahkamlashda o`quvchilarning ish daftari bilan ishlanadi:
5 + 3 = 10 – 8 = 10 – 10 =
5 + 4 = 10 – 6 = 10 – 9 =
O`qituvchi rag`bat gullari orqali barcha o`quvchilarga ball qo`yadi. Uyga vazifa: 10 soni ichida misol va masalalar yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |